oliy ta’limga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

Bugun va ertaga ikkinchi oliy ta’limga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul bo‘yicha vazirlikning my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

⛔️ Arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan.

⌛️Shuni inobatga olib rad etilgan arizalarni 14—15-avgust kunlari tahrirlash imkoniyati beriladi.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.

O‘qing!  Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...