TOPISHMOQLAR
Asali yoqar — Arisi chaqar. (Asalari)
Ketaveradi, ketaveradi, Orqasiga qaytmaydi. (ariqdagi suv)
Yarmi — shakar, Yarmi — zaxar. (asalari)
Ayiq yalaydi, Ari talaydi. : (asal)
Qizil, sariq to‘ni bor, Ichi to‘la doni bor. . (anor) »
Sariq tusli Yapaloq. Bargi sutli Shapaloq.
(anjir)
Oyog‘i yo’q — gochadi, Qanoti yo’q — uchadi.
(Bulut)
Qozonda emas, . qaynaydi, Qishin-yozin – – tinmaydi.
(Buloq)
“Bol’’i bor ~ Kesadi,
“Bol”i bor Uradi.(🪓 bolta-bolg‘a)
Sahomiz a’losi, Aqlimiz xonasi.
(Besh-bosh)
Dengiz emas, > Yer ham emas. Kema suzmas — Yurib bo‘lmas.
(Botqoq)
Yarim dunyo, . Yarmi shar | Gullab- Boshimda yashar.
(Do‘ppi)
Zamoni ham Makoni ham yo‘q!
(Duo)
Juda qiziq,
Bossang issiq.
Kiyim-kechak Bo‘lar silliq.
(Dazmol)
Jajjigina u o‘zi,
Uzog‘ni ko‘rar ko‘zi.
(Durbin)
O‘ylab ko‘rsang _ Chuqur, Raketadan uchqur
(Fikr-xayol)
Chiq etadi, yonadi, Xotiraga oladi.
Sening qanday turishing,
Juda yaxshi biladi. (Fotoaparat)
Aqlli jonivor Do‘stni o‘ylaydi,
U bilan ba’zan Shaxmat o‘ynaydi.
(Fil)
Devorda gulzor, Gullagan bahor
(Gilam)
Qator sadaf tugmasi,
Bossang chiqar nag‘masi,
(Garmon cholg‘u asbobi)
Oltin sandiqcham,
Ichra oltin sham.
(Gugurt)
Oltin askar,
Chaqmog chagar. (Gugurt)
Bizlar, bizlar biz edik,
Qizil ko‘ylak qiz edik.
Birin-ketin uzdilar,
Bitta ipga tizdilar. (Qalampir )
O‘zi katta, Qopqog’i yo‘q.
(Hovuz)
Boradi, boradi, Tangaday joyni oladi. (Hassa)
Ukamas, kattamas Aka deb — atamas.
(Hasan-husan)
Kichik uyda Yashar tayin, Katta uyga Xo‘Jayin! (It)
Bir ko‘rsam-chi, Jonli qamchi.
(Ilon)
Qorovul, kasbi bor Sodiq do‘st — vafodor.
(It)
Tut tubidan Ilon tutdik.
(Ildiz)
Oq boshli, sallar, Shamolda, allalar.
(Jo‘xori)
Yozda uyg‘onib goldi, Daryoga tez yo‘l oldi. (Jilg‘a)
Qora tanasi, Sonsiz nayzasi.
Tipratikonmas — Uning oshnasi.
(Jayra)
O‘q-yoylar makoni, Ustida kamoni. (Kiprik-qosh)
Shahari bor, Odami yo‘q. –
Daryosi bor, Suvi yo’q. (karta)
Ko‘zi shisha parchasidan,
– Bobom boqar darchasidan.
(Ko‘zoynak)
O’zimizda qator soqchi, Ko‘zimizga qarab boqchi?(Kiprik)
O‘zi oftob
So‘zi odob
(kitob)
Kechasi oftobdek
Kunduzi koptokdek
(Lampochka) 💡
Oppoq boshli
Qora qoshli
(Loviya)
Qir adirning bekasi
Shabodaning erkasi
(Lola)
Chaqirsang vaqtida
Ko‘tarar kaftida
(Lift)
Kaptar emas beozor
Lek bo‘ynida guli bor
(Musicha)
Sovuq olmos
Qo‘lga olmas
Yozda hech kim
Topa olmas
(Muz)
Oyni ko‘rdim yaltiroq, Tagi nuqul galtiroq. (Muz-suv)
Tishlari qator, Yemasang qotar. (Makkajo‘xori)
Jonsiz, tinglaydi, Qo‘lsiz, yozadi, Tilsiz, so‘zlaydi.
(magnitafon)
Bir daraxtga osilgan,
Chopon kiygan askarlar.
Askar polvon deyishar,
Maza qilib yeyishar.
(No‘xot)
Quyosh afti, issiq tafti Sariq yuzning parchasi. (Issiq Non)
Yesangiz shirin taom
Yemasangiz daryoga nom. (Norin)
Boldek erur oppog‘im,
Suvda erir oppog‘im. (Oq qand)
To‘kilsa bas, yig‘ib bo‘lmas. (Obro‘)
Uning kechi yo‘q,
Uning cheki yo‘q. (Orzu)
Nomida-ku olma bor,
O‘zi yong‘oqqa xushdor. (olmaxon)
Yer ustida oy borar,
Qulog‘ida loy borar. (Omoch)
To‘rtta, beshta barmog‘i
Kular oppog yanog‘i.(Paxta)
Sochi koʻm-koʻk,
Soqoli oq. (Piyoz)
Tani temir, Noni koʻmir. (pechka)
Mehmon keldi, yugrib ketdi.
Qoʻliga chiqib, ogʻziga ketdi.(🧅 Piyoz)
Qora koʻzli, shirin soʻzli.
(Qalam)
Ushlab koʻrib beshni yechdim,
Beshga qoʻshib oʻnni yechdim. (Qo‘lqop),
Asal dumba desa boʻlar,
Kosa qilib yesa boʻlar. (Qovun)
Bobosi koʻrpa soldi,
Gulbahor yigʻib oldi. (Qor)
Yerda sichqon dumchasi,
Qizil-u oq xumchasi.
(Rediska)
U oʻxshaydi menga, Men oʻxshayman unga. (Rasm)
Tili рo‘lаt, soʻzi soz,
So’zlay olmas beqogʻoz. (Ruchka)
Yozda yoqar, qishda chaqar. (Sovuq)
Urib turar yuragi, Vaqtida bor keragi. (Soat)
Oʻzi suyuq, rangi Oq,
Qilsang boʻlar totli yog’. (Sut)
Daryodan biri, Bordir bir siri.
(Sirdaryo)
— Kattakon bitta non,
Ichida —o‘ntа non (Savat)
Beli bogʻliq bir tutam,
Lekin emas guldasta.
Ubilan uy, hovlini,
Qilsa boʻlar orasta. (Supurgi)
Kiygani yaqin doʻst,
Ignaga o`xshar poʻsti. — (Tipratikan)
Qishda ishda, ishi boshda.
Uch fasldda
Dam olishda (Telpak).
Yashil poʻsti bor,
Qizil goʻshti bor. (Tarvuz)
Tila yuzi, Yoqut ko’zi.(Uzuk)
Xuddi bir ayri u,
Qaysi harf, Xayri u, (U harfi)
Hasayni, Husayni, Jo`raqand — Og’ayni. (Uzum)
G‘uv g‘uv g‘uv etar,
Тo‘уsa yumalab ketar. (Urchuq)
Buzogʻim uchar, Bulutlar duchor.
Вo‘rondan bezor Arqonin uzar. (Varrak)
Ikki shoxli kiyigim, Yuguradi minsa Ким. (Velosiped)
Olmasang Yarim nafas,
Yo‘ldan o‘tgani qo‘ymas (verul)
Qanoti уo‘q, bandi bor. (Xo‘rozqand )
p, Oyog'i choʻp. Qorni qopday, Burni ipday. (Xo‘rozqand)
Uchib ketar oq kabutar,
Salom aytib sog
qaytar. (Xat, maktub)
Тog‘da belbog`im, Yetmas quchog‘im.
(Yo‘l)
Yer ostida pilla,
Turgani yogʻ — tilla. (🥜 yeryong‘oq)
Kecha, ertaga, bugun — 365 kun.
Ne bilan topar yakun(Yil)
Katta Oqqush dengiz kezar,
Shabodada oʻynab o’zar. (Yelkan kema)
Ardoqlabona deymiz,
Ваg‘ring xazina deymiz. (Yer)
Yerga tushsa loy qilar,
Dehqonlarni boy qilar. , (Yomg‘ir)
Yulduzga nomdosh u, Tohirga yo’tdosh u. (Zuhra)
Ustma-ust bari, Kaftim singari. Aka-ukadek — Yoʻllar ichkari,(Zina)
Yumalar – dumalar. – Charchamas yer yalar. (Zo‘ldir)
Qoʻyga bersam to‘yadi, qoʻlga bersam kuyadi. (Ot)
Suvga tumshuq tiqar, Suvdan quruq chiqar. (O‘rdak)
O‘sma, desam oʻsadi, Oyim qoshi bezydi. (O‘sma)
Parranda boʻlar yozganda, Qush boʻlar qanot yozganda.(G‘oz)
Tuguncha ochilguncha, Kutamiz tong otguncha.(G‘uncha)
Qator-qator ekilar,
Kuzda pishib yetilar
Qancha bellar egilar
Oq oltinlar terilar (G‘uza, paxta)