Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalarie’lon qilindi

❗️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalarie’lon qilindi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18-19-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 gacha;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 gacha.

⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan — jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport(ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

O‘qing!  Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi?
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...