Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi

❗️Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.

Ya’ni grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10-avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.

Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:

1️⃣ To’liq va to’liq bo’lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);

2️⃣ Qo’shimcha davlat granti(faqat ijtimoiy himoya reyestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);

3️⃣
OTM granti(GPA 3,3 dan 4 gacha).

Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o’qiydiganlar ariza yubora olmaydi.

O‘qing!  Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...