Abituriyentlar uchun yangi imkoniyat: joriy yil to‘plagan ballarining o‘tgan yilgi o‘tish ballariga mosligini tekshirish mumkin

Abituriyentlar uchun yangi imkoniyat: joriy yil to‘plagan ballarining o‘tgan yilgi o‘tish ballariga mosligini tekshirish mumkin
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytiga yangi funksiya qo‘shildi. Ko‘pchilik mening balim qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi, deb so‘rayotgan edi. Buni hozir hech kim bilmaydi, joriy yilgi o‘tish ballari faqat mandatdan keyin ma’lum bo‘ladi xolos.

Ammo o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan solishtirib, taxminiy mo‘ljal olish mumkin. Endi buni bilishning oson yo‘li paydo bo‘ldi.

mandat.uzbmb.uz saytining Qo‘shimcha sahifasida joriy to‘plagan ballar bo‘yicha 2024-yilgi o‘tish ballarini ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamni kiritish kerak (ID-kartadagi raqam emas bu, adashtirib qo‘ymang).

Shunda abituriyent haqida ma’lumotlar chiqib keladi. Joriy yil to‘plagan bali bilan o‘tgan yili qayerlarga kirish mumkin bo‘lgani ko‘rsatiladi. Chiqqan ma’lumotlarni hudud va yo‘nalish kesimida filtr qilish mumkin.

Bu ma’lumotlar abituriyentga qaysi yo‘nalishni tanlashni hal qilishga yordam beradi.

Yana qaytaraman, joriy yilgi o‘tish ballari o‘tgan yilgidan farq qilishi mumkin. Chiqqan ma’lumotlar shunchaki taxminiy mo‘ljal olishga yordam beradi xolos.

Izoh:

🟢 Yashil rang — kontrakt uchun ball yetadi degani.

🟡 Sariq rang — kontrakt uchun ball yetmaydi degani.

O‘qing!  Magistraturaga qo‘shimcha qabul kvotasiga o‘qishga kirganlar haqida ayrim savollarga javoblar
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...