Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uzplatformasiorqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 ming 114 ta (shundan 66 ming 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

➖kunduzgi ta’limda – 102 ming 194 ta (49 ming 234 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 2 ming 250 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 38 ming 670 ta (17 ming 250 ta davlat granti).

O‘qing!  Magistraturaga qo‘shimcha qabul kvotasiga o‘qishga kirganlar haqida ayrim savollarga javoblar
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...