❗️Bugun, 1-avgustdan talabalar yotoqxonasi uchun ariza yuborish boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarinimy.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Imtiyozli ro‘yxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi:
a) tegishli tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida:
➖ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;
➖ I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
➖ xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar;
➖ bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
b) oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i asosida:
➖ xalqaro va Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar;
➖ Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o‘yinlari respublika bosqichi g‘oliblari;
➖ “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari;
➖ “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari;
➖ talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉 https://lex.uz/uz/docs/-6568679
❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.