ustozlar haqida chiroyli she’rlar

ustozlar haqida chiroyli she’rlar

USTOZIM

Ustozim bor mehribon,
Boshimizga soyabon.
O’zi juda talabchan,
Bo’lsin doim sog’-omon.

Ustozim yuzga kirsin,
Davru-davronlar sursin.
Hassaga suyanmasin,
Bizga suyanib yursin.


O‘QITUVCHI


Yo bo‘lsam o‘qituvchi,
Bilimga o‘qituvchi.
O‘quvchilar — jo‘rovoz
Menga der: » salom ustoz ! «

Ustozim

Mehringiz jo’shqin daryo,
Ummonga o’xshar go’yo.
Ravon etdingiz yo’lim,
Ochdim duoga qo’lim!
Doim kulib yuring siz,
Otamdek g’amxo’rim siz.
Volidamdek muqaddas
Azizu mo’tabarsiz.

Saboq berib beminnat
Umid berdingiz har vaqt
Ravzai-jannat poyingiz
Aslo tark etmasin baxt.
Yigit va qiz ta’zim etdik,
Yoshlik she’rini bitdik!

Olg’a qadamlar bosdik!!!

Устоз

Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida,
Ilk ustoz yagonadir.

Tunlar sizga hamnafas,
Qogoz, kitob uyulgan.
Qolingizda siyohdon,
Dil mehringiz quyilgan.

Baholar a’lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland togmi?!

Yillar otib ulgayib,
Bergan so’zim oqlayman.
Yuz yoshda ham shu holda,
Turishingiz xohlayman.

Ustozim

Mehringiz jo’shqin daryo,
Ummonga o’xshar go’yo.
Ravon etdingiz yo’lim,
Ochdim duoga qo’lim!
Doim kulib yuring siz,
Otamdek g’amxo’rim siz.
Volidamdek muqaddas
Azizu mo’tabarsiz.

Saboq berib beminnat
Umid berdingiz har vaqt
Ravzai-jannat poyingiz
Aslo tark etmasin baxt.
Yigit va qiz ta’zim etdik,
Yoshlik she’rini bitdik! Olg’a qadamlar bosdik!!!

УСТОЗ

Илм деган боғга -боғбон,
Бундай зотни топиб бўлмас,
Отангиздек улуғ инсон,
Устозга тош отиб бўлмас.

Сизни дея заҳмат ютган,
Сиздан нур -у, зиё, кутган,
Қўлингизга қалам тутган,
Устозга тош отиб бўлмас.

Устоз борки, бордир дунё,
Ҳақиқатдан фарқли рўё,
Онангиздек меҳри дарё,
Устозга тош отиб бўлмас.

O‘qing!  ustoz haqida she'r 4 qator

Сувсиз ерда кўкармас гул,
Сайрамайди чўлда булбул,
Қалбга зиё сочгувчи ул,
Устозга тош отиб бўлмас.

Илм деб тун,тогни улар,
Меҳр -ла,ҳар бошни силар,
Сизга фақат оқ йўл тилар,
Устозга тош отиб бўлмас.

Сиз олимсиз у туфайли,
Зўрга зўрлик замон зайли,
Ундан ўзиб кетинг майли,
Устозга тош отиб бўлмас.

Буюкликка жазм қилинг,
Тўйлар қилинг,базм қилинг,
Унга ҳар дам таъзим қилинг,
Устозга тош отиб бўлмас.

Илм деган боғга -боғбон,
Бундай зотни топиб бўлмас,
Отангиздек улуғ инсон,
Устозга тош отиб бўлмас.

Устозим

Ustoz! dili bahorim,
Buloqday beg‘uborim,
Ishongan suyanch tog‘im,
Omon bo‘ling, ustozim.

Aqlimizga nur ziyo,
Mehribon padar go‘yo,
Berib ta’lim-tarbiya,
Omon bo‘ling, ustozim.

Komil avlod bog‘boni,
Yuksaltuvchi vatanni,
Millatning sharaf-shoni,
Omon bo‘ling, ustozim.

https://sherlari.uz/sherlar

Муаллим

Siz, muallim inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.

Ko’klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.

Navnihol bog’larning bog’boni,
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni
O’zingiz mehribon ustozlar!

USTOZ


Bilm berdingiz tinmay,
Orom neligin bilmay.
Ko‘p zahmatlar chekdingiz,
Shogird kamolin ko‘rib,
Dildan mamnun bo‘ldingiz.
Bugun qo‘limizda soz,
Sizni kuylaymiz ustoz.

Sizning mehnatingiz-la,
Ilm sari yo‘l oldik.
Sabrni va qanoatni,
Mehr va oqibatni,
Ustoz, sizdan o‘rgandik.
Bugun qo‘limizda soz,
Sizni kuylaymiz ustoz.

Doim salomat bo‘ling,
Gulday ochilib yuring.
Ta’lim berdingiz raxmat,
Qarzimni uzayin deb
She’rni yozdi Azamat
Bugun qo‘limizda soz,
Sizni kuylaymiz ustoz.

*********************************************

Muallim

Bizga berdingiz ta’lim,
Raxmat ustoz muallim.
Topmoqchi bo‘lsang kamol,
O‘qi izlan bilm ol.
Bugun qo‘limizda soz,
Sizni kuylaymiz ustoz.

Mehringizla ochmish hayot ko‘zini, 
Madh etmoqqa shaydur bugun ovozim. 
Sizga o‘xshataman quyosh yuzini, 
Oddiy muallimim, aziz Ustozim. 

O‘qing!  ustozlar haqida eng sara sherlar to‘plami

Qalbi ezgulikka to‘la, limmo-lim, 
Ko‘kka yo‘lladingiz — baland parvozim.
Hamisha menga yor Siz bergan ta’lim, 
Otamday ulug‘im — aziz Ustozim.

She’riyat mulkiga oshno etdingiz,
Kitoblar qatiga bitilar rozim.
Siz-ki, boringizni fido etdingiz,
Har nafas hamdamim — aziz Ustozim.

Ушбу шеър 1 октябрь—«Ўқитувчи ва мураббийлар» кунига бағишланади.

Зиё ила гўзал ер шари

Навоийдек улуғ бобом ҳам,
Битган сизга сеҳрли назм.
Устозимни фарзанди дея,
Отдан тушиб айлаган таъзим.

Қутлуғ даргоҳ илм маскани,
Меҳрингиз-ла тўлар зиёга.
Қалб қўрини бахш этиб устоз,
Нур таратар ёниб дунёга.

Йўл топасиз ёш кўнгилларга,
Қадам қўйиб ёруғ бахт сари.
Гулга тўлиб заҳмат йўллари,
Гўзалликка тўлар ер шари.

Қалби дарё азиз инсонлар,
Таъзим сизга дилдан ташаккур,
Қутлуғ бўлсин улуғ байрамлар,
Илм борки, олам нафис ҳур.

Тилагим шу: юзлардан ошинг,
Зиё ўлмас, мангудир таълим.
Кўнгилларни чароғон этган,
Раҳмат сизга, азиз муаллим.

ustoz haqida qisqa sher

Dedilar: dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag’in aytdilarki: aziz shubhasiz
Ustoz qadriga yetolgan inson.

************************************************

Bolalar:
Asslomu alaykum
Xush kelibsiz ustozjon
Quvonchimiz bir jahon
Bugun yangi bilimlar
Ulashasiz begumon

Ustoz:
Rahmat bolajonlarim
Aziz qaqajonlarim
Yangiliklar juda ko’p
Bilib oling bugun xo’p

Bolajonlarim:
Sog’-salomat kelibsiz
Shijoatga to’libsiz
Mashg’ulotni boshlaymiz
Qani qani tayyormisiz?

Bolalar:
Sog’u-salomat keldik
Oshiqdik bog’cha tomon
Tayyormiz mashg’ulotga
Olg’a markazlar tomon.

Загрузка ...