Gerbimizga bir qarang,
Tovlanadi rang barang.
Unga beradi chiroy,
Tepasida hilol oy.
Bir tomoni paxtazor,
Quyosh nurin sochadi.
Amudaryo Sirdaryo
Chanqog‘ingiz bosadi.
O‘rtasida Humo qushi,
Bizga omad tilaydi.
O‘zbekiston nomini,
Jahon uzra taraydi.
2-iyul
O’zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qabul qilingan kun
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.
Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.
Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
Gullagan vodiy uzra,
Charaqlab turar quyosh.
Yer yuzin kezib so‘ngra,
Tog‘larga qo‘yadi bosh.
So‘l tomonda bug‘doyning,
Boshoqlari tovlanar.
Rizqu~ro‘zi elimning,
Oltinday jilolanar.
O‘ng tomonda ochilgan,
Oq paxta chanoqlari.
Oq niyatdek sochilgan,
Oq oltinning shoxlari.
Yuqori qismida bor,
Sakkiz qirrali yulduz.
Birdamlik do‘stlarga yor,
Jipslik ramzi shaksiz.
Sakkiz qirra ichida,
Joylashgandir yarimoy.
Yangi O‘zbekistonning,
Ramzi sochadi chiroy.
Gerbning qoq markazida,
Qanot ochgan Xumo qush.
El~yurtga soch baraka,
Tinchlik va baxt olib tush.
Tinchliksevar xalqimning,
Uylari nurga to‘lsin.
Do‘mbirasi baxshimning,
Bayram,to‘ylarda yursin.
Gerbning pastki qismida,
Hilpiraydi~bayrog‘im.
O‘g‘il~qizning jismida,
Kelajakka mayog‘im!
Go‘zal ona Vatanning,
Kelajagi~oriman.
Gullagan hur chamanning,
Kichik bir niholiman.
Davlatimiz ramzlarin,
Ko‘zga etay to‘tiyo.
Botir, mard ajdodlarim,
Taniydi butun dunyo!
Xasanova Nilufar.
21.06.2022~yil.
Gerb qa’bul qilingan kunga bag‘ishlanadi
ЎЗБЕКИСТОН ГЕРБИ
“Герб” сўзин маъноси мулк ила мерос,
“Тамға” дейилади туркона тилда.
Ватан, давлат, мол-мулк – аждодларга хос
Авлодларга мерос қолур ҳар элда.
Асл наслимизда беклик, жаноблик,
Бошга Ҳумо қушин қўндирди қисмат.
Ҳиммат, фидойилик, олижаноблик
Ўзбекка хос бўлган фазилат, хислат.
Фаровонлик, тинчлик, бахту саодат
Давлатли халқимнинг эзгу нияти.
Фарзанд камоли деб қиламиз меҳнат,
Бизга ёр аждодлар абадияти.
Давлатим жаҳонда бўлди намоён,
Ватан ва Истиқлол висоли бу герб.
Келажагим аён, мақсадим аён –
Буюк Ўзбекистон тимсоли бу герб!