Dengiz jonzodlari haqida sherlar to‘plami bolalar uchun

Dengiz jonzodlari haqida sherlar to‘plami bolalar uchun

Akula

Dengizda eng yirtqichi
Arradek o’tkir tishi
Tanasidir zaharli
Ham taga,ham tikanli

Yeydi baliq,odamni
Shavfqatsizlik bilgani
Hech narsadan qo’rqmaydi
Sira rahm qilmaydi

Kit

Juda bahaybat tani
Qo’rqitadi hammani
Ammo mehribon yuvvosh
Yoqtirishar keksa,yosh

Rangi ko’k yoki qora
Oq ham bo’lar bazida
Bahaybatligi sabab
Yashar ochiq dengizda

Muallif: Qudratova Vasila
Quyi-Chirchiq tumani 11-DMTT tarbiyachisi

Muduza

Soyabonchaga o’xsgab,
Suzib yuraman sekin.
Qo’ysangiz bilmay ushlab.
Biroz xafliman lekin.

Mualif:Xasanova Nilufar

Toshbaqa

Oqimga tushib olib,
Manzil tomon suzamiz.
Mitti tuxumchalarni,
Qum ostiga qo’yamiz.

Mualif:Xasanova Nilufar

Ilon #baliq

Ham ilonman, ham baliq,
Dumim uzun shunchalik.
Ajratmaysiz suv o’tdan.
Bu ham ishga ustalik.

Mualif:Xasanova Nilufar

Baliq

Siz bilgan ertakdagi,
Oltin baliq bo’laman.
Ochko’zlarni hamisha,
Ta’zirin xo’p beraman.

Mualif:Xasanova Nilufar

Kashalot

Ulkan baliq Kashalot,
Qo’rquv unga mutloq yoq.
Suv tubida suzar u,
Tanasin oldi to’moq,

Tanqalgandir ekean,
Va ochiq dengizlarda.
Ranglari qo’ng’irdan to,
To’n jigari ranggacha.

Mualif:Xasanova Nilufar

Sakkizoyoq

Sakkizta oyog’im bor,
So’rg’ichlarim ham bisyor.
Boshim katta shardayin,
Uyim suv tubi manim.

Xavfdan xabardor bo’lib,
Rangimni o’zgartirib,
Niqoblanib olaman,
O’ljam kulib yotsam man.

Mualif:Xasanova Nilufar

O‘qing!  KONSTITUTSIYA haqida sherlar to’plami bolalar uchun
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...
ASOSIY MENYU
QIDIRUV
SHERLAR