bobur g’azallari to’plami eng chiroyli g‘azallar

BAHOR AYYOMIDUR



Bahor ayyomidur dog’i yigitlikning avonidur,
Ketur soqiy, sharobi nobkim — ishrat zamonidur.
Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg’uvonidur.
Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin,
Magarkim sunning naqqoshig’a rang imtihonidur.
Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bog’ining sarvi ravonidur.
Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G’aribingg’a tarahhum aylagilkim, andi jonidur.

GUL JAMOLIN YOPQON UL GULNING IKI RAYHONIDUR



Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G’uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur.
Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza og’nar, magar, ul ikkining davronidur.
O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay,
Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur.
Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur!
Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg’onidur!
Lojaram bo‘lg’ay parishon-u havoyi men kibi,
Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur.
Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur.
Kim, sochi zanjiridur chohi zaqanzindonidur.

G‘OFIL O‘LMA



G’ofil o‘lma ey soqiy, gul chog’in g’animat tut!
Vaqti aysh erur boqiy ol chag’ir, ketur, bot tut!
Bu nasihatim ongla, ne bilur kishi yongla,
Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g’animat tut!
G‘ofil o‘lma davlatda o’zni solma mehnatda,
Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut!
Xush turur visoli yor, anda bo‘masa dayyor,
Bo‘sa, vasl beag’yor davlat-u saodat tut!  
G’am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur, Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut!

FARDLAR



Holimni sanga aytib, xajr o’tig’a o’rtondim,
Ey yor, yamon k’ildim, har neki dedim — yondim.
* * *
Sanbo’sa sening ko’nglung gar istasa, andoq qil,
Sanbo’sa kerak bo’lsa, san bo’sa inoyat k’il.
* * *
Qutulmoq firoqingdin oson emas,
Etishmak visolingg’a imkon emas.
* * *
Darding o’lsa, ilojni netayin?
Sensizin taxtu tojni netayin?
* * *
Mehrubon istab, baloi bevafog’a uchradim,
Bevafo ermish, Xudoyim, ne balog’a uchradim?
* * *
Bo’ldum yana oshufta, devona dag’i bormen,
Go’yoki bu fursatta oshiq bo’lub o’xshormen.
* * *
Koshki el birla ul mahvash hikoyat qilmasa,
Yo hikoyat qilg’anini el rivoyat qilmasa.
* * *
Ko’nglum visolidin xushu ko’zumda nurdur,
Ko’z ravshani, ko’ngul xushi Abdushukurdur.
* * *
Bo’lmadi hargiz, netay, ul bevafo yorim mening,
Gar menga yor o’lsa ul, bo’lg’ay Xudo yorim mening.
* * *
Yorning ag’yorg’a meh-ru vafosin angladim,
Notavon ko’nglumga ham javru jafosin angladim.
* * *
Ne osig’ ishk’ aro man’ aylamak oxu fig’onimni
Ki, men barbod bermishmen bu yo’lda xonumonimni.
* * *
Sengakim, arzi holimni ado men notavon k’ildim,
Muborak xotiringg’a noxush-ar kelsa, yomon k’ildim.
* * *
Mushtoqdurur xasta ko’ngul vaslinga bisyor,
Yorim kecha kelgilki, xabar topmasun ag’yor.
* * *
Eyki, la’li jonfizoing nuqlu maydin yaxshidur,
Kelgil ushbu kecha, yuz ko’rsatki, oydin yaxshidur.
* * *
Kelki, onda furk’atingdin dog’i hirmon k’olmasun,
Qolmasun g’amda ko’ngul, ko’nglumda armon k’olmasun.
* * *
Ishqing mayidin, ey jonkim, mastu bexabarmen,
Gohi o’zumda yo’qmen, gohi o’zumda bormen.
* * *
Ko’zum yorug’lug’iyu xasta ko’nglum xushlig’i sensen,
Badanda jonsenu jonning dag’i dilkashlig’i sensen.

TO‘RTLIKLAR



Tutmag’il, ey gul, ravokim, ishqing ichra har g’arib,
Erga bosh qo’yg’ay xazon yafrog’i yanglig’ sarg’arib.
Shaxrdin bezor bo’lsa, ne ajab, bezar kishi,
Ishq aro bemor bo’lsa, tong emas, bemar g’arib.
* * *
Yor ko’b bemehrdur, tole’ base noi’tamid,
Vahki, kun-kundin bo’lurmen o’z-o’zimdin noumid.
Vasl borgondek ko’nguldin, bordi ilgimdin ko’ngul,
Ne menga andin xabardur, ne anga mundin navid.
* * *
Kelki, bormay, seni ko’rmay yuz tuman armon bila,
Maqdamingda nak’di umrum sarf aylay jon bila.
Necha istarsen mening dardimg’a darmon, ey tabib,
Ishq dardi yaxshi bo’lg’aymu ekin darmon bila?
* * *
Necha mehrsizliktin hijron yo’lig’a borg’ay?
Kim bu yo’ldin, ey ko’ngul, ul quyoshni qaytarg’ay?
Hech eshitmayin so’zni, g’amga soldilar o’zni,
YO ko’ngulni, yo k’o’zni, — qaysi birisin qarg’ay?
* * *
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo’l beg’am,
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo’l xurram.
El xamdami bo’lg’anda, ishqingda g’amu mehnat,
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo’l hamdam.
* * *
Xayol etsam ul belni, hol eltadur,
Meni beli sori xayol eltadur.
Qadining xayolin ko’z asrab magar,
Ko’ngul ravzasig’a nihol eltadur?
* * *
Ey xush ulkim, qilsa g’amdin ko’nglini ogoh, ishq,
Aylasa beg’amlig’ining qissasin ko’tox, ishq.
Vah, ne kun bo’lg’ayki, k’ovlab aqlu donish xaylini,
Bo’lsa jon birla ko’ngulning kishvarida shoh ishk’.
* * *
Safar azmini k’ilding, men boraolmay turub qoldim,
Nazar lutfini qilding mendinu men telmurub qoldim.
Aningdek tund surdi xajr raxshin ul k’aroko’zluk,
Yiroqtin yuz alam birla qarosini ko’rub k’oldim.
* * *
Seni ko’rmaslik ko’ngulga g’am edi, jonimg’a xam,
G’ayrning ko’rmakligi bo’ldi alam uzra alam.
Yo sening ko’rmakligingdin g’ayr bo’lsa erdi daf’,
Yo seni ko’rmaydururmen, g’ayrni xam ko’rmasam.
* * *
Qadi furqati meni duto qilur,
Qoshi xajri qomatimni yo qilur,
Necha g’ayrg’a ul oy vafo qilur?
Necha jonima mening jafo qilur?

Z.M. Bobur | «Yana» radifli g‘azali.



* * *
Jonima oʻt soldi ul ruxsorayi zebo yana,
Koʻngluma ul zulf boʻldi moyayi savdo yana.

Koʻrsatib ruxsoru zulfin ul pariy paykar manga,
Jonu koʻnglumni qilibdur volavu shaydo yana.

Yor koʻyindagi tom sensen manga pushti panoh,
Soyayi lutfungni sol, chun sanga keldim to yana.

Shodliqniyu farogʻatni qoʻyub oshiq boʻlib,
Mehnatu gʻamni qilibmen oʻzuma paydo yana.

Yorgʻa qulmen degach Boburni rasvo ayladi,
Tengri mendek bandasini qilmasun rasvo yana.

БОБУР ғазалига МУҲАММАС *

* * ЯХШИЛИҒ

Иста Ҳақдин, эй дилимким, ҳулқ, имондин яхшилиғ,
Комил эрсанг келгай сенга, каҳкашондин яхшилиғ,
Бўзлама дил, кўрмадим деб, ҳеч инсондин яхшилиғ,
Ким кўрубдур, эй кўнгул, аҳли жаҳондин яхшилиғ?
Кимки, ондин яхши йўқ, кўз тутма ондин яхшилиғ!

Бул замонни яхшилиғ деб, дилим тилма, эй рафиқ,
Яхши эрмас бул жаҳонким, дағи билма, эй рафиқ,
Бу дунё деб, тасбеҳингни михга илма, эй рафиқ,
Гар замонни нафй қилсам, айб қилма, эй рафиқ,
Кўрмадим ҳаргиз, нетайин, бу замондин яхшилиғ!

Яхши ишни наҳй қилиб, ўтди қанча кўз юма,
Ҳаққи ноб истаб жаҳонда тўхтамадим бир зум-а,
Вафосизлар берса берди бевафолиғ мардума,
Дилраболардин ёмонлиқ келди маҳзун кўнглума,
Келмади жонимға ҳеч ороми жондин яхшилиғ.

Яхшилиғнинг саройидин ямон дилнинг қасри кўп,
Ваҳ, нетайким, яхшиларға ямонларнинг тасри кўп,
Ямон ҳулқликни касб этган кимсаларнинг касри кўп,
Эй кўнгул, чун яхшидин кўрдунг ямонлиқ асру кўп,
Эмди кўз тутмақ не, яъни ҳар ямондин яхшилиғ?

Хўб айвонлар борки бизда, ямонлиғнинг нақши йўқ,
Бағри создур — ямонлиғни мадҳ этувчи бахши йўқ,
Яхши давра тузким, элнинг ямонлиққа ҳоҳши йўқ,
Бори элга яхшилиғ қилғилки, мундин яхши йўқ —
Ким, дегайлар даҳр аро қолди фалондин яхшилиғ!

Яхшилиғ ёруғ жаҳонда бамисоли нур киби,
Ашъор бирла ул ямонлар узра соч, сен дур киби,
Ҳақни де, Ғайрат Муҳаммад, бошқаси бир бур киби,
Яхшилиғ аҳли жаҳонда истама Бобур киби,
Ким кўрубдур, эй кўнгул, аҳли жаҳондин яхшилиғ?!

Загрузка ...