Magistraturaga qo‘shimcha qabul kvotasiga o‘qishga kirganlar haqida ayrim savollarga javoblar

❗️Magistraturaga qo‘shimcha qabul kvotasiga o‘qishga kirganlar haqida ayrim savollarga javoblar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga asosan davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan miqdorlarda amalga oshirishadi. Ya’ni bazaviy kontraktdan qimmatroq to‘lanadi.

Ushbu toifadagi magistrlardan ko‘plab savollar kelib tushgani uchun, Oliy ta’lim vazirligi bilan bog‘landim va mas’ullardan javob oldim.

***

1-savol: qo‘shimcha kvotaga kirganlar 2-kursda bazaviy (arzonroq) to‘laydimi?

JAVOB: yo‘q, ular 2-kursda ham real xarajatlarni (qimmatroq) to‘lashi kerak bo‘ladi. Boshqacha aytganda 2-kursda kontrakti arzonlashmaydi.

***

2-savol: qo‘shimcha kvotaga kirganlar grant taqsimotida qatnasha oladimi?

JAVOB: ha, qatnasha oladi. Grantga o‘tsa, o‘z-o‘zidan to‘lovdan ozod etiladi. Grantga o‘ta olmasa real xarajatlardan kelib chiqib kontrakt to‘laydi.

***

3-savol: qo‘shimcha kvotaga kirgan xotin-qizlarga 2-kursda davlat byudjetidan kontraktlari to‘lab beriladimi?

JAVOB: yo‘q, to‘lab berilmaydi. Ular 2-kursda ham oliygoh tomonidan belgilangan kontraktni to‘lashi lozim bo‘ladi.

O‘qing!  Davlat granti kvotasi ulushi nima?
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...