O‘zbekcha harflarga oid topishmoqlar to‘plami
Aa harfiga oid Asali yoqar, arisi chaqar. Javobi: Asalari
Ketaveradi, ketaveradi, orqasiga qaytmaydi. Javobi: Suv
Yarmi shakar, yarmi zahar. Javobi: Asalari
Ayiq yalaydi, ari talaydi. Javobi: Asal
Qizil, sariq to‘ni bor, ichi to‘la doni bor. Javobi: Anor
Sariq tusli yapaloq, bargi sutli shapaloq. Javobi: Anjir
Bb harfiga oid Oyog‘i yo‘q — qochadi, qanoti yo‘q — uchadi. Javobi: Bulut
Qozonda emas — qaynaydi, qishin-yozin tinmaydi. Javobi: Buloq
“Bol”i bor — kesadi, “Bol”i bor — uradi. Javobi: Bolta, bolg‘a
Bahomiz a’losi, aqlimiz xonasi. Javobi: Beshbosh (Besh baho)
Dengiz emas, yer ham emas, kema suzmas — yurib bo‘lmas. Javobi: Botqoq
Dd harfiga oid Yarim dunyo, yarmi shar, gullab boshimda yashar. Javobi: Do‘ppi
Zamoni ham, makoni ham yo‘q! Javobi: Duo
Juda qiziq, bossang issiq, kiyim-kechak bo‘lar silliq. Javobi: Dazmol
Jajjigina u o‘zi, uzoqni ko‘rar ko‘zi. Javobi: Durbin
Ff va Gg harflariga oid O‘ylab ko‘rsang — chuqur, raketadan uchqur. Javobi: Fikr, xayol
Chiq etadi — yonadi, xotiraga oladi. Sening qanday turishingni juda yaxshi biladi. Javobi: Fotoapparat
Aqlli jonivor do‘stni o‘ylaydi, U bilan ba’zan shaxmat o‘ynaydi. Javobi: Fil
Devorda gulzor, gullagan bahor. Javobi: Gilam
Qator sadaf tugmasi, bossang chiqar nag‘masi. Javobi: Garmon
Oltin sandiqcham, ichra oltin sham. Javobi: Gugurt
Oltin askar, chaqmoq chaqar. Javobi: Gugurt
Hh, Ii va Jj harflariga oid Bizlar, bizlar biz edik, qizil ko‘ylak qiz edik. Birin-ketin uzdilar, bitta ipga tizdilar. Javobi: Qalampir
O‘zi katta, qopqog‘i yo‘q. Javobi: Hovuz
Boradi, boradi, tangaday joyni oladi. Javobi: Hassa
Ukamas, kattamas, aka deb atamas. Javobi: Hasan va Husan
Bir ko‘rsam-chi — jonli qamchi. Javobi: Ilon
Qorovul kasbi bor, sodiq do‘st — vafodor. Javobi: It
Tut tubidan ilon tutdik. Javobi: Ildiz
Oq boshli sallalar, shamolda allalar. Javobi: Jo‘xori
Yozda uyg‘onib qoldi, daryoga tez yo‘l oldi. Javobi: Jilg‘a
Qora tanasi, sonsiz nayzasi. Tipratikan emas — uning oshnasi. Javobi: Jayra
Kk va Ll harflariga oid O‘q-yoylar makoni, ustida kamoni. Javobi: Kiprik va qosh
Shahari bor — odami yo‘q, daryosi bor — suvi yo‘q. Javobi: Karta (Xarita)
Ko‘zi shisha parchasidan, bobom boqar darchasidan. Javobi: Ko‘zoynak
O‘zimizda qator soqchi, ko‘zimizga qarab boqchi? Javobi: Kiprik
O‘zi oftob, so‘zi odob. Javobi: Kitob
Kechasi oftobdek, kunduzi koptokdek. Javobi: Lampochka
Oppoq boshli, qora qoshli. Javobi: Loviya
Qir-adirning bekasi, shabodaning erkasi. Javobi: Lola
Chaqirsang vaqtida, ko‘tarar kaftida. Javobi: Lift
Mm va Nn harflariga oid Kaptar emas — beozor, lek bo‘ynida guli bor. Javobi: Musicha
Sovuq olmos — qo‘lga olmas, yozda hech kim topa olmas. Javobi: Muz
Oyni ko‘rdim yaltiroq, tagi nuqul qaltiroq. Javobi: Muzlagan suv
Tishlari qator, yemasang qotar. Javobi: Makajo‘xori
Jonsiz — tinglaydi, qo‘lsiz — yozadi, tilsiz — so‘zlaydi. Javobi: Magnitofon
Bir daraxtga osilgan, chopon kiygan askarlar. Askar polvon deyishar, maza qilib yeyishar. Javobi: No‘xat
Quyosh afti, issiq tafti, sariq yuzning parchasi. Javobi: Non
Yesangiz shirin taom, yemasang daryoga nom. Javobi: Norin
Oo va Pp harflariga oid Boldek erur oppog‘im, suvda erir oppog‘im. Javobi: Oq qand
To‘kilsa bas, yig‘ib bo‘lmas. Javobi: Obro‘
Uning kechi yo‘q, uning cheki yo‘q. Javobi: Orzu
Nomida-ku olma bor, o‘zi yong‘oqqa xushdor. Javobi: Olmaxon
Yer ustida oy borar, qulog‘ida loy borar. Javobi: Omoch
To‘rtta, beshta barmog‘i, kular oppoq yanog‘i. Javobi: Paxta
Sochi ko‘m-ko‘k, soqoli oq. Javobi: Piyoz
Tani temir, noni ko‘mir. Javobi: Pechka
Mehmon keldi yugurib ketdi, Qo‘liga chiqib og‘ziga ketdi. Javobi: Piyoz
Qq va Rr harflariga oid Qora ko‘zli, shirin so‘zli. Javobi: Qalam
Ushlab ko‘rib beshni yechdim, Beshga qo‘shib o‘nni yechdim. Javobi: Qo‘lqop
Asal bumba desa bo‘lar, kosa qilib yesa bo‘lar. Javobi: Qovun
Bobosi ko‘rpa soldi, Gulbahor yig‘ib oldi. Javobi: Qor
Yerda sichqon dumchasi, qizil-u oq xumchasi. Javobi: Rediska
U o‘xshaydi menga, men o‘xshayman unga. Javobi: Rasm
Tili po‘lat, so‘zi soz, so‘zlay olmas beqog‘oz. Javobi: Ruchka
Ss va Tt harflariga oid Yozda yoqar, qishda chaqar. Javobi: Sovuq
Urib turar yuragi, vaqtida bor keragi. Javobi: Soat
O‘zi suyuq, rangi oq, qilsang bo‘lar totli yoq. Javobi: Sut
Daryodan biri, bordir bir siri. Javobi: Sirdaryo
Kattakon bitta non, ichida o‘nta non. Javobi: Savat
Beli bog‘liq bir tutam, lekin emas guldasta. U bilan uy-hovlini qilsa bo‘lar orasta. Javobi: Supurgi
Kiygani yaqin do‘st, ignaga o‘xshar po‘sti. Javobi: Tipratikan
Qishda ishda, ishi boshda. Uch faslda dam olishda. Javobi: Telpak
Yashil po‘sti bor, qizil go‘shti bor. Javobi: Tarvuz
Uu, Vv, Xx va Yy harflariga oid Tilla yuzi, yoqut ko‘zi. Javobi: Uzuk
Xuddi bir ayri u, qaysi harf, Xayri, u? Javobi: “U” harfi
Hasayni, Husayni, Jo‘raqand — og‘ayni. Javobi: Uzum
G‘uv-g‘uv etar, to‘ysa yumalab ketar. Javobi: Urchuq
Buzog‘im uchar, bulutlar duchor. Bo‘rondan bezor, arqonin uzar. Javobi: Varrak
Ikki shoxli kiyigim, yuguradi minsa kim. Javobi: Velosiped
Olmasang yarim nafas, yo‘ldan o‘tgani qo‘ymas. Javobi: Vergul
Xo‘rozimning qandi bor, qanoti yo‘q, bandi bor. Javobi: Xurushqand
Uchib ketar oq kabutar, salom aytib sog‘ qaytar. Javobi: Xat
Tog‘da belbog‘im, yetmas quchog‘im. Javobi: Yo‘l
Yer ostida pilla, turgani yog‘-tilla. Javobi: Yeryong‘oq
Kecha, ertaga, bugun — 365 kun. Ne bilan topar yakun? Javobi: Yil
Katta oqqush dengiz kezar, shabodada o‘ynab o‘zar. Javobi: Yelkanli kema
Ardoqlab ona deymiz, bag‘ring xazina deymiz. Javobi: Yer
Yerga tushsa loy qilar, dehqonlarni boy qilar. Javobi: Yomg‘ir
Zz, O‘o‘, G‘g‘, Shsh, Chch va Ngng harflariga oid Yulduzga nomdosh u, Tohirga yo‘ldosh u. Javobi: Zuhra
Ustma-ust bari, kaftim singari. Aka-ukadek — yo‘llar ichkari. Javobi: Zina
Yumalar-dumalar, charchamas yer yalar. Javobi: Zuldir
Qo‘yga bersam to‘yadi, qo‘lga bersam kuyadi. Javobi: O‘t
Suvga tumshuq tiqar, suvdan quruq chiqar. Javobi: O‘rdak
O‘sma desam o‘sadi, oyim qoshi tusadi. Javobi: O‘sma
Parranda bo‘lar yozganda, qush bo‘lar qanot yozganda. Javobi: G‘oz
Tuguncha ochilguncha, kutamiz tong otguncha. Javobi: G‘uncha
Qator-qator ekilar, kuzda pishib yetilar. Qancha bellar egilar, oq oltinlar terilar. Javobi: G‘o‘za
To‘rtta o‘rtoq ayrilmas, bir-biridan o‘zolmas. Javobi: G‘ildirak
Suvda pishar, suvga pishar, suvdan chiqib suvda pishar. Javobi: Sholi (Guruch)
Yonar boshi, oqar yoshi. Javobi: Sham
Yum-yumaloq oy emas, sap-sarig‘-u moy emas. Dumi bor-u toy emas, po‘sti qizil oq emas. Javobi: Sholg‘om
Ko‘kda tulporim kishnaydi, tuyog‘idan o‘t chaqnaydi. Javobi: Chaqmoq
Qatnaydi karvon, hammasi polvon. Javobi: Chumoli
Ro‘parada turibdi, yuzi dumaloq lo‘ppi. Bir qulog‘i bor, bir burni, boshiga kiygan do‘ppi. Javobi: Choynak
Jamlanar, damlanar, namlanar. Qo‘lma-qo‘l aylanar. Javobi: Choy
Ustida o‘t yonadi, tagida suv qaynaydi. Javobi: Chilim
Qor tugaguncha arra tortar, sirpanib nari tortar. Javobi: Chana
Mayda, yashil, uzunchoq, ichi to‘la zirachak. Javobi: Bodring
O‘nta “G” nega teng? Javobi: O‘ng
San’atda bor belgili, san’atkorda bor Guli. Javobi: Tutuq belgisi ( ‘ )