Yangi yil keldi
Oppoq qushga o‘xshar yangi yil,
Qanotlari par kabi mayin.
Nelarnidir sog‘inar ko‘ngil,
Sog‘inch ortar yil o‘tgan sayin.
Uy to‘rida qadrdon archa,
Qadrdondir o‘yinchoqlar ham.
Faqat o‘zim bezagim kelar,
Qizg‘onaman uni hammadan.
Sog‘inaman bolaligimni,
Yuragimda armonlar xil-xil.
Bergim kelmas uni hech kimga,
Bolalikni qizg‘onadi dil !
yangi yil haqida sherlar
Bo`ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.
Yangi yil bayramida
Qorboboni kutamiz
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.
Yangi yil uchun sherlar:
yangi yil sherlar kattalar uchun
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Archalar shoxida turar tillo zar ,
Yashil chiroqlarda bezandi shahar .
Munglig‘ darchalardan boqdingiz sahar ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Yog‘yotgan qor kabi ko‘nglingiz oqda ,
Bu yerda hammasi yolg‘onu soxta .
Chakkangiz chetida ochilgan paxta ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Men yo‘q, qurum bosib yotar mo‘rilar ,
Anori sochilib yotgan so‘rilar .
Bolam deb darvoza g‘amgin surilar,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
“Ketdik” der yuragim, sira ko‘nmadi ,
To‘rt fasl dilimda rayhon unmadi .
Bu yerda bo‘ronlar hali tinmadi ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Bahorni sog‘indim ,kuzni angladim ,
Mehrli, mehrsiz yuzni angladim .
Musofir kunlarda Sizni angladim ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Deysiz, sen kelguncha sira o‘lmayman ,
Tangri der, har kimni har kun qo‘llayman .
Siz uchun xayrli duo yo‘llayman, ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
***
Qorbobomiz oppoq,
Peshonasi yalpoq,
Xassasi uzunchoq,
Qopi to’la o’yinchoq!
Soat sakkiz bo’lyapti,
Qorbobomiz kelyapti.
Keling, keling Qorbobo
Sovg’alari bor bobo!
***
Yangi kun keltirsin baht, omad, quvonch,
Hech qachon do’stlardan ketmasin ishonch,
Samimiy bo’lsin suhbatda so’zlar,
Yoshlansa quvonchdan yoshlansin ko’zlar.
Yahshi so’z maqtovlar yangrasin doim,
Omad yaqin do’stingiz bo’lsin ilohim.
Yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin,
Nomingiz bundanda ulug’ bo’lsin.
Nimak niyat qilgan bo’lsangiz,
Iloyim barchasi amalga oshshisin!
Tabassumga burkansin dunyo,
Qordek oppoq bo’lsin dilingiz.
Bo’lsin qordek tozа, musaffo
Yangi yilda ko’rmang g’am,
Ko’zlaringiz bo’lmasin nam.
Bu yilda kulib tursin yuzingiz,
Faqtgina DOLLAR $ sanasin qo’llaringiz!
***
☃Yangi yilda baxt bolsin
Omad shodlik naqd bolsin.
Hayotimiz qand bolsin
Orzu niyat taht bolsin☃
***
Yangi yil kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga kimlar yetmadi.
Sen yangi yo’ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo’qlab kelganingni o’zi bir bayram.
***
Tabassumga burkansin dunyo,
Qordek oppoq bo’lsin dilingiz.
Bo’lsin qordek tozа, musaffo
Qadam qo’ygan YANGI YILINGIZ!!
***
Yangi kun keltirsin baht, omad, quvonch,
Hech qachon do’stlardan ketmasin ishonch,
Samimiy bo’lsin suhbatda so’zlar,
Yoshlansa quvonchdan yoshlansin ko’zlar.
Yahshi so’z maqtovlar yangrasin doim,
Omad yaqin do’stingiz bo’lsin har doim
***
Yangi yilda barchaga
Yaxshi tiliak tilarman,
Ezgu niyatlar bilan,
Chinakam baxt tilarman.
Yangi yilda baxt bolsin
Omad shodlik naqd bolsin.
Hayotimiz qand bolsin
Orzu niyat taht bolsin!
***
Ko’nglimizning parchasi,
Yangi yilning kechasi.
Ulashilar sovg’alar,
Koptok-u qo’g’irchoqlar!
Uy to’rida turadi yashil archa,
Atrofida aylanar yosh-u barcha.
Bayramlarning ichida eng sarasi
Bu albatta yangi yilning kechasi!
***
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
*** yangi yil sherlar bolalar uchun
Tabassumga burkansin dunyo,
Qordek oppoq bo’lsin dilingiz.
Bo’lsin qordek tozа, musaffo
Qadam qo’ygan YANGI YILINGIZ!!!
***