Birinchi ustoz (Ajoyib she’r)

✍️Birinchi ustoz (Ajoyib she’r)
🔔🔔🔔🔔
Qalam tutib qólimga ilk bor,
Yozuv chizuv òrgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni kóp bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!
🔔🔔🔔🔔
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
Óquvchimas sizga góyo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!
🔔🔔🔔🔔
Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!
🔔🔔🔔🔔
Kóp ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz órgatdiz bizga.
Bolada shóxliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!
🔔🔔🔔🔔
Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Kóchada kórganda ôg’il,qizlarim,
Qayta ôqisaydim birinchi Ustoz!
🔔🔔🔔🔔
Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
Ôtgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,
A’lo baholarni olardim Ustoz!
🔔🔔🔔🔔
Shamshod Safar ótdi yoshliging,
Kóp beg’ubor kóp shóxliging.
Armon bóldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!

O‘qing!  ustoz haqida she'r 4 qator
Загрузка ...