singil haqida sher

Singil haqida sherlar

singil haqida sher

DONNI BOSIB O’TSA BO’LAR SINGIL UCHUN
JONNI KECHIB KETSA BO’LAR SINGIL UCHUN
OTA UYDA ULG’AYISH BOR QOLISH YO’QDUR
SINGILLARNI YO’QLAB TURING KO’NGIL UCHUN.

YUMSHOQ KO’NGIL TANA NIMA BILMAYDIGAN
BOSHIMIZGA KULFAT KELSA KULMAYDIGAN
BU DUNYODAN O’TAR BO’LSAK YIG’LAYDIGAN
SINGILLARNI YO’QLAB TURING KO’NGIL UCHUN.

YANGI UYDA ILDIZ OTIB BO’LMAGUNCHA
BORGAN JOYDA TOSHDEK QOTIB O’RNAGUNCHA
FARZANDLARI YERDA YUGURIB O’YNAGUNCHA
SINGILLARNI YO’QLAB TURING KO’NGIL UCHUN.

UZOQ UZOQ O’LKALARDA YURSANGIZ HAM
DUNYONI U CHEKKASIDA TURSANGIZ HAM
OTA UYGA YILDA BOR KELSANGIZ HAM
SINGILLARNI YO’QLAB TURING KO’NGIL UCHUN
YAQINLARINGIZNI YO’QLAB TURING KO’NGIL UCHUN.

AKA SINGIL


Akam deya erkalanib quvnaguvchim,
Onam kabi qaygurgancha óylaguvchim.
Duosida omadimni sóraguvchim .
Shukur derman borliginga singiljonim!
Otam kabi suyanchigim mehribonim.
Siz borsizki har yumushda bor imkonim.
Yonimdasiz har nafasda har bir onim.
Shukur derman boringizga akajonim!
Hamadan ham asraganim, kóz qoramsan.
Ilk sózlashdan aka degan yagonamsan.
Ózim katta qilgan jajji birdonamsan.
Shukur derman borliginga singiljonim!
Sizsiz mening har tashvishda ishonch toģim.
Atrofimda parvonasiz betob choģim.
Qarang gullab yashnayabdi siz bor bogim.
Shukur derman boringizga akajonim!
Yoningdaman kózlaringni yoshlashmaydi.
Hech kim sóz yuragingni ģashlashmaydi.
Yomon qarab, yomon qadam tashlashmaydi.
Shukur derman borliginga singiljonim!
Hech kim menga berolmaydi aslo ozor .
Chunki meni yonginamda gamhorim bor.
Bólmagayman begonadan mehrga zor .
Shukur derman boringizga akajonim!
Singlim mening ózing doim ardogimda.
Har onimda yonimdasan, ham yodimda.
Bir oilada dunyoyimda, hayotimda .
Shukur derman borliginga singiljonim!
Yigitlarning ichida eng zór uzingiz.
Dardlarimga malham bular ham sózingiz.
Doim kulsin quvongancha bu kuzingiz
Shukur derman boringizga akajonim!
😘🥰🥰☝️

Aka

Aka meni unutib qoʻymang
Aka mexr qancha turadi
Narxi qancha shu oqibatni
Nega dillar yeg’lab yuradi
Tanisizmi? Qadr qimmatni
Gar bozorda sotilsa mexr
U bozordan qayting akajon
Topganim shu sogʻinchim axr
Boyligim yo mexrim bir jahon
Umr oʻtar o’tgandek onam
Bizdan nima qolar akajon
Bolalikda so’ngandek otam
So’nib borar ko’ksimdagi jon
Sizda ham bor og’il qizingiz
Biri aka birisi singil
O’rnak boʻlib har bir izingiz
Ikkisida sinmasin ko’ngil
Qolar dunyo qolar mol davlat
G’animatdir umr akajon
Sinamoqda bizlarni fursat
Singlingiz ham omonatli jon
Dunyo o’zi eng katta bozor
Mexr bunda sotilmas aslo
Savdosida beshig-u mozor
Oqibatni tanishmas hatto
Singlingizni unutib qoʻymang
Undan kelar ona ifori
Mexr bilan qadrdan kechmang
Yomon ekan aka ozori
Mexr berib bir ham bo’lmaysiz
Aka meni unutib qoʻymang
Mexr pulga sotib olmaysiz
Oxiratda savobsiz qolmang
Boylik qolar qolar mol davlat
Oramizda mexr g’animat
Aka, meni unutib qoʻymang
Jonim akam, yodigorim akam.

O‘qing!  1 iyun xalqaro bolalar kuniga sherlar to‘plami

Singlisini yig’latmaydi AKA degan.

Aka degan jonga chindan jondosh bo’lar. 

Uka degan asli asl qondosh bo’lar. 

Singil sizga dildosh bo’lar, yondosh bo’lar. 

Singlisini yig’latmaydi AKA degan. 

Kulfat kelsa ustingizdan kulmaydigan. 

Do’q urlsangiz qovog’ini uymaydigan. 

Zarda qilib lablarini burmaydigan. 

Singlisini yig’latmaydi ERKAK degan. 

Yo’qlasangiz tor xovlisi jannat bo’lgan. 

Bu dunyoda borligi bir davlat bo’lgan. 

Aytgan so’zi Allox bergan davlat bo’lgan. 

Singlisini yig’latmaydi ERKAK degan. 

Taqdirining cho’g’ligini bildirmagan. 

Gox ochin, gox to’qligini bildirmagan. 

Onasining yo’qligini bildirmagan. 

Singlisini yig’latmaydi ERKAK degan. 

Singil yo’qlab borganingiz tavob bo’lar. 

Bug’doyzorni bossangiz xam savob bo’lar. 

Mehr bering sizga Xaqdan javob bo’lar. 

Singlisini yig’latmaydi ERKAK degan. 

Tashvishlarin yelkangizga ortib qo’ying. 

Boshin silang, ko’z yoshini artib qo’ying. 

O’g’lingizning qulog’iga aytib qo’ying. 

Singlisini yig’latmaydi ErkaK degan.. 

Ayol zotin xo’rlamaydi ErkaK degan..

Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...
ASOSIY MENYU
QIDIRUV
SHERLAR