Kuz fasli haqida sherlar

kuz haqida sherlar to‘plami

Kuz

Daraxtlar libosin echarkan asta,

Bo’y cho’zib qolishar ufqqa boqib.
Quyosh inib ketar ufqdan pastga,
Yulduzlar termilar chirogʻin yoqib.

Yaproqlar shiviri yo’q endi bunda,
So’ppayib turibdi yalangʻoch tana.
Daraxtlar mudrashar yulduzli tunda,
Tabiat bizlarni siylar deb yana.

Paymoni to’lgan chogʻ kuz ham
ketadir,

Mangu yaralmagan faslning bari.
So’ngra qish bog’ʻlarga tashrif etadir,
Shamshiri qayralgan botir singari.

Ko’p o’tmay qirlarda o’t ham unadi,
Bir-birin takrorlar fasl va hayot.
Bahorda kuzakni istab yonadi,

Kuz payti bahorni qumsar odamzod!

Hamid Olimjon

O‘qing!  ona haqida tasirli sheʼrlar
Загрузка ...