1-mart Zulfiya tavalludiga ssenary bahor valsi musiqasi bilan

Zulfiyaxonim tavallud kuni uchun tadbir ssenariysi

Zulfiyaxonim: O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova 1915 yil Toshkentda Hunarmandlar oilasida tug‘ilgan.

Tadbir senariysi


1-Mart Zulfiya tavalludiga ssenary!

She’riyat tongining yulduzi

Bahor valsi musiqasi ostida o’quvchilar kirib kelib tadbir boshlanadi.



2 nafar o’quvchi “Bahor keldi seni so’roqlab” she’rini aytishadi.

Salqin  saharlarda, bodom  gulida,

Binafya  labida,  yerlarda  bahor

Qushlarning  parvozi,  yerlarning  nozi

Baxmal  vodiylarda,  qirlarda  bahor.

        Qancha  sevar  eding,  bag’rim  bahorni, 

        O’rik  gullarining  eding  maftuni

        Har  uyg’ongan  kurtak,  hayot  bergan  kabi

        Ko’zlaringga  surtib,  o’parding  uni.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, muhtaram ustozlar, qadrli tengdoshlar!

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, qalbi bahor gullaridek nafis mo’tabar onaxonlar-u lobar qizlar!

1-boshlovchi: Mana, yurtimizga o’zining yashil libos, betakror go’zalligi bilan bahor kirib keldi.

2-boshlovchi: Barchangizga yangi yil bahorning ilk kunlari muborak bo’lsin.

1-boshlovchi: Bahoriy kayfiyat sizni hech qachon tark etmasin.

2-boshlovchi: Bayramimiz shukuhidan ham sezgan bo’lsangiz kerak, bugungi badiiy kechamiz o’zbek she’riyatining otashnafas shoirlaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiya haqida.

1-boshlovchi: Yurtimizda Zulfiyani bilmaydigan, uning biror she’rini yod olmagan o’quvchi bo’lmasa kerak. Sevimli shoiramiz o’z she’rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq teng sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda.

1-o’quvchi: 1915-yil 1-mart. Toshkent. O’zbek she’riyati osmonida yana bir chaqnoq yulduz dunyoga keldi.

Sher: “Men tug’ilgan kun”.

2-o’quvchi: Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda hunarmand-degrez oilasida tug’ilgan. Otasi zahmatkash temirchi, onasi Xadicha opa eas juda ko’p qo’shiq, ertak, afsona va dostonlarni bilar va bolalariga aytib berardi.

3-o’quvchi: 1928-yilda boshlang’ich maktabi tugallab, Toshkent xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga o’qishga kirdi.

Ana shu yillardab boshlab, Zulfiyaning adabiyotga bo’lgan qiziqishi kuchayadi.

She’r: “Bog’lar qiyg’os gullar”.

Raqs: “Bahor”

4-o’quvchi: Zulfiya Navoiy, Abdulla Qodiriy, Uyg’un va Hamid Olimjon kabi yozuvchi-shoirlarning ijodini qiziqib kuzatdi. O’qish va o’rganish o’z navbatida uning qo’lga qalam olishga ilhomlantirdi. Shoir Hamid Olimjon esa Zulfiyaning bir umrlik vafodor eri, maslakdosh do’stiga aylandi.

5-o’quvchi: 1932-yilda 18 yoshli shoiraning birinchi she’rlar to’plami “Hayot varaqlari” nomi bilan bosib chiqadi.

Sahna ko’rinishi: “Yosh adabiyotshunoslar to’garagida” tayyorlangan.

Zulfiya, Hamid Olimjon, Domla.

Muallif: Yosh qalamkashlar to’garagida mashg’ulot ketmoqda. Mashg’ulotga bir yoshgina, ko’zlari chaqnagan qiz kirib keldi.

Assalomu alaykum, yosh adabiyotshunoslar to’garagimi?Vaalaykum assalom, qizim, keling adashmadingiz.Men ham she’r mashq qilib turaman, shu to’garakka a’zo bo’lgani kelgandim, qabul qilasizlarmi?Bajonidil qabul qilamiz, to’garak a’zolari bilan tarnishing yosh shoirlar Uyg’un, Hamid Olimjon.Assalomualaykum, tanishganimdan xursandman, mening ismin Zulfiya Isroilova.

Hamid Olimjon: – She’r mashq qilib turaman dedingiz, qani bir mashqlaringizdan eshitaylikchi.

Zulfiya: – Bog’lar qiyg’os gulda

Hamid Olimjon: – ofarin, juda go’zal satrlar.

Domla: – Qizim, she’rlaringizda jo’shqinlik ufurib turibdi, barakkalla, bugungi mashg’ulotimiz tamom, xayr, sog’ bo’ling.

Xayr, xayr.

Muallif: Ana shu tarzda Hamid Olimjon va Zulfiya o’rtasidagi do’stlik rishtalari bir umrlik otashin muhabbatga aylandi.

Qo’shiq: “Eng gullagan yoshlik chog’imda”.

6-o’quvchi: 1933-yilda Zulfiya Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida tehsil oldi. 1935-1938-yillarda esa Pushkin nomidagi til va adabiyot ilmiy tekshirish institutida aspiranturada o’qiydi.

7-o’quvchi: 2-jahon urushi dunyoga xavf solganda, el boshiga og’ir ayriliqlar, hijronlar tushganida ham Zulfiyaxonim ovozi tinib qolgani yo’q, balki yangi jarang, o’ktamlik zinalariga ko’tarila oladi.

O‘qing!  Bahor haqida Zulfiyaxonim sherlar to‘plami

sheʼr: O‘g‘lim sira bo‘lmaydi urush.

8-o’quvchi: 1944-yil 3-iyunda shoira boshiga og’ir musibat tushdi. U o’zining vafodor yori, sadoqatli do’sti Hamid Olimjondan judo bo’ladi.

9-o’quvchi: Ayriliq alamlari, hijron azoblari tufayli tug’yon urgan shoiraning qalbiga yana she’r hamdard bo’ldi.

She’r: “Sensiz”, “Ne baloga etding mubtalo” she’rlarini mungli musiqa ostida aytiladi.

10-o’quvchi: Zulfiyaning ovozi uning ona qalbi, ayol nazokati, mo’tabar inson orzusini kuylagan otashin she’rlari faqat O’zbekiston emas, butun Osiyova Afrika mamlakatlarida ham  kitobxonlar diqqatini jalb qiladi.

11-o’quvchi: Zulfiya asarlari ko’plab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalq tillarida nashr etilgan. Zulfiya Xalqaro Javohirlal Nem, “Nilufar” mukofatlari bilan mukofatlangan.

She’r: “Men o’tgan umrga”.

Hayot kitobimni bexos varaqlab

Men o’tgan umrimga achimay qo’ydim.

Tabassum o’rnida kuldim charaqlab,

Suyish kerak bo’lsa-telbacha suydim.

        Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,

        Yurak boyligidan qilmabman parvo.

        Meni og’ushlagan hayot naq oftob

        Yangi qo’shiq talab unda har saboh.

Men o’tgan umrga achimay qo’ydim,

Hech kimda ko’rmayim umrimga o’xshash:

Suydim, erkalandim, Ayrildim,

Kuydim. Izzat nima bildim shu-da bir yashash!

Raqs: “O’rik gullaganda”.

1-boshlovchi: O’zbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini e’tiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofatini ta’sis etdi. Toshkentdagi maydonlardan biriga Zulfiya haykali o’rnatildi.

2-boshlovchi: Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, Zulfiya ijodi-millionlab kishilarga muhabbat va sadoqatdan saboq bermoqda, sadoqat va vafo ramzi bo’lib yashamoqda.

1-boshlovchi: Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil vafot etdi.

2-boshlovchi: Vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim yodi hamisha abadiydir.

1-boshlovchi: Shuning bilan atoqli shoira Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan “She’riyat tongining yulduzi” deb nomlangan badiiy kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.

2-boshlovchi: E’tiboringiz uchun tashakkur

Загрузка ...