May oyi mavzusiga mos bo’lgan Mebellar haqida topishmoqlar
Uyga kelsa mehmonlar
Bizlar xizmatga shaymiz.
Yumshoq o’rindiq bilan
Charchog’in chiqaramiz.
(Divan-kreslo)
Pastakkina bo’yim bor,
To’rt oyog’da turaman.
Gazeta jurnal bilan
Do’st tutinib olganman
(Jurnal stoli)
Devorga osishmasa
Televizor og’amni.
Ustimga qo’yishadi
Ko’rsin deya olamni.
(Televizor tagkursisi)
Eshikdan kira solib
Poyabzaling tozala.
So’ng ochib eshigimni
Tokchalarimga taxla.
(Poyabzal javoni)
Devorga qoqib qo’ydim,
O’yinchoq terib qo’ydim.
(Tokcha)
Bir oyna bor oddiy emas,
Tosh so’zini oladi
Atrofida onam doim,
Pardoz qila oladi.
(Toshoyna)
To’rt oyoqli supacha
Ustidagi dasturxon.
Yeb-ichib atrofida
O’tirar kelgan mehmon.
(Stol)
Bag’rida ko’p kitoblar
Taxlanib turadilar
(Kitob javoni)
Yashiklarim ko’p mening
Bag’rim ham keng juda.
Kiyim-kechak, sochiqlar
Joy olishgan uyimdan.
(G’aladon)
Eshiklarimni ochsang
Ilgichlarni ko’rasan.
Kiyimlarni ham osib,
Hamda taxlab qo’yasan.
(Kiyim javoni)
Idishlar qad rostlashib
Joy olar tokchasidan.
Yog‘ich, oyna eshiklar
Asraydi chang kirishdan.
(Oshxona javoni)
Topishmoqlar muallifi Zulfiya Karimova.