Reklama rishton sopol buyumlari

Abituriyent,

‼️BU MUHIM:
#abituriyent Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uchun qo‘shimcha kvotaga da’vogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan chiqarmasligi kerakki, ushbu imtiyoz faqatgina 68 balldan ko‘proq to‘plaganlarga hamda tanlangan birinchi yo’nalishga qo‘llanadi.

Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bo‘lsin, xoh harbiylarning farzandlari bo‘lsin, 68 dan kamroq ball to‘plagan bo‘lsa, unda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. Lekin ular xuddi oddiy abituriyent singari umumiy tanlovda o’zlari tanlagan beshta yo’nalish bo’yicha bemalol qatnasha oladi.

Agar tavsiyanomasi kontrakt uchun ham imtiyozli qo‘shimcha kvota beradigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 56,7 ball olishi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.

Istisnoli holatlar:

Ball bo’yicha nogironligi bor abituriyentlar uchun istisno bor. Ya’ni ushbu toifadagilar 56,7 balldan oshirgan bo’lsa, grant uchun da’vogarlik qila oladi.

Shuningdek, yo’nalish bo’yicha ham istisno bor. Nogironligi bor hamda ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan abituriyentlar toifasi uchun qo’shimcha kvota beshta yo’nalishning barchasiga o’tadi. Ya’ni boshqa toifadagilar faqat o’zlari tanlagan birinchi yo’nalish uchun imtiyoz olsa, mazkur ikkita toifadagi abituriyentlar beshta yo’nalishda ham imtiyozga ega bo’ladi.

O‘qing!  Magistraturada kontraktda o‘qiyotgan qizlar grant taqsimoti uchun ariza berib, o‘ta olmay qolsa, unda kontraktini byudjet qoplab bermaydimi?
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...