O‘qishni ko‘chirish uchun transkript berishmayaptimi?

O‘qishni ko‘chirish uchun transkript berishmayaptimi?

O‘qishni ko‘chirish uchun transkript berishmayaptimi?

Hozir “perevod” mavsumi. Har yili xorijdan va o‘zimizdagi nodavlat oliygohlardan bir necha o‘n ming talaba o‘qishini davlat oliygohiga ko‘chirishni xohlaydi.

Bunda onlayn ariza yuborish chog‘ida talabaning baholari aks etgan transkript ham kerak bo‘ladi. Lekin ayni kunlarda ayrim xususiy oliygohlar o‘z talabalariga transkript bermasdan qiynayotgan ekan. Transkript berish evaziga turli shartlar ham qo‘yishmoqda, talabalarni sarson qilishmoqda. Bu yaxshi emas.

Yana kim shunaqa muammolarga uchramoqda? Izohlarda yozib qoldiring. Umumlashtirib, tegishli tashkilotlar orqali hal qilishga harakat qilamiz.

Avvalo o‘sha oliygoh ma’muriyati o‘ziga savol berishi kerak: nima uchun shuncha talaba bizdan ketmoqchi?

Bunga odatda 2 ta sabab bo‘ladi: yoki ta’lim sifati o‘ta rasvo, u yerda qolishdan ma’no yo‘q, yoki talabchanlik va nazorat o‘ta yuqoriligidan talabalar qiynalmoqda, ichki imtihonlardan yiqilmoqda, pul yoki tanish-bilishchilik o‘tmayapti.

Agar ikkinchi sabab tufayli talabalar “perevod” qilishni xohlayotgan bo‘lsa, unda nazorati kuchli, ta’lim sifati yuqori bo‘lgan oliygohlarning o‘zi bundan manfaatdor bo‘ladi. “Bizni ham, o‘zingni ham qiynamay, boshqa joyga keta qol, baribir o‘zlashtira olmayapsan” deyishadi va pattasini tutqazishadi.

Agar juda ko‘p talabalar ketishni xohlayotgan bo‘lsa-yu, lekin oliygoh rahbariyati bunga sun’iy to‘siq qo‘yib, ketayotganlarni ushlab qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa, demak, katta ehtimol bilan birinchi variant bo‘ladi: ya’ni u yerda ta’lim sifati rasvo.

To‘g‘ri, “perevod” qilish uchun bu ikkisidan boshqa obyektiv va subyektiv sabablar ham bo‘lishi mumkin, lekin ular kam sonli individual holatlar hisoblanadi.

Yana bir fikr: “perevod” qilib ketaman deganlardan ko‘p ham qo‘rqmanglar, har yili o‘rtacha 10% talabgor o‘tish balini to‘play oladi xolos. Qolgan 90%i baribir yana qaytib keladi.

👉 @xushnudbek 👈

O‘qing!  5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarning qabuliga oid savol javob
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...