Reklama rishton sopol buyumlari

Magistratura uchun Yagona portal orqali ariza yuborgan talabgorlar taqdiri nima bo‘ladi?

Kelib tushgan murojaatlarda aytilishicha, joriy yilda magistratura bosqichi uchun my.gov.uz — Yagona portal orqali ariza qoldirgan barcha talabgorlarning arizasi rad etilgan. Shu sababli talabgorlar “endi nima qilamiz?” deb xavotirga tushib qolishgan.

Bu masalada vazirlik bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildim. Mas’ullarning ta’kidlashicha, allaqachon vaziyatdan ularning xabari bor, hozirda Elektron hukumat bilan birgalikda ishlanmoqda.

Asosiysi — ariza yuborgan bironta talabgorning arizasi shunchaki rad etilmaydi, bundan xavotir olishmasa ham bo‘ladi. Ularning arizalari qanday tartibda ko‘rib chiqilishi esa, shunchaki texnik masala, bu haqida tez orada rasman ma’lum qilishadi.

Oliy ta’lim vazirligining rasmiy izohi:
 

2025-yil 1-30-iyul kunlari magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ushbu toifadagi abituriyentlarga arizalarining holatini my.edu.uz platformasi orqali kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

❗️BU MUHIM: faqat bitta sharti my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetga OneID orqali kirish kerak bo’ladi. Telefon raqam orqali kirganda arizangiz ko’rinmaydi, shunda hayron bo’lib qolmang.

O‘qing!  Agar abituriyentning telefon raqami kuyib ketgan yoki almashgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...