Alisher Navoiy g‘azallari va she’rlari to‘plami saralari

Alisher Navoiy she’rlari va g‘azallar to‘plami, Alisher Navoiy g’azallari 4 qatorli,

Alisher Navoiy:
Неча бағрим тўлса қон, боқмас даме дилдор анга,

Бир югурук тифл эрур кирпикларим ичинда ёш,
Ким йиқилиб, санчилибтур ҳар тарафдин хор анга,

Номам элтур қуш агар мазмунин айтиб қилса шарҳ,
Сочқай ўт қақнус киби минг чок ўлуб минқор анга.

Лаълинг оллида чекар эл жонини олғач кўзунг,
Баҳ, не шарбатдур лабингким, жон берур бомор анго.

Ақл эви сори инонин бошламоқ, носиҳ не суд,
Телбаким, дашт узра маркабдур бузуқ девор анга.

Тортасен исён юкин, хам қил қадннг тоатғаким,
Юк оғир бўлса, рукуъ ул дам бўлур ночор анга.

Умр ғафлат уйқуси бирла тиларсен кечса, оҳ,

  • Кўз юмуб-очқунча кимнинг эътимоди бор анга?
    Мен худ ўлдум, эй сабо, кўнглумни кўрманг кўйида,
    Чиқма андин, деб насиҳат қилғасен зинҳор анга. Зор жисмим тушгали ҳажр ўтидин ғам чанггига,
    Эй Навоий, ўхшашур ҳам уд анга, ҳам тор анга.

Kecha kelgumdur debon…

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.

vatan haqida sherlar 4 qator

Gʻazal

 O’n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur, 
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.

O‘qing!  Kitob haqida sherlar to‘plami

Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakkiz yil husni bor, 
O’n sakkiz yoshinda buncha fitnakim boshindadur.

O’n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa, uldurur, 
Husn shohi… ul balolarkim ko‘zu qoshindadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor, 
Barchasi Ezid taolo sun’i naqqoshindadur.

Tan anga siymu ichinda tosh muzmar ko‘nglidin, 
Aqlg‘a yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur.

May ketur, ey mug‘ki, yuz hayrat aro qolmish Masih, 
Bul’ajablarkim, bu eski dayir xuffoshindadur.

To Navoiy toʻkti ul oy furqatidin bahri ashk, 
Har qachon boqsang quyosh aksi aning yoshindadur.

ustoz haqida sher 4 qator

Gʻazal

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim…
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sog’indim dam-badam.
Ermas edi yorlikda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo’qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yoq’tir sog’inib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah g’aflat ko’rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni ko’ngul ko’z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorug’liq tolmadim,
Dayr piri xizmatiga ko’yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g’ussadin,
O’zni bekaslik balosig’a giriftor istadim.

Gʻazal

Qaro ko‘zum, kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il,

Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il.

Yuzing guliga ko‘ngil ravzasin yasa gulshan,

Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il.

Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,

Itingga g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il.

Firoq tog‘ida topilsa tuprog‘im, ey charx,

Xamir etib, yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il.

Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngillarni,

Sochingni boshtin-ayog‘ chin ila shikan qilg‘il.

Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas moni’,

O‘qing!  ustozlar haqida eng sara sherlar to‘plami

Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il.

Yuzida terni ko‘rib o‘lsam, ey rafiq, meni

Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il.

Navoiy, anjumane shavq jon aro tuzsang,

Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il

Gʻazal

Qoshi yosunmu deyin…

Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?

  Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmir deyin?

  Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?

  Zulfi dominmu deyin, la’li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana biring adosinmu deyin?

  Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko‘nglak uza gulrang qabosinmu deyin.

  Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?
 
Ey Navoiy, dema qosh-u ko‘zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?

Gʻazal

Ne navo soz aylagay…

Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to‘ti takallum shakkaristondin judo.

  Ul quyosh hajrinda qo‘rqarmen falakni o‘rtagay,
Har sharorekim, bo‘lur bu o‘tlug‘ afg‘ondin judo.

  Dema, hijronimda chekmaysen fig‘on-u nola ko‘p,
Jism aylarmu fig‘on bo‘lg‘an nafas jondin judo?

  Hajr o‘lumdin talx emish, mundin so‘ng, ey gardun, meni,
Aylagil jondin judo, qilg‘uncha jonondin judo.

  Bo‘lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag‘il,
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.

  Vasl aro parvona o‘rtandi hamono bildikim,
Qilg‘udekdur subh ani shami shabistondin judo.

  Bu egasiz it bo‘lub erdi Navoiy yorsiz,
Bo‘lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.

Загрузка ...