opa haqida sherlar mp3
Sizni yaxshi koʻraman opa.
Onam kabi menga mehribon,
Yonimdasiz har qachon har on,
Bo‘lsin doim joningiz omon,
Sizni yaxshi koʻraman opa.
So‘zlaringiz dardimga da’vo,
Keragimsiz go‘yo suv havo,
Bo’lmasangiz bo‘laman ado,
Sizni yaxshi ko’raman opa.
Yo‘qlamasam ranjib qolmaysiz,
Mehr berib sira tolmaysiz,
Men kulmasam siz ham kulmaysiz,
Sizni yaxshi ko’raman opa.
Dardlar kelsa darddoshim meni,
Yonimdagi sirdoshim meni,
Dunyodagi yagonam meni,
Sizni yaxshi ko’raman opa.
Mehri ummon mehribonimsiz,
Shirin so‘zli xushzabonimsiz,
Yonimdagi farishtamdursiz,
Sizni yaxshi ko‘raman opa.
Borligingiz baxtimdan darak,
Siz sababli uradi yurak,
Men uchun siz har doim kerak,
Sizni yaxshi koʻraman opa.
https://sherlari.uz/sherlar
BORSIZ OPA…
Yurak yonib kuyib ketsa
Dilim yordim sizga opa.
Shukur deyman taqdirimga
Yaxshi ham siz borsiz opa.
G’avg’olardan og’riydi bosh
Ko’zlarimdan to’xtamas yosh.
Men nodonman, ba’zan bebosh
Yaxshi ham siz borsiz opa.
Ba’zan to’yib dunyosidan
Tashvishi ko’p g’avg’osidan.
Kuysam kazo kazosidan
Yaxshi ham siz borsiz opa.
Uyim joyim ro’zg’or demay
Ilinasiz menga yemay,
Tashvishlardan qancha kuymay
Yaxshi ham siz borsiz opa.
Yillar o’tar to’xtamas hech
Bizni o’ylab tinmaysiz hech.
Duo qilib ertayu kech
Yaxshi ham siz borsiz opa.
IRODAXON QOSIMOVA.
01.03.2024. 19:10.
Opa singl ☺️
👩Opa
Barchadan eng ko’p mexribon o’zing
Menga boqib turgan shu qaro ko’zing
Shamollar silagan mayin sochlaring
Dunyoda yagonam tanhosan singlim
👧singl
Onam o’rnida onamdek bo’lgan
Achchiq gapirganda ko’zin yoshlagan
Qancha dard bo’lsa ham ichiga yutgan
Dunyoda yagonam tanhosiz opam
👩Opa
Alloh bergan omadim erkatoy singlim
Mudom bo’l yonimda yorishar ko’nglim
Sen mening malagim, jonim jahonim
Dunyoda yagonam tanhosan singlim
👧singl
Oppoq farishtamsiz, beg’uborimsiz
Siz shunday insonsiz mehrda tengsiz
Baxtdan kulib yursin oydek yuzingiz
Dunyoda yagonam tanhosiz opam
👩Opa
Dardimning davosi faqat o’zingsan
So’z emas balki qalbim ko’zisan
Ota onamizning yorug’ yuzisan
Dunyoda yagonam tanhosan singlim
👧singl
Shirin gaplaringiz qurboni o’zim
Ortingizdan ketar mening bu izim
Hech xafa bo’lman gar botsa so’zim
Dunyoda yagonam tanhosiz opam
✍SOBIROVA RUXSHONA
OPA YURING OTA HOVLI UYIMIZGA.
Siz ham mendek yuribsizmi soĝinch yutib.
Qachon diydor nasib etar deya kutib.
Mehr ila qoʻllarimdan keling tutib.
Opa yuring ota hovli uyimizga.
Tugarmidi bu dunyoning yumishi koʻp.
Solib qoʻyar bizlarni ne kuyimizga.
Bir gap aytsam ishlarim koʻp demangda hop.
Opa yuring ota hovli uyimizga.
Ganimatdir ota ona diydori ham.
Borligida yoʻqlab borib boʻling malham.
Bir oy boʻldi borolmadim qarang sal kam.
Opa yuring ota hovli uyimizga.
Nechi kunki hayolimda bir oʻy kechar.
Huddi onam mehri bilan meni quchar.
Ularsiz bu sogʻinchimni kim ham echar.
Opa yuring ota hovli uyimizga
Ruhsat olib qoʻyganim bor uch kun avval.
Yigʻlagudek sogʻinch turar soʻrasa sal.
Yuragimning dardlarini qilguncha hal.
Opa yuring ota hovli uyimizga.
Opa yuring ota hovli uyimizga.
Hulkaroy Hojamovna ✍
OPA SIZLA ZÕR ÕTGANDA BOLALIGIM.

Bir lahzaga chiqarmayman yodimdan hech.
Shodliklardan tõkilardik har erta kech.
Olib kelgan bõlsam kerak yo sizdan kuch.
Opa sizla zõr õtganda bolaligim.
Erka edim chegarasiz erka edim.
Ne istasam hammasiga hõp de derdim.
Õhshashi yõq bir men uchun bilasizmi.
Opa sizla zõr õtganda bolaligim.
Bir elkangiz egilgancha opichlabon.
Manzilimga eltardingiz tegmay tovon.
Men uchun yõq adiblarda bunday raman.
Opa sizla zôr õtganda bolaligim.
Tarifiga tilim ojiz yozmoq uchun.
Ohiri yõq yozay desam juda uzun.
Bolalikda dõst bõldingiz hammadan chin.
Opa sizla zõr õtganda bolaligim.
Eslasam kõp kõrgim kelar sizni quchib.
Shu ondayoq yoningizga borsam uchib.
Ketgim kelar bolaligim tomon kõchib.
Opa sizla zõr õtganda bolaligim.
HULKAROY HOJAMOVNA ✍
Menga juda keraksiz opa!
Tirgakdirsiz yurgan yoʻlimda,
Har bir ishda oʻrnaksiz opa.
Yaxshi kunda, yomon kunimda,
Menga juda keraksiz opa!
Oʻzingizni qiling ehtiyot,
Mening uchun boʻlaksiz opa.
Qaddingizni egmasin hayot,
Menga juda keraksiz opa!
Boʻlmasangiz harob boʻlaman,
Vujudimda yuraksiz opa,
Sizsiz aniq tamom oʻlaman,
Menga juda keraksiz opa!
Siz oqkoʻngil farishta misol,
Ushalguvchi tilaksiz opa,
Bir donasiz, sizga yoʻq timsol,
Menga juda keraksiz opa!
Siz deb kechgum butun dunyodan,
Siz baxtimdan daraksiz opa.
Sizni yaxshi koʻraman chindan,
Menga juda keraksiz opa!
Milliarlar ichra yolgʻizim,
Siz hammadan boʻlaksiz opa!
Qadrdonim, mehri azizim ,
Menga juda keraksiz opa!
✍ Mumtozbegim
SINGILLARIM.🌹🌹🌹
Mendan qolgan koʻylagimni yangi deya.
Olamda yoʻq shod boʻlardi uni kiya.
Bugun esa sogʻinaman sizni suya.
Omonmisiz,omon boʻling singillarim.
Goh urushib goh talashib ulgʻaydik biz.
Oʻzga oʻzga taqdirlarga tutgancha yuz.
Ortingizdan sogʻinch ila kelar bir soʻz.
Omonmisiz, omon boʻling singillarim.
Opa deya buyrugʻimga kelgan koʻnib.
Hoʻp deyishdan ketmadingiz nari tonib.
Sogʻindimda kelsammikan bugun borib.
Omonmisiz, omon boʻling singillarim.
Sizlar ekan dardlarimga boʻlgan dori.
Aytsam yayrab ketar boʻshab koʻngillarim.
Bu dunyoda yahshi ekan singil bori.
Omonmisiz, omon boʻling singillarim.
Hulkaroy Hojamovna ✍️
Opa singillarimiz sogʻ boʻlishsin.🥰🥰