- USTOZLAR HAQIDA SHERLAR, to‘plami
- Ustozlar haqida she’rlar
- Ustoz
- Ustozlar uchun she’r
- Ustozlar uchun she’r
- Ustoz
- Ustozlarim
- Ustoz
- Ustoz haqida she’r
- Ustozlar
- Birinchi ustoz
- Maktab chirog‘i
- Ustozlarim, sizlarga rahmat
- Ustozlarga tabrik
- Ustozlarga omon bo‘ling
- Ustoz
- ODDIY MUALLIM
- Устозим
- Устоз мураббийлар байрамига
- Устозларга
- USTOZLAR
- USTOZGA
- USTOZ
- ҚУТЛАБ ҚЎЙИНГ
- Muallim
USTOZLAR HAQIDA SHERLAR, to‘plami
Assalomu alaykum Barchangizni “1-Oktabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”umumxalq bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman.Talaba yoshlarga ta’lim berib, ularning har tomonlama yetuk va bilimli bo’lib shakillanishiga o’zingizning beminnat xissangizni qo’shayotganingiz,yurtimiz ravnaqi,ilm-fan rivoji uchun mehnat qilayotganingiz uchun tashakkur.
Ustozlar haqida she’rlar
Ustoz
Eng og‘ir damlarda vazminlik bilan,
Sabr ila matonat darsin o‘tarlar.
Ezgulik singdirib dillarga har dam,
Kelajakka totli meva tutarlar.
Ustozlar uchun she’r
Ustozni e’zozlash azaliy odat,
Shogirdining kamoli ustoz uchun baxt.
Millionlar qalbida so‘nmas mayoqsiz,
Bir duo tilamoq insoniy burchim.
Ustozlar uchun she’r
Dedilar: dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag‘in aytdilarki: aziz shubhasiz —
Ustoz qadriga yetolgan inson.
Ustoz
Shirin so‘zdan, nurli yuzdan yorug‘ yo‘llar,
Chin mehrdan, muruvvatdan obod cho‘llar.
Shu zotlarni, shogirdlarini ko‘kka yo‘llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e’zozlarga,
Boshlar egib, ta’zim aylang ustozlarga!
Ustozlarim
Yosh niholdan bog‘ yaratgan,
Azim-azim tog‘ yaratgan,
Olqish olib nom taratgan,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
So‘zlarini tinglab har on,
Bo‘lajakmiz komil inson,
Ular bag‘ri mehrga kon,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
“Aylanay”, der tili shirin,
Egallagan kasbin sirin,
Aytib o‘tay qaysi birin,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
Nasihatin qilib yodda,
Qoqilmadik biz hayotda,
Uchmoqdamiz qarang otda,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
Bayramingiz bo‘lsin qutlug‘,
Mansabingiz bo‘lsin ulug‘,
Ustoz borki, olam yorug‘,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
Muallif: Ro‘zImurod Bolqiyev, Mirzacho‘l tumani
Ustoz
Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida
Ilk ustoz yagonadir.
Tunlar sizga hamnafas,
Qog‘oz, kitob uyulgan.
Qo‘lingizda siyohdon,
Dil mehringiz quyilgan.
Baholar a’lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland tog‘mi?!
Yillar o‘tib ulg‘ayib,
Bergan so‘zim oqlayman.
Yuz yoshda ham shu holda
Turishingiz xohlayman.
Quchog‘ingga kelganimda,
Jajjigina qiz edim.
Senga hayrat-la boqqan,
Ikki chaqnoq ko‘z edim.
Kun sayin g‘o‘r dilimni
Uyg‘otardi saboqlar.
Men bag‘ringda ko‘p topdim,
Dugona-yu o‘rtoqlar.
Yuragimga joylandi
Ustozlarim so‘zlari.
Maktabim, yo‘llaringda
Qoldi jajji izlarim.
Bir kuni shu izlardan
Boradi mening ukam.
Men kabi quchoq ochib,
Kutib olgin uni ham.
Ustoz haqida she’r
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
Ustozlar
Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko‘kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni baxtiyor etib,
O‘rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o‘rgatdingiz qancha ranj bilan.
Ko‘plab bo‘larmikan bu qarzni alhol,
Uzib bo‘larmikan yuzta ganj bilan?
Birinchi ustoz
Qalam tutib qo‘limga ilk bor,
Yozuv-chizuv o‘rgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni ko‘p bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari rohatlar.
O‘quvchimas sizga go‘yo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!
Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!
Ko‘p ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlaringiz o‘rgatdingiz bizga.
“Bolada sho‘xliklar qiladi menga”, deb,
Yana boshimiz silagan Ustoz!
Hanuz sog‘inaman yoshlik chog‘larim,
“Deysiz, bular mening o‘quvchim”.
Ko‘chada ko‘rganda o‘g‘il-qizlarim,
Qayta o‘qisam edi, birinchi Ustoz!
Bahorlar qaytadi, yoshlik qaytmaydi,
O‘tgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg‘ubor damlarim kutib tursaydi,
A’lo baholarni olardim, Ustoz!
Muallif: Shamshod Safar
Maktab chirog‘i
Ustozlarni ko‘p ulug‘laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o‘ylab ko‘r-chi bir,
Tinglaymizmi ustozning qalbin?!
Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o‘chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan,
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.
Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo‘lma hech.
Bilsang, faqat u seni o‘ylar,
To‘g‘ri yo‘lga — bilimga yo‘llar.
Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko‘p bilim olib,
Kelajakka yuz ochsin tilak.
Ustozlarim, sizlarga rahmat
Bolalikdan bilim bergansiz,
Borimizga qilgansiz toqat.
Yiqilganda qo‘ldan tutgansiz,
Ustozlarim, sizlarga rahmat.
Qo‘lga qalam tutib qo‘ydingiz,
Siz tufayli yozdim husnu xat.
Gar ranjitsam, kulib qo‘ydingiz,
Ustozlarim, sizlarga rahmat.
Maqtadingiz “o‘g‘lim, qizim” deb,
Biz qadringiz bilmadik faqat.
Qaytgim kelar o‘sha davrga,
Ustozlarim, sizlarga rahmat.
Jon kuydirib “o‘qi” derdingiz,
“Foyda bermas uyqu”, derdingiz.
Kerak bo‘lsa jonni berdingiz,
Ustozlarim, sizlarga rahmat.
Asli ustoz otangday ulug‘,
Aytolmadim sizlarga rahmat.
Hech bo‘lmasa she’rimda aytay,
Ustozlarim, sizlarga rahmat.
Muallif: Qodir Qaxxоr
Ustozlarga tabrik
Yosh avlod baxtini
O‘zniki bilganlar,
Fidolik kasbini
Yelkaga olganlar!
Bor bo‘ling har doim,
Hamisha e’zozda.
Dard ko‘rmang iloyim,
Azizim, ustozlar!
Ustozlarga omon bo‘ling
Yana qalam ushladim,
She’r yozishni boshladim.
Talablarga binoan,
Ustozlarni maqtadim.
Xalqimizda bugun bayram,
Jonajon ustozlar kuni.
Har bir ilm olgan odam
Qadrlaydi ustozini.
Eh, ustozlar, bor bo‘ling,
Doimo kulib yuring.
Biz yoshlarning baxtiga
Doimo omon bo‘ling.
Hamon yodda saqlanar
Birinchi sinf darsliklar.
Alifboni ochib berib,
Ustoz bergan saboqlar.
Goho so‘zlaysiz hayotdan,
Bilim berasiz kitobdan.
Saboqlaringiz olgan odam
Hech qo‘rqmaydi sinovdan.
Qancha maqtov bo‘lsa kam,
Chunki siz bor yorug‘ olam.
Ustoz ko‘rmagan odamni
Tan olmaydi bu olam.
Bilib-bilmay sizlarni
Ko‘p ranjitib qo‘yamiz.
Umr o‘tib, kech bo‘lganda
Afsus qilib yig‘laymiz.
To‘g‘ri, ba’zi paytlarda
Siz ham qarab turmaysiz.
Qo‘l ishlatib ursangiz-da,
“Yomon bo‘l” deb urmaysiz.
Bo‘lsin erkak yo ayol,
Tilim berar ehtimol.
Ular bergan saboqdan
O‘zligingni anglab ol.
Nima deb atay muallimni,
Yoki ustoz, domlajon.
Sizsiz hayot — hayotmi,
Barchangizdir jonajon.
Ustoz
Sohibqiron yotar ustoz poyida,
Jomiyni pir tutgan Navoiy hazrat.
Ustoz buyuk degan buyuk qoida —
Bu qaytar dunyoda azaliy hikmat.
Aflotunga shogird edi Arastu,
Ul shogirdga shogird bo‘ldi Iskandar.
Bu oltin silsila davomi mangu,
O‘zi ustoz bo‘lar ustoz ko‘rganlar.
Bormi murabbiydan baxtliroq inson,
Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.
Boshimizga tojsiz, bor bo‘ling omon,
Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!
Muallif: Erkin Vohidov
ODDIY MUALLIM
Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimdir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezovta jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar Jahongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogrdin o’ylab yotgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Оддий муаллимим, азиз Устозим.
Меҳрингиз-ла очмиш ҳаёт кўзини,
Мадҳ зтмоққа шайдур бугун овозим.
Сизга ўхшатаман қуёш юзини,
Оддий муаллимим, азиз Устозим.
✍️ Muhammad YUSUF
********
Устозим
Қалби ззгуликка тўла, лиммо-лим,
Кўкка йўлладингиз – баланд парвозим.
Ҳамиша менга ёр Сиз берган таълим,
Отамдай улуғим – азиз Устозим.
*
Шеърият мулкига ошно этдингиз,
Китоблар қатига битилар розим.
Сиз-ки, борингизни фидо этдингиз,
Ҳар нафас ҳамдамим – азиз Устозим.

***
Устоз мураббийлар байрамига
Устозларга
Шодлик кувончларга Тула барча калб
Бу Азиз даргохда байрамдир бугун
Билимга эришган Бахтимиз сабаб
Биз таьзим киламиз устозлар учун
Максади улугвор кадами кутлуг
Забони ширину каломи кутлуг
Онадек мехрибон отадек улуг
Биз таьзим киламиз устозлар учун
Ишлайди яшнасин еруг олам деб
Ватаним гурурим юрак нолам деб
Барчани бирдайин суйган болам деб
Биз таьзим киламиз устозлар учун
Туну Кун захматли мехнати хакки
Калбларга сингдирган саьнати хакки
Ватанга шу буюк хизмати хакки
Биз таьзим киламиз устозлар учун
Оламда мутьабар устоз деган зот
Парвозга шайлаган Берган ул канот
Кукси тог калбида метиндек сабот
Биз таьзим киламиз устозлар учун
Сиз сабаб дунени танидик бизлар
Камолга етишдик йигиту кизлар
Дуне тургунича бор булинг сизлар
Биз таьзим киламиз устозлар учун
Муаллиф: Хуршид Карим
USTOZLAR
Mehr nuri yog‘ar doim
Ko‘zingizdan, ustozlar.
Yursam deyman shu tabarruk
Izingizdan, ustozlar.
Chin insonlik kitobiga
Baxt-u hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim –
So‘zingizdan, ustozlar.
Qalbingizni yo‘q g‘ubori
Mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olmish haroratin
Yuzingizdan, ustozlar.
Fan bog‘ining bog‘bonisiz,
Charog‘bonsiz ko‘ngilga,
Ming ehtirom o‘g‘lingizdan,
Qizingizdan, ustozlar.
Joy oldingiz bir umrga
Shogird yurak to‘ridan,
Mo‘min hayot darsin o‘qir
O‘zingizdan, ustozlar.
Po’lat MO’MIN
ustozlar haqida eng sara sherlar to‘plami
USTOZGA
Ustoz! dili bahorim,
Buloqday beg‘uborim,
Ishongan suyanch tog‘im
Omon bo‘ling, ustozim.
Aqlimizga nur ziyo,
Mehribon padar go‘yo,
Berib ta’lim-tarbiya
Omon bo‘ling, ustozim.
Komil avlod bog‘boni,
Yuksaltuvchi vatanni,
Millatning sharaf-shoni
Omon bo‘ling, ustozim.
Oltinoy Boltaboyeva,
Chilonzor
USTOZ
Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?
Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.
Ularning yutug‘i sizning yuzingiz—
Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?
Kamola AMIROVA,
Surxondaryo viloyati, Angor tumani
1-октябрь .Устоз ва мураббийлар кунига бағишланади.
ҚУТЛАБ ҚЎЙИНГ
Умр ўтар гоҳо шодлик, гоҳ ғам билан,
Ҳаёт гўзал турмушдаги кўст, кам билан,
Муаллимлар қадр топган кундир бугун,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.
Айтинг дўстлар бахт қайрда сотилади,
Қадр-қиммат меҳнат билан топилади,
Бугун байрам ғам дафтари ёпилади,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.
Ватан барча ўғлинг яхши, қизинг яхши,
Ҳалол ризқинг, берган ҳалол тузинг яхши,
Байрамга бой баҳор, ёз -у, кузинг яхши,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.
Ўтди қанча суронларда синмади у,
Ноҳақлигу, рўёларга кўнмади у,
Халқим дея, юртим дея тинмади у,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.
Устозим деб Навоийлар битган ғазал,
Устоз азиз,устоз улуғ -нақлу азал,
Шогирдларин фарзандидек суйган ўшал,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.
Яратганнинг марҳамати улуғ инъом,
Яшайверар устоз деган мўътабар ном,
Совғаларнинг энг афзали ширин калом,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.
Дунё асли кенгларга кенг,торларга тор,
Бу кунларга етганлар бор,етмаган бор,
Меҳри дарё, қалби тоғлардек улуғвор,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.
ХУРШИД КАРИМ.
Muallim
Siz yozgan raqamdan ochilgan dunyo,
Siz o’qitgan harfdan taralgan ziyo.
Ilm-u fanda buyuk kashfiyot bo’lgan,
Siz daftarga qo‘ygan ilk a’lo baho.
MUALLIM!
0‘quvchining qalbi — oq daftar, tiniq,
Nimani yozsangtz, bir umr o‘chmas.
Qoyaga o‘yilgan suratdek aniq,
Shamol, qor va yomg`ir, bo‘ronda ko’chmas,
Muallim!
Sizga ilm-u sehr etilgan ato —
Mehringiz hech qachon
bo`maydi ado.
Siz tonggacha bedor tekshirgan daftar —
Imloda, hisobda tuzalgan xato.
Muallim!
Siz o`rgatgan kuydan yangragay navo,
Siz bo`yatgan rangdan ko`ringay havo.
Olim
odam bo`lgay tarbiyangizdan,
Olamning dardiga topilgay davo.
Muallim!
Chigal muammolar tug’dirar hayot,
Talim-tarbiyada yagona najot.
Qalam, qog‘oz kitob — ish qurolingiz,
Nurli kelajakni qilasiz ijod.
Muallim!
