Amma haqida sherlar bolalar uchun, qisqa sherlar
Amma keldi , xamma keldi
Ammalar zo‘r bo‘ladi
Nimagadir ammalarni
Ko‘plar yomon ko‘radi
Ammala- kon, xolasi-jon
Qon ko‘pirsin yurakda
Ota- onadan so‘ng ammalar
Qolmasin bir burchakda
Manosini tushundim
Katta bo‘lganda yoshim
» Xolalar — ilonboshi- yu
Ammalar — savatboshi »
Ammalarning boshlari
Sig‘mas ekan eshikka
Xolalar kirib ketarkan
O‘rmalab , lyuboy teshikka
Adam opa- singlisini
Boshlarida ko‘targanlar
O‘sha odobu xulqni
Bizga meros qilganlar
» Ammajon» degin bir bora
Ammang sendan aylansin
Qarindoshlik rishtalari
Yana maxkam boylansin.
👉 @Salomatlik_uz 💊