8 mart – ayollarni e’zozlash va ularga eng chiroyli tilaklarni yetkazish kuni. Quyida siz uchun 8 mart tabriklari, she’rlar, smslar va barcha uchun mos eng sara tabrik so‘zlarini jamladik.
- Onajon Onajonginam qo’shog’i bolalar uchun
- “Onajonginam” qo’shiq matni
- qisqa sherlar, 4 qator sherlar
- Onajon
- ONAJONIM
- 8-mart Xalqaro xotin-qzlar kuni bayrami uchun she’rlar
- Onam mehri
- 🌸 8-mart uchun
- 🌷 Xоtin qizlаr bаyrаmigа she’r
- Bayram muborak ona.
- Ona
- Ona duosi
- 8-mart haqida sherlar
- Xalqaro xotin qizlar bayramiga sherlar
- онажонимсиз.
Onajon Onajonginam qo’shog’i bolalar uchun
“Onajonginam” qo’shiq matni
Qo‘shiq aytsam shodligidan,
Bag‘riga bosib.
Har xil kiyim, do‘ppi tikar,
Menga munosib.
Uyqum kelsa alla aytib,
Turar boshimda.
Odimlasam birga-birga,
Yurar qoshimda.
Onajon-mehribonginam,
Onajon-mehribonginam!!!
qisqa sherlar, 4 qator sherlar
Бизни ювган туйдирган
Кувонтирган кулдирган
Элга мехр куйдирган
Онажонлар булади
Шунинг учун мехрибон
Оналарни ардокланг
Аьло укиб доимо
Она хурматин окланг
Onajon
Onajonim mehribonim
Ayyomingiz muborak
Sizga bolsin dunyodagi
Jamiki ezgu tilak
Bahtimizga bosh boling siz
Ko’z yosh tokmangiz aslo
Poyingizda bo’lsa arzir
Onajon butun dunyo
ONAJONIM
Onajonim, siz
Mehribonimsiz,
Boshimda doim
Soyabonimsiz!
Qo‘limga tikan
Kirsa nega siz
Mendan ham ko‘proq
Azob chekasiz?
Qalbi qaynog‘im,
So‘zi durdonam.
Mening eng yaqin
Sirdoshim onam.
8-mart Xalqaro xotin-qzlar kuni bayrami uchun she’rlar
Sizlar borsiz so’zimizda sado bor,
Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz ming bir dardga da’vo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Onam mehri
Quyoshdan oldin turib,
Bizga non yopgan onam.
Bor mehrini dilimga,
Kaftida tutgan onam.
Onam mehri beqiyos,
Ta’rifiga tilim lol.
Onajonim kulsalar
Labidan to’kilar bol.
Menga oltin, kumushmas,
Faqat onam bo’lsa bas.
Hatto ko’kda oy, yulduz
Bizga qiladi havas.
🌸 8-mart uchun
Erta bahor gulagan binafsha misol,
Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin.
Yangi ochilgan gul “Lola” misol,
Lablarizda doim tabassum bo’lsin.
Dildan ezgu tilakraim sizgadir tanxo….
8-MART ayyomingiz muborak bo’lsin
🌷 Xоtin qizlаr bаyrаmigа she’r
Bаhоrning ilk kunlаri bаyrаmdir sizgа,
Bаhоr kаbi beg’ubоr mushtipаr аyоl.
Bõling dоim sаlоmаt siz bаxtimizgа,
Siz bilаn hаyоt shirin, shirindir hаyоl.
Qizlаrgа!!! 8 mаrt sherlаr
Qizlаr bugun аjоyib bаyrаmingiz,
Kõrаy bir zum tаbаssumu-kulgаningiz.
Kulgаningiz dilgа hush yоqаr,
Kulmаsаngiz qаysi yigit bоqаr
8 mаrt mubоrаk bõlsin
Bоshingiz оftоbi оsmоn bõlsin
Kunduzingiz chоg’idir оqshоm
Sаоdаt birlа u nurаfshоn bõlsin
8 mаrt mubоrаk bõlsin
Bayram muborak ona.
Kechalari allalab,
Ertak aytgan erkalab.
Boshimizni silagan,
Bizga umr tilagan.
Mehribonim~onajon,
Omon bo‘ling harqachon.
Ona
Uyimizning quyoshi,
Tog‘lardayin bardoshi.
Kecha-kunduz parvona,
Mehribon, aziz ona.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.
Ona duosi
Bu dunyoning xilqati ayol,
Ma’no birla hikmati ayol
Odamzotga tilagi iqbol
Ko’rmay desang umringda zavol
Sen onalar duosin ol
***
8-mart Bolalar uchun qisqa sherlar
Sakkizinchi mart bugun
Quvonchlarim bir jahon.
Bayramingiz muborak,
Aziz ona-onajon!
***
So’zlari bol, durdona,
Mehnatda eng mardona,
Olam ichra yagona,
Sizsiz, ey aziz ona!..
***
Bizni yuvgan, to’ydirgan,
Quvontirgan, kuldirgan,
Elga mehr qo’ydirgan,
Onajonlar bo’ladi.
***
Shuning uchun mehribon,
Onalarni ardoqlang.
A’lo o’qib doimo,
Ona hurmatin oqlang
***
Onajonim mehribonim
Ayyomingiz muborak
Sizga bolsin dunyodagi
Jamiki ezgu tilak
***
Bahtimizga bosh boling siz
Ko’z yosh tokmangiz aslo
Poyingizda bo’lsa arzir
Onajon butun dunyo
***
Misli bir topilmas dur
Yo’limiz yoritgan nur
Metin dardoshli erur
Ulug’ onalar
***
Poyingizga tiz cho’kar
Hattoki paygambarlar
Xokingizga ko’zga surtar
Jamiki bor bandalar
***
Aya Aya ayajon
Qalbim to’la hayajon
Sizga assalom
Yana bir salom
Siz tug’ilgan kun bugun katta bayram siz uchun
***
Mehri misoli daryo
Qalbi tóla nur ziyo
Ko’zlarimga to’tiyo
O’zimning onaginam
8-mart haqida sherlar
Ta’rifingiz she’rga bitay,
Bugun sizga qo‘shiq aytay.
Gullar tushay poyingizga,
Xizmat qilay doim sizga.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.
Xalqaro xotin qizlar bayramiga sherlar
онажонимсиз.
Бошларида рўмол тушмаган,
Кўнглимизни бирдек хушлаган.
Иймонини махкам ушлаган,
Онажоним, онажонимсиз.
***
Ёшлик қилиб ранжитган эдим,
Катта бўлиб қолганман дердим.
Қаритибман эътибор бердим,
Кечиргувчи онажонимсиз.
***
Эринмасдан мехрини тутган,
Гоҳ пайти аламлар ютган.
Ухламасдан йўлими кутган,
Қиёси йўқ онажонимсиз.
***
Ташвишларга қўяман гоҳи,
Дунёлардан тўяман гоҳи.
Далда бўлган ана шу чоғи,
Меҳрибоним онажонимсиз.
***
Бирор бора қовоқ солмаган,
Бойлик учун куйиб ёнмаган,
Оналикдан асло тонмаган,
Қалби дарё онажонимсиз.
***
Ҳол сўрашга ярайман бирров,
Дуо қилиб қоласиз дарров,
Сочингизга қўнса ҳам қиров,
Латофатли онажонимсиз.
***
Отам сўзин икки қилмаган,
Ханузгача ишдан тинмаган,
Уйқу нима ҳали билмаган,
Бабеҳойим онажонимсиз
***
Содда онам, бенуқсон онам,
Деб юради ҳамиша болам,
Она билан тирик бу олам,
Омон бўлсин онажонимиз
***
Омон сақла онамни Аллоҳ,
Ўзинг бергин ҳар неда паноҳ,
Айирмагин бизларни эй воҳ,
Кулиб юрсин онажонимиз.
***
Равон бўлсин ҳамиша йўли,
Заррин бўлсин хажларда тўни,
Азални ҳам дуода қўли,
Яшолмайман онажонимсиз.
