KVOTA-2025

⚡️KVOTA-2025
#abituriyent

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti

Jami: 1 775 ta (davlat granti asosida)

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.

❓Bu yerda na OTMlar, na yo‘nalishlar yozilgan, imtiyoz qanday qo‘llanadi?

O‘tgan yillari IIO xodimlari farzandi uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar oliygohlar kesimida tasdiqlanar edi. Natijada qaysidir oliygohda o‘tish bali juda yuqori, qaysidir birida past bo‘lib qolardi. Joriy yilda umumiy kvota e’lon qilindi.

Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilot kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Jami kvota 1 ming 775 ta. Aytaylik, Ichki ishlar tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 6 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir O’zMUni, kimdir Sharqshunoslikni tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas.

Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Ichki ishlar tizimidan tavsiyanoma olgan 6 ming nafar xodimlarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 1 ming 775 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.

O‘qing!  Super-kontrakt narxlari-2024(yo’nalishlar kesimida)
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...