Mustaqillik haqida chiroyli sherlar (bolalar uchun)

Vatan ishqi

Erta tongda ufqdan boqar,

Sochin tarab nurafshon quyosh.

Unga suq-la termular bashar,

Chunki quyosh biz bilan tengdosh.

Bizga jilva qilganday yulduz,

Nozlanadir baxtim tongida.

Posbonimiz kecha-yu kunduz,

Ishqi yangrar qalb ohangida.

Olov yoshlik uradir javion,

Keng fazoni qamal gilishga.

Vatan ishqi undan begumon

Lochinlarday uchqur bo‘lishga.

Bu Vatanda bizlar do‘st, qardosh,

Yuragimiz tongdek beg‘ubor.

Boshimizda nur sochgan quyosh Bugun bizdek shod va baxtiyor.

Sharof RASHIDOV

Mustaqillik archasi



Yurtimning xush suratiga
Ko’rk bergan baland archa,
Har yilgidan chiroyliroq
Bezangansan ayt, buncha?
Bo’yi-basting xo’p kelishgan,
Yarashibsan maydonga.
Katta-kichik qo’l ushlashib,
Oshiqar sen tomonga.
Kamalakrang chiroqlardan
Munchoq taqib oldingmi?
Senga intilganlarni
Ko’p hayratga soldingmi?
Qo’sh laylaklar qanot qoqib
Bayram bilan olqishlar.
Seni ko’rmoq uchun ketmay,
Qishlab qolganmi qushlar?
O’yin-kulgu avjga mingan,
Chehralarda tabassum.
Ot o’yinu arg’imchoqlar
Bolalar bilan gavjum.
Mo’jizalar o’lkasida
Sehrli go’sha misol,
Qalblarga quvonch ulashib,
Mayli, ertak bo’lib qol.

Konstitutsiya



Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u.
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oily hakam!

O‘qing!  Ona haqida eng sara sherlar olami
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...