OTMga kirish imtihonlari bo‘yicha apellyatsiyalar, 15-avgustdan boshlab qabul qilinadi

❗️OTMga kirish imtihonlari bo‘yicha apellyatsiyalar ertaga, 15-avgustdan boshlab qabul qilinadi
#abituriyent
Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

📆 Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 21-avgustdan boshlanadi.

O‘qing!  1-avgustdan talabalar yotoqxonasi uchun ariza yuborish boshlandi
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...