Yirikmushuklar

– ovchilar uchun qiziq o’lja va bu ularni butunlay yo’qolib ketishiga olib keldi. Ko’rilgan chora-tadbirlar: ovlashni taqiqlash, Qizil Kitobga kiritish va boshqalar Turkiston silovsinini “qirilib” ketishidan nobut bo’lishinioldini oladi, lekin brakonyerlardan saqlamaydi. Shu yirtqichlarni o’zlariodamga hujum qilmaydilar. Turkiston silovsini “Xalqaro yo’qolib ketish yoqasidagi fauna va florasini savdosi haqidagi Konventsiya”ning II ilovasiga kiritilgan, va ularni tirikligicha tutish jiddiy cheklangan.

Qo’plab hayvonlar sport ovlash obyekti va zooparkda ko’rgazmali ko’rinish sifatida yuqori qimmatlanadi. Qor qoplonini quvish natijasida miqdori keskin kamaygan,bu qo’zal hayvonlar yo’qolib ketish arafasida. O’zbekistondagi qor qoploniareal maydoni 10 ming kv. km atrofida, bu jahon areali maydonini 0,5%dan ortiqemas

Qum Efasi
dunyoni eng zaharli ilonlar o’ntaligiga kiradi. O’zbekistonda efani “charxiloni” deb atashadi, ya’ni tarjima qilinsa — “shovqinli ilon”. Bu harakatlaribilan efa kobrani eslatadi, u boshini ko’tarib tahdidli turadi, dushmanni to’xtatish uchun.
O’tmushda respublikada har yili 3 000 ga yaqin zaharli ilonlar ovlanar edi.Toshkent va Termizdagi ilonlarni saqlash joylarida edilar, u yerda farmatsevtik sanoat va ilmiy tashkilotlar uchun zahar olinar edi. Shu tufayli qum efa populyatsiyasi keskin kamaygan, va u qizil kitobga kiritilgan.

Burama shoxli echki
— ovlanadigan hayvon, go’sht va teri beradi. Burama shoxli echki Qizil kitobga kiritilgan. Dunyo bo’ylab bunday echkilar qancha qolganligi–noma’lum, oz bo’lsa kerak. Lekin burama shoxli echkilarni ovlash davometmoqda, ovlash va tutishni rasmiy taqiqlangan bo’lsa ham. Hozirgi vaqtda burama shoxli echkilar yo’qolib borayotgan hayvonlar turiga kiradi.

Buxoro kiyigi Xonguli
Butun dunyoda 1 400 ga yaqin kiyiklar saqlanib qolingan. 1981-1982 yillarda Baday- to’qay qo’riqhonasiga 24ta kiyik olibkirilgan. Hozirgi kunda qo’riqhonada va yonidagi massivlarda 582 ta kiyik yashamoqda, bu esa butun jahon sonini uchdan biri.

Qor qoploni
— yirtqichlarning kam o‘rganilgan turlaridan biri bir qator mamlakatlarning xalqaro va milliy Qizil kitoblariga kiritilgan.
Qor qoplonlarini yo‘q qilishning asosiy sabablaridan biri bu ularning chiroyli terisi uchun brakonyerlikdir. Bundan tashqari, ularni qafasga solib namoyish qilish uchun ham qo‘lga olinadi.
O‘zbekistonda qor qoplonlari populyatsiyasini o‘rganish uchun kamera qopqonlaridan foydalaniladi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, ular noyob hayvonlar yashaydigan asosiy hududlar: Hisor davlat qo‘riqxonasi, Chotqol davlat biosfera rezervati va Ugom-Chotqol davlat milliy bog‘iga o‘rnatilgan.

Xongul yoki Buxoro bug‘usi
(Cervus elaphus bactrianus) – juft tuyoqlilar turkumining bug‘ular oilasiga mansub bo‘lgan sut emizuvchi hayvonlarning kenja turi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining Qizil Kitobiga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (TMXI) Qizil ro‘yxatiga yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur maqomi bilan kiritilgan.
Bug‘ular o‘simlikxo‘r hayvonlar bo‘lib, 27 turdan ortiq o‘simliklar bilan oziqlanishi qayd etilgan. Bug‘ularning asosiy yashash joyi daraxt va buta o‘simliklari zich o‘sgan daryo bo‘yidagi qalin to‘qayzorlar hisoblanadi.
Buxoro bug‘usining bo‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 200 kg gacha bo‘ladi. Bug‘ular shoxining uzunligi 90-110 sm bo‘lib, bahorda tashlab, o‘rniga yangi shox o‘sib chiqadi. Yangi o‘sib chiqqan shoxi baxmal mato bilan o‘ralgandek bug‘uga ko‘rk berib turadi. Shoxlari ikki yoshidan boshlab o‘sa boshlaydi. Urg‘ochilarida shox bo‘lmaydi.
O‘tgan asrning birinchi yarmida Buxoro bug‘ulari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va to‘qayzorlarda keng tarqalgan edi.
Hozirgi kunda xongullar O‘zbekiston hududida Amudaryoning yuqori qismi (Surxondaryo viloyatida – 45-50 bosh) va o‘rta qismidagi to‘qayzorlarda (“Qizilqum” davlat qo‘riqxonasi – 224-232 bosh), “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i (40 – 45 bosh) va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (1645 bosh), shuningdek, Zarafshon daryosining yuqori qismida saqlanib qolgan. Bundan tashqari, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Afg‘oniston hududlarida ham uchraydi.
2021-yilda “Baday-to‘qay”dan 4 bosh Buxoro bug‘usi “Xorazm” milliy tabiat bog‘iga ko‘chirildi va hozirda ularni iqlimlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Buxoro bug‘ulari yashash areallari, ularning populyasiyasi monitoringi olib borilmoqda hamda ushbu noyob turdagi jonzotlarni muhofazasini ta’minlash va yanada ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda