alifbega sherlar bolalar uchun

 (A)

Ali ashulla aytdi
Akasi kulib qotdi
Achchig’idan Alijon
Ashullasin unitdi
(B)
Boqi buzog’in boqdi
Bu ish boboga yoqdi
Buzoq uyga qaytganda
Sigir shodlanib boqdi
(D)
Doyra dum-dum cholinib
Davron davrada ko’rindi
Do’ppisini yerga tashlab
Kim olar deb urindi
(E)
Elakka kirib enam
Ellik og’iz so’zlagan
Enamning bu odati
Endi onamga qolgan
(F)
Faqat futbol o’yini
Fahriddinga yoqadi
Futbol fo’rmasi kiyib
O’yingohga chopadi
(G)
Go’zal gulnor gurillashib
Gulzorda gul terdilar
Galma-galdan saralashib
Guldonlarga soldilar
(H)
Holva harid qilgan edi Hasanboyning holasi
Holva yegan Hasan emas
Holasining bolasi
(I)
Ikkichining ilhomi
Ikki olganda kelar
Ilhomi to kelguncha
Daftar ikkiga to’lar
(J)
Jo’jalarning joyiga
Bobo xo’roz kiribdi
Jabir ko’rgan jo’jalar
Jo’vdirashib turibdi
(K)
Kim ko’p kitob o’qisa
Ko’zi ko’rar dunyoni
Kelajakda kamol topib
Kulib boqar iqboli
(L)
Lolalar lablariga
Qizil bo’yoq suribdi
Labidagi qizil bo’yoq
Yuzlariga uribdi
(M)
Mayna qush mevalar
Judaham xush ko’rarkan
Meva ekkan bog’bonga
Yuz yil umir tilarkan
(N)
Narvon qo’yib Nosirjon
Nok uzmoqchi bo’libdi
Nav niholni sindirib
Xijolatda qolibdi
(O)
Olma uzib Olimjon
Onasiga uzatdi
Olmalardan onasi
Dasturxonni bezatdi
(P)
Parpi tog’a podasini
Pastga haydab boradi
Poda boshlab oldinda
Paxmoq echki boradi
(Q)
Qarg’alar qag’illashib
Qor yog’ deb baqirdilar
Balki ular qag’illashib
Qor qizni chaqirdilar
(R)
Rasmga tushib Rasul
Rossa xursand bo’libdi
Ramkaga solib nuqul
Do’stlariga beribdi
(S)
Sariq sandiq ichida
Sabzi nima qiladi?
Sabzi sandiqda emas
Yerto’lada turadi
(T)
Tuyaqushning tog’asi
Tuyaqushda albatda
Tuyavoyning tog’asi
Tuya bo’lishi shartda
(U)
Uzim uzib Umidjon
Ukasiga uzatdi
Uzimxo’r ukasichi
Bir zumda yeb tugatdi
(V)
Vertalyot varrak yasab
Vosit rossa uchirdi
Vazifasin unitib
Vaziradan ko’chirdi
(X)
Xodaga chiqib xo’roz
Qanotini qoqadi
Xavotirda ona tovuq
Xo’roz tomon boqadi
(Y)
Yo’l boshlolmas yo’lbarsga
Boshliq bo’lsaham quyon
Chunki yo’lbars yo’lbarsda
Oriyatli zo’r hayvon
(Z)
Zarg’aldoq qush zag’chaga
Zavqlanib boqar ekan
Chunki zag’cha zarg’aldoqdan
Balandroq uchar ekan
(O’)
O’tin terib O’tkirjon
O’choqqa o’t qaladi
O’tdan tushgan cho’g’larni
Sandalga ham soladi
(G’)
G’oz tur dedi ona g’oz
Qarab jo’ja g’oziga
G’ozlandi jo’ja g’ozham
O’xshab ona g’oziga
(Sh)
Shukurullo sharbatni judaham xush ko’rarkan
Sharbat bo’lmasa agar
Shakarni xo’p urarkan
(Ch)
Chigirtkalar chirillashib
Ashullasin aytadi
Chumolilar donin sudirab
Cho’l bag’ridan qaytadi
(Ng)
Shom bo’lganda shudiring
Bodringa tushadi
Tong otganda u qaytib
Bulut tomon uchadi
( ‘ )
A’lochi qiz Ra’noxon
Juda a’lo o’qiydi
Bir biridan ma’noli
Go’zal sherlar to’qiydi

O‘qing!  9 may haqida sherlar, xotira va qadirlash kuniga sherlar

SULEYMANOVA XOLISXON

АЛИФБЕ БАЙРАМИ УЧУН
(талабларга биноан)

                А

Assalom aziz maktab,
Assalom mehribon qalb,
Assalom ey ustozim,
Avvalo sizga ta’zim.

               B

Bor bo‘l doim maktabim,
Buyuk bo‘lmoq maqsadim,
Bag‘ringda o‘qib albat,
Bo‘laman sodiq farzand.

               D

Dong taratgan dostonim,
Vatan bog‘u, bo‘stonim.
Dunyo turguncha turgin,
Doimo obod bo‘lgin.

            E

Ertaklarni sevaman,
Ertak jonu dilimdir,
Har narsaging kaliti,
Do‘stlarim bu bilimdir.

           F

Fahrimsan aziz Vatan,
Fahrlarga to‘laman,
Unib o‘sib bag‘ringda,
Senga qalqon bo‘laman.

           G

Gulman go‘zal gulzorda,
Ochilam bahorda,
Yurtim quyoshli, oyli,
Yaproqlarim chiroyli.

           H

Hozirjavob bolaman,
Misoli gul, loloaman,
Hazilkashman do‘stlarim,
Buyukdir orzularim.

               I

Ilm izlab tolmayman,
Ikki baho olmayman,
Intilib yuksaklarga,
Erishgum istaklarga.

              J

Jajjigina qo‘limga,
Qalam tutgan mehribon,
Sizga rahmat ustozim,
Doim bo‘ling sog‘, omon.

             K

Kitob menga do‘st, o‘rtoq,
Ko‘zlarim nuri har choq,
Uni o‘qib toymayman,
Qo‘llarimdan qo‘ymayman.

              L

Lola, lola, lolajon,
Tog‘lardagi gul -alvon,
Iforlaring taratib,
Bog‘larimda bo‘l mehmon.

             M

Mevalari asal qand,
Mehri qalbimga payvand,
Mening g‘o‘zal chamanim,
O‘zbekiston vatanim.

           N

Navdalarda nogohon,
Nafis barglar ochildi,
Nurafshon quyoh nuri,
Har tarafga sochildi.

           O

Onajonim olamga,
Oftob sochgan quyoshsiz,
Mehringiz daryo misol,
Tog‘larga yelkadoshsiz.

           P

Polizda pishdi piyoz,
Pishdi qovun tarvuzlar,
Keling hirmon uyamiz,
Hasharga keling do‘stlar.

          Q

Qaldirg‘ochim, qaldirg‘och,
Ikkimiz ayirmasin,
Qalbi qora qarg‘alar,
Qanoting qayirmasin.

           R

Rost so‘zlamoq odatim,
Rostgoylik saodatim.
Nur ziyoga to‘laman,
Rostgo‘y inson bo‘laman.

          S

Suv bo‘lmasa hayot yo‘q,
Suvsiz unmaydi nihol,
Suv bu obi haytdir,
Suvni qilmaylik uvol.

             T

Tarozining toshi bor,
Tog‘larning ko‘z yoshi bor,
Taraqqiyot yo‘lida,
So‘nmas — yurt quyoshi bor.

             U

Ustoz ulug‘,mo‘tabar,
O‘gitlari tillo,zar,
O‘qitgan chekib zahmat,
Ustoz sizga ming rahmat.

             V

Vodiylaring gullagan,
Vatan bog‘laring chaman,
Bag‘ringda yayrab, yashnab,
Men baxtlarni quchaman.

           Z

Zo‘r olim bo‘lay desang,
Ziyoga to‘lay desang,
Kitobga bo‘lgin o‘rtoq,
Kitob o‘qigin har choq.

          SH

Shamoldek shoshma sira,
Daryodek toshma sira,
Yelga sochma shahdingni,
Mehnatla top baxtigni

O‘qing!  АЛИФБЕ БАЙРАМИ УЧУН/ Alifbe bayt

ALIFBEDAGI HARFLARGA QISQA SHE’RLAR

“A” harfi

Assalom avvalo aziz jonajon,
Alla aytib katta qilgan onajon!

“B” harfi

Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!

“D” harfi

Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!

“E” harfi

Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti — mening baxtimdir abad.

“F” harfi

Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.

“G” harfi

Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!

“H” harfi

Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt

“I” harfi

Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.

J

Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.

K

Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman

Загрузка ...
ASOSIY MENYU
QIDIRUV
SHERLAR