Ahad Qayum haqida to’liq malumot

Ahad Qayum… Bu ismni eshitganimizda koz oldimizda serqirra ijodkor, bugungi kun yoshlari orasida tez-tez tilga olinadigan shoirlik, aktyorlik, prodyusserlik, dizaynerlik va ijodning yana koplab yonalishlarida ozini sinab korayotgan shijoatkor inson gavdalanadi.

Ahad Qayum 1987-yil 15-iyunda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Denov qishlogida tugilgan.

Yoshligidan matematik bolishni orzu qilgan Ahad, kutilmaganda soz sehrining maftuniga aylanadi. «Garchi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) matematika hamda fizika yonalishi boyicha tahsil olgan bolsamda, ijod olamidagi ilk odimimni aktyorlik orzusida boshlaganman» deydi ijodkor. Ammo kino sinovlardagi ketma-ket omadsizlik uning qalbida umidsizlik uygota boshladi va u qo’liga qalam tutib, ozini ijodning boshqa bir yonalishi — sheriyatda sinab korishga qaror qildi. «Mening taqdirim, omadim, haqiqiy baxtim sherga boglanganidan benihoya xursandman» deydi u.

  Uning sherlari shu darajada tez mashhur bolib ketdiki, bunga kopchilik shubha kozi bilan qaray boshladi. Har bir sheri taqdirining unga tayyorlab qoygan imtixonida toblanib oquvchilari tomon yol oldi. Faqatgina ota-onam, ustozlarimning duolari va ishonchi, shuningdek muxlislarimning mehru-muhabbati meni ijod maydonida saqlab qoldi» deydi shoir.

  Ahad Qayumning qisqa vaqt mobaynida bir qator kitoblari nashr etilganligi esa uning yaqinlari uchun kutilganidanda ziyoda quvonch olib keldi. Kitoblarida ezgulik, dostlik, Vatanga, ota-onaga bolgan cheksiz ehtirom, yorga muhabbatni yozadi. «Yana sogìndim, yana», «Sinishimni sogìndi kimlar», «Yiglama, ozimning farishtaginam», «Begim demang begoyim», «Songgi qongìroq», «Yolgìzman», «Otamga oxsha oglim», «Vaqt yoxud Ko’ngil kaliti», «Meni yiglatma, hayot», Äldangan qiz», «Sevgidan kechmaydilar», «Qizmi bu, kiyikmi bu?!», «Ismsiz dardlarim», «On sakkizda edim oshanda», «Ikki dushmani bor erkak kishini», «Jiyda gulim», «Yolgìz ayol», «Ey inson, kozingni och», «Oqibatli boling, odamlar», «Yulduzim mening», «Onalar madhi», «Ayriliq kitobin tuzgan maktublar», «Ey dost», «Qofiyaga sigmagan qaydlar», «Chiroyligim», «Xayr, bevafo», «Meni kechir, xato qildim meni kechir» kabi kitoblari oquvchilar etiboriga havola etildi.

O‘qing!  Ahad Qayum sara sherlar to'plami

  Biroq, aktyorlik, modelyerlik va boshlovchilikka bolgan havas uni bir lahzaga ham tinch qoymadi. U oz ustida tinmay ishlardi, harakat, gayrat, mehnat va muhabbat uning yolchi yulduziga aylandi. U birin-ketin bir nechta film va kliplarda rollar ijro etdi. «Men baribir qachondir eng yaxshi rollarimni yaratishimga ishonaman. Rejissorlar nazariga tushish uchun 15 yil harakat qildim va hech qachon ortga qaytishni istamayman» deydi Ahad Qayum.

  Yoshlar Vatan otliq muazzam bogning nihollaridir. Bu nihollarning Ona tuproq qarida mustahkam ildizi, boshi uzra mehribon quyoshi bor. Demakki, sahovatli zaminda ularning nasibasi bisyor.

  Tilagimiz Ahad Qayum qalbidan yogilayotgan, qalamidan sochilayotgan soz uzoq yillar davomida umrlarga nahoriy tiniqligu, bahoriy iliqlik olib kelsin!

  Ijodkor misoli ila aytganda:

Yolim togri bolsa, otam yoliday,

Dilim togri bolsa, onam diliday.

Yuzim yorug bolsa, ular yuziday,

Umrim yorugbolsa, ular umriday.


Загрузка ...