yoz fasli haqida sherlar
Yoz fasli
Havolarni qizdirib,
Bog‘da meva pishirib.
Kirib keldi qaynoq yoz,
Qani, dasturxoning yoz!
Mana sizga o‘rikning,
Erta pishar turidan.
Toshni otmay silkiting,
Shirin biri~biridan!!
Chug‘dek, qip-qizil gilos,
Ko‘zlaring qamashtirar.
Egizin quloqqa os,
Qizlar havasi kelar!
Soylarda chumilamiz,
Suzib misoli baliq.
Suv sepib, sevinamiz,
Chiqaramiz zo‘r hordiq.
Yoz fasli shunday mazza,
Hordiq chiqarib rosa.
Yangi o‘quv yiliga,
Ko‘ch to‘plashimiz soz-da!
YOZ KELDI

Yoz keldi-yu , yoz keldi,
Doira bilan soz keldi .
Uchib kelgan laylaklar,
Qanoti qog’oz keldi .
Tun o’tib tongotar,
Sho’x bolalar dong qotar.
Bir tutam yoz tunida,
Dehqon tongi uyg’otar .
YOZ — O’TMOQDA SOZ
Yurtga keldi ajib yoz,
Ta’tilimiz o’tar soz.
Dam olamiz yoz bo’yi,
Kitob o’qib, goh o’yin.
Cho’milamiz anhorda,
Cho’milish gashti borda.
Baliq oviga ba’zan
Chiqib tutamiz sazan.
Qo’y boqib qir-u tog’da,
Mevalar terib bog’dan.
O’tkazamiz yozni biz,
Kuy ham chalib sozda biz.
Oromgohda olib dam,
Bo’lamiz sog’lom-bardam.
Bordir «Beshta tashabbus»,
Qatnashamiz unda biz.
Har bir bola qiziqqan,
Mashg’ulotiga chiqqan.
Kimdir «Shaxmat», «Shashka»ga,
Chevar qizlar «Kashta»ga.
Bazi qizlar «To’qish»ga,
Kimdir «Kitob o’qish»ga.
Yosh rassomlar «Musavvir»
To’garakdan olar sir.
Ko’rib xo’p quvonar ko’z,
Buni der «Besh tashabbus»…
Qishga ham yig’ib pichan,
Zerikmaymiz biz hech ham.
Yig’amiz hatto o’tin,
Qishki pechkalar uchun.
Muzey va turli bog’ga,
Boramiz olia — birga.
«Aqlvoy» va «Bolajon»,
Qolib ketmas hech qachon.
Bolalar uchun film,
Barchaning jon-u dili.
«Donolar bisotidan»,
«Tengdoshlar ijodidan»
Ko’p bahramand bo’lamiz,
Musiqani sevamiz.
Berilsa, gar kuy-qo’shiq,
O’ynaymiz biz ham jo’shib.
Shunday o’tar ajib yoz,
Yoz fasli qandayin soz.