Sabzovodlar Poliz ekinlari haqida sherlar uzbek tilida bolajonlarga qisqa o‘rganishga oson bo‘ladigan qisqa sherlarni bir sahifaga joyladik
🥒 Bodring Haqida sher
Rosa uxlab qotibman,
Tursam palak o‘tibman.
Dehqonjon, tezroq turing,
Sarg‘aymasin bodiring.
🍒 Olicha gilos haqida sher
Bizlar nordon mevamiz,
Murabboni sevamiz,
Pishmay turib olchalar,
Yeb ketadi g‘alchalar.
LEYLA BAXTIYAROVA
Oshqovoq haqida sher
Деманг мени ковок бош
Хажмим катта, узим ёш.
Мендан фойда топинглар.
Ковок сомса ёпинглар.
🥕 sabzi haqida sher
Suv ichib ariq-ariq,
Rang oldim qizil-sariq.
Hammaga bo‘lib oziq
Nom oldim otin qoziq
🍉 Tarvuz haqida sher
Suvsiz qolsam ozaman,
Men ham palak yozaman.
Ichim to‘la darmonda,
Yemaganlar armonda.
LEYLA BAXTIYORO‘VA
🧅Piyoz haqida sher
Mensiz qozon osilmas,
Oshga guruch bosilmas,
Artilganda po‘stl‘arim,
Yeg‘lamanglar do‘stlarim.
LEYLA BAXTIYAROVA
Uzum haqidasher 🍇
Ishkom uyim, xondamir,
Yozma chalpak onamdir.
Shirin-shakar o‘zimman,
G‘uj-g‘uj pishgan uzumman.
LEYLA BAXTIYAROVA
🥔 Kartoshka haqida sher
Vatanimdir dalalar,
Yer tagida bolalar,
Shoshilmanglar artishga,
Qovurmanglar kartoshka.
LEYLA BAXTIYAROVA
Sholg‘om haqida sher
Suvni rosa simirdim,
Yer tagida semirdim.
Dangasaligim yolg‘on,
Meni deydilar sholg‘om.
LEYLA BAXTIYAROVA
Karam haqida sher
Qat-qat to‘nim bordirov,
Kimdir to‘nga zordirov,
Bargim yashil, so‘lmagan,
Zo‘r ketaman do‘lmaga.
LEYLA BAXTIYAROVA
Qalampir haqida sher
Kim bor mendan dunyoda,
Achchiqlikda ziyoda.
Chaynasangiz, bilingiz,
Lovullaydi tilingiz.
LEYLA BAXTIYAROVA
Lavlagi haqida sher
Ichim qondek qip-qizil,
Qizildir hatto yuzim.
Dumim bor ,yoq palagim,
Nimadir bu? — Lavlagi.
LEYLA BAXTIYAROVA