1 iyun xalqaro bolalar kuniga sherlar to‘plami

1 iyun xalqaro bolalar kuni

1 iyun bolalar kuniga sherlar to‘plami

1-iyun.


Eng quvonchli kun bugun,
Bugun birinchi iyun.
Bolajonlar bayrami.
Sevinch to’la olami.

Bugun bayram.
Kel bolajon o’ynaylik,
Bugun bayram quvnaylik.
Ozod yurtni bolasiman,
Gul rayhon lolasiman.

Bolajonlar bayrami.
Osmonimiz musaffo,
Yangrar bugun shux sabo.
Quvonar jajji ko’zlar,
Bugun bayram azizlar.

Baxtli bolaman.
Yarashar shuxligim,
Onamni erkasiman.
Baxtiyor bolaligim,
Yurtimni ertasiman.

✍: Islomova Mukambar


»Bolalik»

Bolalik~go‘zal chaman,
Shu chamanda g‘unchaman.
Ardoqlaringda yayrab,
Bir niholdek o‘saman.

Bolalik~sehrli osmon,
Tunu~kun nurli nurafshon.
Yulduzga solib arg‘imchoq,
Uchamiz yayrab~shodon.

Bolalik~baxtli damlar,
Jiloli turfa ranglar.
Afsonalar jonlanar,
Yaxshiliklar jamlanar.

Bolalik~sehrlisan buncha
Bolalik~mehrlisan buncha,
Bolalik~misoli kamalak
Bolalik~chiroyli g‘uncha.

Xasanova Nilufar
2.05.2022

​​BOLAJON, BOLAJONIM

Ey, so’zlari biyronim,
Chopqillagan jiyronim.
Erkatoyim, polvonim,
Bolajon, Bolajonim.

Sizlar lola yonoqsiz,
Chin ko’ngildan inoqsiz.
Bulbul-u qarqunoqsiz,
Bolajon, Bolajonim.

Siz kelajak egasi,
Baxt bog’imiz mevasi.
Chamanlarning jilvasi,
Bolajon, Bolajonim.

Tezda o’sib, uningiz,
Shod o’tsin har kuningiz.
Kulib tursin gulingiz,
Bolajon, Bolajonim.

Yoz fasli sozda!

Havolarni qizdirib,
Bog‘da meva pishirib.
Kirib keldi qaynoq yoz,
Qani, dasturxoning yoz!

Mana sizga o‘rikning,
Erta pishar turidan.
Toshni otmay silkiting,
Shirin biri~biridan!!

Chug‘dek, qip~qizil gilos,
Ko‘zlaring qamashtirar.
Egizin quloqqa os,
Qizlar havasi kelar!

Soylarda cho’milamiz,
Suzib misoli baliq.
Suv sepib, sevinamiz,
Chiqaramiz zo‘r hordiq.

Yoz fasli shunday mazza,
Hordiq chiqarib rosa.
Yangi o‘quv yiliga,
Kuch to‘plashimiz soz~da!!

Karmana tuman 8-DMTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar.

Такиб юрар кузмунчок
Бувисига овунчок
Гуе митти Кугирчок
Жонажон болажонлар

Ойижон деб йиглайди
Дадажон деб куймайди
Кулиб-кулиб уйнашди
Жонажон болажонлар

Хур Ватанннинг эркаси
Келажакнинг эгаси
Узбегимнинг эртаси
Жонажон болажонла

Жажжигина юзлари
Порлаб турар кузлари
Асал эрур сузлари
Жонажон болажонлар

1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bolalarga bering dunyoni

Bolalikning bagʻri keng, toza,
Oʻynab-kulsa qanday zoʻr, soz-a.
Soydek joʻshib koʻnglin xoʻp yoza,
Jilovlasin ikki daryoni,
Bolalarga bering dunyoni.
 
Pur hikmatni oʻrganar sizdan,
Odati shu – yuradi izdan.
Goho kuchli, zehnli bizdan,
Tanib olsin ilm-u ziyoni,
Bolalarga bering dunyoni.
 
Moʻjizalar qilmoqqa qodir,
Oʻzbek oʻgʻli – bolajon botir,
Yuragida polvonlar yotur,
Maʼrifatdan qurgay binoni,
Bolalarga bering dunyoni.
 
Yarashadi shirintoyligi,
Begʻuborlik uning boyligi,
Shoʻxliklari gul chiroyligi,
Shodga ulab yer-u samoni,
Bolalarga bering dunyoni.
 
Oymomodan tushgan kulchalar,
Yertandirda pishgan kulchalar.
Vatan uchun aziz shunchalar,
Dunyo qadar kengdir imkoni,
Bolalarga bering dunyoni.
                
Ashurali BOYMUROD

O‘qing!  ona haqida 4 qator sherlar


BOLALARGA BERING

(1-Iyun-Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlanadi)

Bilmoq uchun olamning sirin,
Qalb ko‘zi-la ko‘ring dunyoni,
Jondan aziz ,beg‘ubor shirin,
Bolalarga bering dunyoni.

Ular uchun bo‘ling tulpor ot,
Quvonchlarda chiqarsin qanot,
Ertaklarga aylansin hayot,
Bolalarga bering dunyoni.

Jajji bo‘lib zavqqa to‘lgansiz,
Xandon otib shodon kulgansiz,
Bir kun siz ham bola bo‘lgansiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Iqbolini, baxtin ko‘ring siz,
Kamolini, taxtin ko‘ring siz,
Shirin tushdek o‘tsin umringiz,
Bolalarga bering dunyoni.

Dunyo o‘zi yaralgan bir kam,
Jajji qalbin ezmasin hech g‘am,
Bolalarni asrasin egam,
Bolalarga bering dunyoni.

Xurshid Karim

»Bolalik»

Bolalik~go‘zal chaman,
Shu chamanda g‘unchaman.
Ardoqlaringda yayrab,
Bir niholdek o‘saman.

Bolalik~sehrli osmon,
Tunu~kun nurli nurafshon.
Yulduzga solib arg‘imchoq,
Uchamiz yayrab~shodon.

Bolalik~baxtli damlar,
Jiloli turfa ranglar.
Afsonalar jonlanar,
Yaxshiliklar jamlanar.

Bolalik~sehrlisan buncha
Bolalik~mehrlisan buncha,
Bolalik~misoli kamalak
Bolalik~chiroyli g‘uncha.

Xasanova Nilufar
2.05.2022

МИРЗАҚУЛОВА НИГОРА АБДУГАППОРОВНА:
1-июнь-Халқаро болалар кунига бағишланади

Билмоқ учун дунёнинг сирин,
Қалб кўзила кўринг дунёни,
Жондан азиз беғубор, ширин,
Болаларга беринг дунёни.

Улар учун бўлинг тулпор от,
Қувончларда чиқарсин қанот,
Эртакларга айлансин ҳаёт,
Болаларга беринг дунёни.

Жажжи бўлиб завққа тўлгансиз,
Ҳандон отиб, шодон кулгансиз,
Бир кун сиз ҳам бола бўлгансиз,
Болаларга беринг дунёни.

Иқболини,бахтин кўринг сиз,
Камолини тахтин кўринг сиз,
Ширин тушдек ўтсин умрингиз,
Болаларга беринг дунёни.

Дунё ўзи яралган бир кам,
Мурғак дилин эзмасин ҳеч ғам,
Боларни асрасин эгам,
Боларга беринг дунёни.

Bolajon, bolajonim


 
Ey, so’zlari biyronim,
Chopqillagan jiyronim.
Erkatoyim, polvonim,
Bolajon, Bolajonim.
 
Sizlar lola yonoqsiz,
Chin ko’ngildan inoqsiz.
Bulbul-u qarqunoqsiz,
Bolajon, Bolajonim.
 
Siz kelajak egasi,
Baxt bog’imiz mevasi.
Chamanlarning jilvasi,
Bolajon, Bolajonim.
 
Tezda o’sib, uningiz,
Shod o’tsin har kuningiz.
Kulib tursin gulingiz,
Bolajon, Bolajonim.

O‘qing!  ota haqida tasirli sherlar

Халқаро болалар кунига бағишланади☘☘☘


Ёқимтойлар, қувноқлар,
Беғубор, эркатойлар.
Ерда юрган юлдузлар,
Кулча нон, тўлин ойлар !

Митти гул, митти қушча
Қўлида ширин кулча.
Кўзимизнинг қувончи —
Ҳар ўғил, ҳар бир қизча.

Бахтли ҳар он сизники,
Давру даврон сизники.
Учиринг рангли шарлар —
Тиниқ осмон сизники.

Кўзмунчоқли кулчалар,
Севимлисиз бунчалар.
Ёшариб кетар дунё —
Ширин- ширин кулсалар.

Болажонлар бор бўлсин,
Ҳар куни баҳор бўлсин.
Отажон-онажони
Ёнида хамроҳ бўлсин

Quvnoq sharlar.

Osmonda uchar,
Bir to’p rangli shar.
Quvnoq bunchalar,
Ko’kda sayr etar.

Shamol bo’lsa gar,
Uchirib ketar.
Yengil shunchalar,
Bulutni quchar.

Shakli yumaloq,
Biri uzunchoq.
Oq,sariq,qizil,
Rangi xilma-hil.

Quloqsiz sharlar,
Qochmangda tezda.
Rozi bo’lsanglar,
O’ynaymiz birga.

Xasanova Nilufar.
22.05.2023.

Qanday yaxshi

Oyimga ham, Dadamga ham,
Doim kulib boqaman.
Oyimga ham, Dadamga ham,
Juda-juda yoqaman.

Ko’chamizdan o’tganlarga,
Salom beraman kulib.
Qani, hamma shunday qilsa,
Yurmasa qovoq uyib.

Odamlar ham bir-biriga
Doim kulib qarashsa.
Qanday yaxshi, kimdir-kimga,
Shodligini ulashsa.

Китоб ўқи, болажон.

Дастур ярат, олим бўл,
Шеърлар тўқи, болажон.
Бахт боғига бургил йўл,
Китоб ўқи, болажон.

Илм бирла обод чўл,
Юлдузларга етгай қўл,
Фаробий, Бухорий бўл,
Китоб ўқи, болажон.

Бошла ишни эзгудан,
Дил қувонсин кўзгудан,
Бас, уйғонгил уйқудан,
Китоб ўқи, болажон.

Сўлмагил гул бўлмасдан,
Олов бўл кул бўлмасдан,
Кимгадир қул бўлмасдан,
Китоб ўқи, болажон.

Кимнинг китоб гар дўсти,
Бўлмас сира кам кўсти,
Ортда қолдик сал рости,
Китоб ўқи, болажон.

Зеҳн қушин соч донин,
Ҳар ишни топ имконин,
Юртимнинг кўтар шонин,
Китоб ўқи, болажон.

1_iyun_Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

Bolalarga bering dunyoni

Bolalikning bagʻri keng, toza,
Oʻynab-kulsa qanday zoʻr, soz-a.
Soydek joʻshib koʻnglin xoʻp yoza,
Jilovlasin ikki daryoni,
Bolalarga bering dunyoni.
 
Pur hikmatni oʻrganar sizdan,
Odati shu – yuradi izdan.
Goho kuchli, zehnli bizdan,
Tanib olsin ilm-u ziyoni,
Bolalarga bering dunyoni.
 
Moʻjizalar qilmoqqa qodir,
Oʻzbek oʻgʻli – bolajon botir,
Yuragida polvonlar yotur,
Maʼrifatdan qurgay binoni,
Bolalarga bering dunyoni.
 
Yarashadi shirintoyligi,
Begʻuborlik uning boyligi,
Shoʻxliklari gul chiroyligi,
Shodga ulab yer-u samoni,
Bolalarga bering dunyoni.
 
Oymomodan tushgan kulchalar,
Yertandirda pishgan kulchalar.
Vatan uchun aziz shunchalar,
Dunyo qadar kengdir imkoni,
Bolalarga bering dunyoni.
                
Ashurali BOYMUROD

O‘qing!  meva va sabzavotlar haqida chiroyli sherlar

VБОЛАГА КИТОБ БЕРИНГ

Осмонларда юрганлар,
Олтин сарой қурганлар,
“Не берай?” – деб турганлар,
Болага китоб беринг!

Бола оққуш, оқ каптар,
Дунёлардан бехабар,
Ёвузлик топмай хабар,
Болага китоб беринг!

Қинғир йўлга кирмасдан,
Пешонага урмасдан,
Кимдир пичоқ бермасдан,
Болага китоб беринг!

Интернет деган аждар,
Симидан оқар заҳар,
“Дод” демай рўзи маҳшар,
Болага китоб беринг!

“Кел!” – дея имлар тузоқ,
Қабр қазир, қазир чоҳ,
Минг-минг астағфируллоҳ,
Болага китоб беринг!

Кўзи очиқ кўрмасдан,
Шайтон йўлдан урмасдан,
Отадан юз бурмасдан,
Болага китоб беринг!

Хонлар каби юрганлар,
Хонсаройлар қурганлар,
“Не берай?” – деб турганлар,
Болага китоб беринг!

“Лисон ут-тайр”ларим,
Юракка сайрларим,
Авлиёзод нурларим,
Болага китоб беринг!

Кўзларни очиш керак,
Ғафлатдан қочиш керак,
Қанот чиқариш керак,
Болага китоб беринг!

Дерсиз: “Пул йиғиш керак…
Олтину кумуш керак…”
Худодан қўрқиш керак,
Болага китоб беринг!

Кўкрак кериб юрганлар,
Кўркам сарой қурганлар,
“Не берай?” – деб турганлар,
Болага китоб беринг!

Хазинайи жаҳон у,
Кичик Абу Райҳон у,
Сизга қараб ҳайрон у,
Болага китоб беринг!

Бухорий – сарварим у,
Термизий – анварим у,
Маҳмуд Замахшарий у,
Болага китоб беринг!

Кескир қилич бўлсин у,
Китобга ўч бўлсин у,
Енгилмас куч бўлсин у,
Болага китоб беринг!

Навоийни билсин у,
Ёнингизга келсин у,
Бахтли бола бўлсин у,
Болага китоб беринг!

Осмонларда юрганлар,
Олтин сарой қурганлар,
“Не берай?” – деб турганлар,
Болага китоб беринг!

Зулфия Мўминовa

Bugun bayram

Bugun bayram bolajon,
Butun olam seniki.
G’am ko’rmagin xech qachon
Guzal baxting meniki.

Bolajonlar bayrami.

Qalbi qaynoq bolamiz,
Mehrdan kuch olamiz.
Doim quvnab yuramiz,
O’qib bilim olamiz.

Sog’ omondir jonimiz,
Bizni asrar vatanimiz.
Baxtli har bir kunimiz,
Bugun bizni bayramimiz.

✍: Islomova Mukambar

Рейтинг
( 1 оценка, среднее 5 из 5 )
Загрузка ...
ASOSIY MENYU
QIDIRUV
SHERLAR