TABIAT HODISALARIGA OID TOPISHMOQLAR

topishmoq javobi bilan,

TABIAT HODISALARIGA OID TOPISHMOQLAR.

1.Ko’zga ko’rinmas,
Qo’lga tutilmas.
(Havo)

2).Oyog’i yo’q, qochadi,
Qanoti yoq,uchadi.
(Havo)

3).Osmonda uchar,
Qanoti yo’q.
(Havo)

4).Shildir-shildir juganim,
Suluv qashqa dunonim,
Ayozli kun yurmagan,
Oyog’i yerga tegmagan.
(Muz)

5).Beshadan chiqqan besh biya,
Beshovi ham qulunli,
Qulunlari qul ola,
Quyruqlari gaz ola.
(Bulut)

6).Qora biyam qalt etdi,
Qovurgasi yalt etdi.
(Bulut, yashin)

7).Ship etdi,
Shivirron ketdi.
(Chaqmoq)

8).Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo:yli qiz ketdi.
Toqqa borib taq etdi,
Sirg’alari yarq etdi.
(Yashin)

9).Yorugi bor,
Dovrugi bor,
O’zi yoq,
Ovozi bor.
(Yashin)

10).Guv-guv etib keladir,
Orqasidan qopa qush
Uchib suv yuboradir, nima?
(Yashin, momaqaldiroq)

11).Meni soraydilar,
Korinsam qochadilar.
(Momaqaldiroq, bulut, yomg’ir)

12).Shatir-shutir etadi,
Yerga cho’kib ketadi.

13).Uzun-uzun oz keldi,
Uzun bo’yli qiz keldi.
Qoshi qalchirab keldi,
Ko’zi yaltirab keldi.
(Yomg’ir)

14).Biri sepadi,
Biri ichadi,
Biri o’sadi.
(Yomg’ir, yer,o’simlik)

15). Ajab bir gumbazlik uy ko’rdim,
Na eshigi bor, na teshigi.

16). Ozi bitta,
Ko’zi mingta.
( Yomg’ir ko’pigi)

17). Saman otim soy yoqalab keladi.
(Sel)

18) Qora tuyam qochyapti,
Qumalogin sochyapti.
(Bulut, dol)

19) Qopqon yerda ko’zi o’ynaydi,
Toqron yerda tozi o’ynaydi.
(Do’l)

Tabiat haqida topishmoqlar

Bola kelar, bola kelar,
Ilk mehr ola kelar,
Silab-siylab daraxtlarga,
Guldan marjon taqa kelar.
(Bahor)

Tort ortoq bor: zo`r ishi
–Odam, olm tashvishi.
Har biri xursand etar,
Izma-iz kelib ketar.
(Yil fasllari)

Kelib ketar bir yilda,
To’rt og’ayni har hilda
(Yil fasllari)

Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq,
(Qish, yoz)

Bir bo‘ri to‘qqiz qulonni yeb turur,
Terisin oftobga yoymay kiyib turur.
(Qish, yoz)

“O’yin topishmoq”

Bu o’yin quyidagi tartibda o’tkaziladi. O’qituvchi biror bir so’zni topishmoqlar yoki so’zlar vositasida uch marta ta’riflaydi. Birinchi ta’rif murakkab, ikkinchi ta’rif yengilroq, uchinchi ta’rif esa juda yengil bo’ladi. Birinchi ta’rifdanoq javobni to’g’ri topgan o’quvchiga 3 ball, ikkinchi ta’rifda to’g’ri javobni topgan o’quvchiga 2 ball, uchinchi ta’rifda to’g’ri javobni topgan o’quvchiga esa 1 ball beriladi. Bu o’yinni bir o’quvchi bilan og’zaki yoki ko’pchilik o’quvchilar bilan yozma ravishda o’tkazish mumkin.
Bunday o’yinlar o’quvchilar uchun juda qiziqarli bo’lib, ularning mustaqil fikrlash darajasini aniqlashga yordam beradi va rivojlantiradi.
1-variant.
1-ta’rif: Kichkina dono
Ichi to’la ma’no.
2-ta’rif: U har birimizda bor,
Usiz biz maktabga kelmaymiz.
3-ta’rif: Qat-qatlama,
Aqling bo’lmasa tashlama.
(Javob:”Kitob”).

O‘qing!  Qushlar va Parrandalar haqida topishmoqlar (javobi bilan)
Загрузка ...