topishmoq javoblari bilan bolalar uchun

Bolalar uchun HASHAROTLAR HAQIDA TOPISHMOQLAR, TOPISHMOQ FASLLAR HAQIDA, TABIAT HODISALARIGA OID TOPISHMOQLAR. May oyi mavzusiga mos bo’lgan ​​Mebellar haqida topishmoqlar, oy yer yulduz haqida topishmoqlarni bir joyga jamladik

TOPISHMOQ FASLLAR HAQIDA

Bola kelar, bola kelar,
Ilk mehr ola kelar,
Silab-siylab daraxtlarga,
Guldan marjon taqa kelar.
(Bahor)

Tort ortoq bor: zo`r ishi
–Odam, olm tashvishi.
Har biri xursand etar,
Izma-iz kelib ketar.
(Yil fasllari)

Kelib ketar bir yilda,
To’rt og’ayni har hilda
(Yil fasllari)

Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq,
(Qish, yoz)

Bir bo‘ri to‘qqiz qulonni yeb turur,
Terisin oftobga yoymay kiyib turur.
(Qish, yoz)

TABIAT HODISALARIGA OID TOPISHMOQLAR.

1.Ko’zga ko’rinmas,
Qo’lga tutilmas.
(Havo)

2).Oyog’i yo’q, qochadi,
Qanoti yoq,uchadi.
(Havo)

3).Osmonda uchar,
Qanoti yo’q.
(Havo)

4).Shildir-shildir juganim,
Suluv qashqa dunonim,
Ayozli kun yurmagan,
Oyog’i yerga tegmagan.
(Muz)

5).Beshadan chiqqan besh biya,
Beshovi ham qulunli,
Qulunlari qul ola,
Quyruqlari gaz ola.
(Bulut)

6).Qora biyam qalt etdi,
Qovurgasi yalt etdi.
(Bulut, yashin)

7).Ship etdi,
Shivirron ketdi.
(Chaqmoq)

8).Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo:yli qiz ketdi.
Toqqa borib taq etdi,
Sirg’alari yarq etdi.
(Yashin)

9).Yorugi bor,
Dovrugi bor,
O’zi yoq,
Ovozi bor.
(Yashin)

10).Guv-guv etib keladir,
Orqasidan qopa qush
Uchib suv yuboradir, nima?
(Yashin, momaqaldiroq)

11).Meni soraydilar,
Korinsam qochadilar.
(Momaqaldiroq, bulut, yomg’ir)

12).Shatir-shutir etadi,
Yerga cho’kib ketadi.

13).Uzun-uzun oz keldi,
Uzun bo’yli qiz keldi.
Qoshi qalchirab keldi,
Ko’zi yaltirab keldi.
(Yomg’ir)

14).Biri sepadi,
Biri ichadi,
Biri o’sadi.
(Yomg’ir, yer,o’simlik)

15). Ajab bir gumbazlik uy ko’rdim,
Na eshigi bor, na teshigi.

O‘qing!  Qushlar va Parrandalar haqida topishmoqlar (javobi bilan)

16). Ozi bitta,
Ko’zi mingta.
( Yomg’ir ko’pigi)

17). Saman otim soy yoqalab keladi.
(Sel)

18) Qora tuyam qochyapti,
Qumalogin sochyapti.
(Bulut, dol)

19) Qopqon yerda ko’zi o’ynaydi,
Toqron yerda tozi o’ynaydi.
(Do’l)

https://sherlari.uz/topishmoqlar

TABIAT HAQIDA TOPISHMOQLAR

Qorga o’xshar, emas qor,
Qor kabi sovug’i bor.
Quyosh chiqqan zamoni,
Yo’qolar o’shal oni.
(qirov)

Osmondan yog’adi u,
Yomg’ir, qordek bo’lmas suv.
Kun chiqqach, ketar tarqab,
Kim nomin oldi payqab?
(tuman)

Ko’k toqida doira,
Ko’rib deysan: «Qoyil-e?»
Turfa ranglar bo’lsa jo,
Bahorda bo’lar paydo.
Elda bor ovozasi,
U — osmon darvozasi.
(kamalak)

Makoni — osmon-dengiz,
Kemadek suzar, izsiz.
Suv-yomg’irga serob u,
Nima ekan-a, top, bu?
(bulut)

Paxtaday yumshoq, momiq,
Qo’lingga olsang, sovuq.
(qor)

U tushganda, dala, qir
Kuladi «qiqir-qiqir».
Chirmandasi — osmonda,
Raqsi — yerda, har yonda.
(yomg‘ir )

Tun chog’ida miltillab,
Osmonni qoplab olar.
Tong mahali lipillab,
Yana ko’zdan yo’qolar.
(yulduz)

Goh sopi yo’q o’roqday,
Goh bo’ladi doira.
Atrofga nur sochsa ham,
Harorat bermas sira.
(oy)

Bulutga qilich solar,
Yalt-yalt etib yo’l ochar.
(chaqmoq)

Ismi bor-u, jismi yo’q,
O’yinqaroq, juda sho’x,
Agar kirsa eshikdan,
Zumda chiqar teshikdan.
Gohida chalib xushtak,
Uchadi misli qushdek.
Topa qoling, yulduzim,
Daryodagi qunduzim.
(Shamol)

https://sherlari.uz/topishmoqlar

May oyi mavzusiga mos bo’lgan ​​Mebellar haqida topishmoqlar



Uyga  kelsa mehmonlar
Bizlar xizmatga shaymiz.
Yumshoq o’rindiq bilan 
Charchog’in chiqaramiz.
(Divan-kreslo)

Pastakkina bo’yim bor,
To’rt oyog’da turaman.
Gazeta jurnal bilan
Do’st tutinib olganman
(Jurnal stoli)

Devorga osishmasa
Televizor og’amni.
Ustimga qo’yishadi
Ko’rsin deya olamni.
(Televizor tagkursisi)

Eshikdan kira solib
Poyabzaling tozala.
So’ng ochib eshigimni
Tokchalarimga taxla.
(Poyabzal javoni)

Devorga qoqib qo’ydim,
O’yinchoq terib qo’ydim.
(Tokcha)

Bir oyna bor oddiy emas,
Tosh so’zini oladi
Atrofida onam doim,
Pardoz qila oladi.
(Toshoyna)

To’rt oyoqli supacha
Ustidagi dasturxon.
Yeb-ichib atrofida
O’tirar kelgan mehmon.
(Stol)

Bag’rida ko’p kitoblar
Taxlanib turadilar
(Kitob javoni)

Yashiklarim ko’p mening
Bag’rim ham keng juda.
Kiyim-kechak,  sochiqlar
Joy olishgan uyimdan.
(G’aladon)

Eshiklarimni ochsang
Ilgichlarni ko’rasan.
Kiyimlarni ham osib,
Hamda taxlab qo’yasan.
(Kiyim javoni)

Idishlar qad rostlashib
Joy olar tokchasidan.
Yog‘ich,  oyna eshiklar
Asraydi chang kirishdan.
(Oshxona javoni)

https://sherlari.uz/topishmoqlar

O‘qing!  TABIAT HODISALARIGA OID TOPISHMOQLAR

#topishmoq



☄️ oy yer yulduz haqida topishmoqlar



Oyga qush ucha olmas
Samolyot yetib bormas.
Ammo,yerdan yalt etsa,
Qoʻnar oyga….
  (Raketa)

Raketani boshqarar,
Yulduzlar unga boqar.
Boʻshliqda uchar gʻir-gʻir,
Jasur yigit ….
(Fazogir)

Tunda koʻrsatadi yoʻl,
Yulduzlarni sana ,boʻl!
Barcha uyquda,ammo,
Nur taratar…. 
(Oymoma)

Moviy rangli sayyora,
Hayot uchun tayyora.
Ayamay mehringni ber,
Budir bizning Ona…
(YER)

Tunda chiqar onasi,
Necha minglab bolasi.
Bekinishar qoʻrqandan
Kelib qolsa otasi  …..
(Oy, yulduz,Quyosh)

HASHAROTLAR HAQIDA TOPISHMOQLAR

Kichkina mitti,
Shoxini tirab suv ichdi.
(Ari)🐝

Zuv-zuv borar,
Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir,
G’alvir to‘qir.
(Ari)🐝

Uchib yurgan qarg‘aning
Inin buzib bo‘lami?
(Ari)🐝

Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.
(Ipak kurti)🐛

Ko‘k yeb, oltin o‘raydi.
(Ipak qurti)🐛

Daraxt shoxida sakson tuxum.
(Ipak kurti)🐛

Bir qushim bor, suyagi yo‘q.
(Kapalak)🦋

Qanoti bor,
Qoni yo‘q.
Tuxum qo‘yar,
Soni yo‘q.
(Kapalak)🦋

Ovhu laylak, uvhu laylak,
Suvdan o‘tar, suyaksiz laylak.
(Kapalak)🦋

O’zi yo‘qdek,
Tovushi o‘qdek
(Qora chigirtka)

O’tirishi o‘ymoqday,
Baqirishi toyloqday.
(Qora chigirtka)

O’tirishi tulkiday,
O’t yeyishi yilqiday.
(Chigirtka)

Arangday-parangday,
Ikki ko‘zi zaparangday.
(Chigirtka)

Ho‘kiz shoxli,
Buqa bo‘yinli,
Qiyg‘ir qanotli,
Eshak sag‘irli,
Tuya oyoqli.
(Qora chigirtka)

O’zi qora, qanotli,
Shoxlari bor, tirnoqli.
(Qo‘ng‘iz)

Qora o‘zi, qarg‘a emas,
Shoxlari bor, ho‘kiz emas,
Olti oyoq, tuyoqsiz,
Uchadi, chig‘illaydi,
O’tirib yer kovlaydi.
(Qo‘ng‘iz)

Is biladi, it-emas,
In qazlaydi, tulki emas,
Qanoti bor uchadi,
O’zi qush emas.
(Qo‘ng‘iz)

Kichkina lo‘li,
Keyiniga yetmaydi to‘ni.
(Qo‘ng‘iz)

Bir otim bor ajabgina,
Dumlari bor gajakkina,
Hali kelsa ko‘rarsiz,
Qo‘rqa-qo‘rqa o‘larsiz.
(Chayon)🦂

O’zlari ajabgina,
Quyro‘qlari gajakkina,
Hali o‘psa ko‘rasan,
Yig‘lay-yig‘lay o‘lasan.
(Chayon)🦂

Beli-beli belang ot,
Beli nozik kurang ot.
Toqqa minsa toymas ot,
O’lat teksa o‘lmas ot.
(Chumoli)🐜

O‘qing!  Qushlar va Parrandalar haqida topishmoqlar (javobi bilan)

Beli qizday, kurang ot,
Tog‘i toshdan toymagan,
Halov tuya o‘lmagan,
Beli ingichka kurang ot.
(Chumoli)🐜

Burang-burang, burang ot,
Beli qayqi, kurang ot,
Tog‘u toshdan qayrilmas,
Oyoqlari tayrilmas.
(Chumoli)🐜

Jinday, jinday, jinday qiz,
Chip tepaga chiqdi qiz,
Bolalarin iyartib,
Undan yuqori chiqdi qiz.
(Chumoli)🐜

Tog‘dan toymas ot,
Miltiq tegmas ot.
(Chumoli)🐜

Jonzoq buvam tuyasi
Jar yoqalab yuradi.
(Chumoli)🐜

U yoqdan, bu yoqdan
Karvon o‘tdi, ko‘rdingmi?
(Chumolilar)🐜

Uzun tor ko‘cha,
Ichi to‘la lo‘libachcha.
(Chumoli uyasi)

Qatorma-qator,
Zanjirdek qator.
(Chumolilar)🐜

Uzun-uzun ulog‘,
Yo‘llarga tuzog‘.
(Chumoli)🐜

Joni bor, qoni yo‘q,
Yer ostida soni yo‘q.
(Chumoli)🐜

Beli qilday,
Boshi xumday.
(Chumoli)🐜

Yo‘l ustida go‘ja qaynar.
(Chumoli)🐜

Mingta qo‘yim sig‘adi,
Bir bog‘ bedam sig‘maydi.
(Chumoli uyasi)

U yoqqa boradi,
Bu yoqqa boradi,
Bo‘z to‘qiydi.
(O’rgimchak)🕷

To‘r bilan o‘rab olgan,
Pashshaga zanjir solgan.
(O’rgimchak)🕷

Kichkina-mitti,
Qo‘limga olsam, qovurg‘asi sinib ketdi.
(Chivin)🦟

O’zi yo‘qday, botirim,
Ovozi o‘qday, botirim,
Shapaloq yurtga borib,
O’lib qolgan, botirim.
(Pashsha)

Chiydim, chiydim, chiydim qush,
Chiy boshiga qo‘ndi qush.
Qirg‘ini keldi, qirildi,
Mahali keldi, tirildi.
(Chivin)🦟

Is biladi, it emas,
O’zi kichik, bit emas,
Odamni ko‘p talaydi,
Qon ichib, u to‘ymas.
(Kana)

Soy ichida saksonboy.
(Burga)

Qorong‘i tom ichida
Qora buzoq dirkillar.
(Burga)

Albar-jalbar yo‘rtib yurar,
Ushlay desam, hurkib ketar.
(Burga)

Pichagina bo‘yi bor,
Takakidan to‘ni bor.
(Burga)

Загрузка ...