O‘ZBEKISTON YURTIMIZ
Mard o‘g‘lonlar turar to‘p,
Ona zamin Vatan deb,
Qorachig‘dek asrar xo‘p,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.
Har bir o‘g‘lon burchidir,
Asrab avayla yurtdir,
O‘z uyida xursanddir,
Mustaqillik yurtimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.
Bizdan keyin farzandlar,
Bizdek asrab avaylar,
Dunyo o‘zbekni bilar,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.
O‘zbekdan sayyohlarga,
Kerakmas taklifnoma,
Nimasidir yoqqanda,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.
Bizning yoshlar birinchi,
Kelajak boshi bari,
Ona deydi Vatanni,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.
Yurt boshimiz bobomiz,
Muqaddas vatanimiz,
Asraymiz tinchligimiz,
Mustaqillik erkimiz,
O‘zbekiston yurtimiz.

ONA–VATAN POSBONLARI
O‘tkir ko‘zli lochinlari,
Ko‘zday asrar sarhadlari.
Uyda kutar Barchinlari,
Alpomishu Farhodlari,
Ona–Vatan posbonlari.
Axir, Ona–Vatanim,
Tikkan menga ko‘zini.
Fido etib bu jonim,
Oqlayman yurt tuzini.
Qo‘riqlayman el tinchin,
Tonglarning kulgusin.
Keksalar baxt, sevinchin,
Go‘daklar kulgusini.
Bu askarlik hayotim,
Yigitlikka sinovdir.
Tinchlik hayot-momotim,
Yurtim unga garovdir.
Mustaqil Ona–Vatan,
Mening ko‘z qorachig‘im.
Axir shu yurt, shu chaman,
O‘stirdi quchog‘ida.

O‘ZBEKISTON – CHAMAN DIYOR
O‘zbekiston chaman diyor,
Yashnar bog‘u bo‘stonlari,
Oq oltini mo‘l-ko‘l, bisyor,
Xazinaga boy konlari,
Ona–Vatan posbonlari.
JAJJI ASKARLAR
Bizlar jajji askarlar,
Yurt posboni navkarlar.
Yovga qilmaymiz shafqat,
Qo‘rqmas botir shunqorlar.
Yelkamizda avtomat,
Turib navbatma-navbat.
Qo‘riqlaymiz sarhadni,
Misli Alpomish kelbat.
Jajji askarmiz hali,
Ko‘rganlar aytar balli.
Vatan ishonar, uning,
Biz ertasi iqbolli.
VATAN HIMOYACHILARIGA TABRIK
Tinch turmas azaldan bu ko‘hna olam,
Endi dunyo yuzi urush ko‘rmasin.
Aqlli, baquvvat, kuchli yigitlar,
Qutlug‘ bayramingiz bo‘lsin muborak.
Sizgadir olqishlar, sizga sharaf-shon,
Doimo yor bo‘lsin sizlarga zafar.
Bugun bayramingiz bilan qutlabon,
Mening ham sizlarga tilagim bisyor.
Unutmang, vatanga siz doim kerak,
Qutlug‘ bayramingiz bo‘lsin muborak.
VATANIM O‘G‘LONLARI
Kuch qaynar bilagida,
O‘t yonar yuragida.
Postiga sergak juda,
Vatanim o‘g‘lonlari.
Deydi tinch bo‘lsin osmon,
Zaminda yetilsin don.
El sokin olsin orom,
Vatanim o‘g‘lonlari.
Yomonlik bo‘lmas sodir,
Aslo olmang xavotir.
Dovyurak, yovqur, botir,
Vatanim o‘g‘lonlari.
VATAN XIZMATIDAGI O‘G‘LONLAR
Ahd-vafoni ajdodlardan o‘rgangay,
El-u yurtim degan ko‘ksi qalqonlar,
Ichgan qasam, aytgan so‘zidan qaytmas,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
Suvlar kechsa ham etik yechmagay,
Jondan kechsa ham yurtdan kechmagay,
Musaffodir hur Vatan osmonlari,
Vatan xizmatida yurgan o‘g‘lonlar.
