Odam va uning a’zolari topishmoqlar javobi bilan
Кешта тўла оқ товуқ.
(Оғиз, тиш)
Бир ёриқда кўп каллак
Қистирувли турибди.
(Оғиз, тиш)
Сандиқчада михча.
(Оғиз, тиш)
Ҳай, биз эдик, биз эдик,
Ўттиз икки қиз эдик,
Бир тахтага тизилдик,
Бирар, бирар узилдик.
(Тиш)
Оғилдан чиққан оқ эшак,
Қайтиб жойига келмас.
(Тушган тиш)
Кештадан тушган оқ товуқ,
Қайтиб кештага қўнмас.
(Тушган тиш)
Ўттиз бўри бир жойга макон қўйди,
Ўнта хизматкор, иккита қоровул қўйди.
(Тиш, бармоқлар, икки кўз)
Беш кампир,
Беш кампирнинг орқасида беш муз ёпишиб
турибди.
(Қўл, бармоқлар, тирноқ)
Ерга кўмилмайди,
Косага қуйилмайди,
Дунёда ҳамма одам
Ичмай қўймайди.
(Она сути)
Тақрон ерда тойнинг изи.
(Киндик)
Ўзи кенг,
Денгиздан чуқур.
(Фикр)
Осмондан буюк.
(Мақсад)
Ўтда ёнмас,
Сувга ботмас,
Ерда чиримас.
(Тўғрилик)
Бозорда сотилмайди,
Тарозида тортилмайди.
(Уйқу)
Бир отим бор нос,
От, туя кўтармас.
(Уйқу)
Ким суялди,
Ўша уялди.
(Ёлғон сўз)
Бир бўри қўйнинг қонини чиқармай еб ётир.
(Азроил)
Жуммоқ қўйдим, жубин топ,
Жумой бобой уйин топ,
Тағи қўйдим, тағи топ,
Тоғой бобой уйин топ.
(Қабр, мозор
Chang‘aroqda qo‘sh chiroq, U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Uy ustida sari yoy, U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Zarna yerda qo‘sh to‘la, U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Hovuzi bor, suvi yo‘q, U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Qator
-qator qora nor,
U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Uy ortida qo‘sh terak, U ne bo‘ldi, bolqanto‘z? (Chang‘aroqda qo‘sh chiroq
Ko‘z degani emasmi?
Uy ustida sari yoy,
Qosh degani emasmi?
Zarna yerda qo‘sh to‘la,
Burun degan emasmi?
Hovuzi bor, suvi yo‘q,
Og‘iz degan emasmi?
Qator-qator qora nor,
Soch degani emasmi
Uy ortida ko‘sh terak,
Soch o‘rimi emasmi?)
Besh otim,
Beshovi ham qashqa otim. (Barmoqlar)
Besh og‘ayni yosh edi,
Ichida biri bosh edi. (Barmoqlar)
Katta
-kichik besh o‘rtoq,
Uyushsa bo‘lar to‘qmoq. (Barmoqlar)
Bir otadan besh o‘g‘il. (Qo‘l, barmoqlar)
Ikki onaga beshtadan bola,
Har birining oti bor. (Qo‘l, barmoqlar)
Bir supada besh bola. (Qo‘l, barmoqlar)
Kosov,
Kosov boshida beshov,
Beshov boshida besh oyna. (Qo‘l, barmoqlar, tirnoq)
Bir o‘choqqa besh kosov. (Og‘iz, besh barmoq)
Quv yog‘ocha, quv yog‘och.
Quv yog‘ochda besh yog‘och,
Besh yog‘ochga qor yoqqan,
Qor ustiga qon tomgan. (Qo‘l, barmoqlar, tirnoq, xina)
O‘nta og‘a
-ini boshidan
O‘nta oy tushib ketdi. (Barmoqlar, tirnoq olish)
Beshta botir, Orqasi yaltir. (Tirnoq)
Ikki otim bor,
Bir
-biridan chopog‘on.
(Oyoq)
Tursang turar,
Yetsang yotar. (Oyoq)
Otamdan bir meros oldim,
Yerga ko‘msam chirimas. (Ism)
Yaratganga yopishgan. (Ism)
Hamma narsaga yopishgan. (Ism)
Gazlab olinmas, pudlab sotilmas,
Har kimda birdan ortiq bo‘lmas,
O‘zinikini birovga tortiq qilmas,
Ismi bo‘lsa ham, jismi bo‘lmas,
Ko‘zga ko‘rinmas, qo‘lga tutilmas,
Foydadan xoli emas, yo‘qdan topilmas,
Sholining poxoli emas,
Echkining soqoli emas. (Aql)
Bir nafasda olamni kezar. (Fikr)
Yugurgandan o‘tadi,
Bir vaqtda yetadi,
O‘q emas, otiladi,
Qush emas, uchadi. (Fikr)
Uzoqning
u yog‘inda,
Yaqinning bu yog‘inda.
Ko‘rinmas ko‘zga,
Tinch bermas bizga. (Xayol)
Bir to‘kilsa,
Qayta to‘lmas. (Obro‘, nomus)
Asaldan shirin,
Zahardan achchiq. (So‘z, gap)
Birovni suydirar,
Birovni kuydirar. (So‘z, gap)
Og‘zim ochdim, uchdi ketdi,
Samarqandu Buxor borib yetdi. (So‘z, gap)
Og‘izdan chiqqancha meniki,
Og‘izdan chiqqani elniki. (So‘z, gap)
O‘zi boldan shirin,
Yesa bo‘lmaydi. (Uyqu)
Kichkina — mitti,
Tepdi, yiqitdi. (Uyqu)
Jar yiqildi,
Qum tiqildi. (Uyqu)
O‘t emas, kuydirar,
Pichoq emas, so‘ydirar. (Yolg‘on so‘z)
Saman ot mindim, soy kechdim,
Soyasini ko‘rmadim.
Qizil baxmaldan to‘n bichdim,
Qiyig‘ini ko‘rmadim. (Tush)
Shundan bora berdim to‘da qamish,
Uning adog‘ida bir bo‘lak qamish,
Uning adog‘ida shamchiroq,
Uning adog‘ida ikki buloq,
Uning adog‘ida to‘ymas quduq. (Soch, qosh, ko‘z, burun, og‘iz)
Qatordagi qora nor,
Yetakdagi jir moya. (Ota, ona)
Qizil chiyning ostida
Qizil kiygan o‘tirar. (Kelin)
Dumaloq chelga mayda tol ekdim. (Soch)
Qushdan ildam uchar,
Qora yerning bag‘rin teshar. (Ko‘z)
Daryoning naryog‘ida bir to‘p yilqi,
Beryog‘ida bir to‘p yilqi,
Tepishar ekan
-da, qopishar ekan.
(Ko‘z bilan kiprik)
Jar yoqasida yorti kapa. (Quloq)
Yona yerda yapaloq archa. (Quloq)
Yona yerda toyning izi. (Quloq)
Uy ichida qizil go‘sht. (Til)
Qorong‘i uyda o‘ttiz sadaf. (Og‘iz, tish)
Bir suruv eshagim bor,
Bari bir oxurdan suv ichar.
Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)
To‘rtida tariqday,
O‘ttizda ayiqday,
To‘qsonida tovuqday.
(Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)
O‘zi bitta,
Kallasi ikkita,
Dumi bitta,
Oyog‘i oltita.
(Ot mingan odam)
Bir to‘bada yetti teshik.
(Bosh, og‘iz, burun, ko‘z va quloq)
Bukdim, bukdim,
Ariqdan u yoqqa tashladim.
(Soch o‘rimi)
Qora tol butoqsiz.
(Soch o‘rimi)
Tog‘da tayoq serkillar.
(Soch o‘rimi)
Jarga ilon yopishgan.
(Soch o‘rimi)
Uy ustida sara yoy.
(Qosh)
Tom ustida qo‘sh chiroq.
(Ko‘z)
Kunduzi yonar,
Kechasi so‘nar.
(Ko‘z)
Bir ola chilbirim bor,
U tog‘dan bu toqqa yetadi.
(Ko‘z)
Ohurda ola buzoq o‘ynaydi.
(Ko‘z)
Qo‘sh inda qo‘sh sichqon o‘ynaydi.
(Ko‘z)
Ola kabutar?
Topilmas gavhar.
(Ko‘z)
Ikki og‘ayni bir-birini ko‘rmaydi.
(Ko‘z)
Qarichdan yaqin,
Osmondan uzoq.
(Ko‘z)
Atrofi chakalakzor,
O‘rtasi yorug‘ yulduz.
(Ko‘z bilan kiprik)
Sandiqchamni ochdim, yopdim,
Sachoqlari tashqarida qoldi.
(Ko‘z bilan kiprik)
Bir quduqning boshida qirq qiz,
Ham qopishar, ham tepishar.
(Ko‘z bilan kiprik)
Oynam usti qopqoqli,
Atroflari chachoqli.
(Ko‘z bilan kiprik)
Kunduzi tayoqlashar,
Kechasi quchoqlashar.
(Kipriklar)
Ustida ikki darcha,
O‘rtasida bir kunda.
(Burun)
Tekis joyda qo‘sh to‘la.
(Burun)
Qirli tog‘dan qizil ko‘ylakli qiz yumalab
tushdi.
(Burun qoni)
Bir teshikda hamma olam.
(Quloq)
Eshitadi, ko‘rmaydi,
Ko‘radi, eshitmaydi.
(Quloq, ko‘z)
Uyoqqa qarasangiz ko‘rmaysiz,
Bu yoqqa qarasangiz ko‘rmaysiz.
Boshingizga qarasangiz ko‘rmaysiz,
Soyangizga qarasangiz ko‘rinadi.
(Quloq)
G‘aznadir, to‘lmas,
Bir kun bo‘sh bo‘lmas.
Bo‘sh qolsa, turmas,
Usiz jon bo‘lmas.
(Og‘iz)
Oq kuchugim aravadan sakradi.
(Tupuk)
O‘ra,
O‘ra boshida sho‘ra.
(Og‘iz, mo‘ylov, soqol)
Jar boshida bir tup shuvoq.
(Soqol)
Chelakcha,
Chelakcha ichida baliqcha.
(Og‘iz, til)
Temir qo‘rg‘on ichida,
Qizil toychoq o‘ynaydi.
(Til)
Hamma vaqt og‘zimda,
Hech yuta olmayman.
(Til)
Yurib, oq tovug‘imni yo‘qotdim.
(Tupuk)
Bir bog‘ poxol, beli bog‘liq.
(Soqol)
Qizil buzog‘imni og‘ildan haydasam,
chiqmaydi.
(Til)
Teg desam, tegmaydi,
Tegma desam, tegadi.
(Lab)
Kichkina oxurcha,
Ichi to‘la mixcha.
(Og‘iz, tish)
Sandiq to‘la oq sadaf.
(Og‘iz, tish)
Og‘il to‘la oq eshak,
Ustida ko‘rpa-to‘shak.
(Og‘iz, tish)
Bir uyim bor tuynuksiz,
Ichi to‘la yulduz.
(Og‘iz, tish)
Shov tegirmonning toshi.
Oltin egarning qoshi.
Shuni topgan yigitning
Yuz yigirma ikki yoshi.
(Tish)
Jar yoqalab tosh qo‘ydim,
Jiyronchani bo‘sh qo‘ydim.
(Tish, til)
U yog‘i arra, bu yog‘i arra,
O‘rtasida go‘shti barra.
(Tish, til)
O‘ra,
O‘raning yuqorirog‘i sho‘ra,
Sho‘raning yuqorirog‘i buloq,
Buloqning yuqorirog‘i chiroq,
Chiroqning yuqorirog‘i qalam,
Qalamning yuqorirog‘i changal.
(Og‘iz. mo‘ylov, burun. ko‘z, qosh, soch)
Hovuzcha,
Hovuzcha ustida buloqcha,
Buloqcha ustida chiroqcha,
Chiroqcha ustida qalamcha,
Qalamcha ustida ayvoncha,
Ayvoncha ustida chakalakzor.
(Og‘iz, burun, ko‘z, qosh, peshona, soch)