Yoz fasliga maqollar va sherlar


#Yoz #haqida #maqollar

1. Yozda yopinchig’ingni qo’yma,
qishda o’zing bilasan .
2. Yoz mevasi-qish xazinasi .

3. Yozgi harakat — kuzgi barakar .

4. Yozda ishi pishmaganning ,
Qishda oshi pishmas.

5. Yozgi harakat — soz harakat .

6. Yoz qoqisi — qishga dori .

7. Yozning kuni — yuz turli,
    Qishning kuni — qirq turli.

8. Yozning yozig’i ,
     Qishning ozig’i .

9. Yomg’ir ekinning joni .

#YoZ

Kunning qizishi
Havo isishi.
Saratonga hos
Qaysi fasl bu? Yoz.

Mevalar liq-liq
Atrofga to’liq
Go’yo poyondoz
Qaysi fasl bu ? Yoz.

Ta’til bu ta’til
Yayrab, o’ynar dil
Kuyga jo’rovoz
Qay fasl bu ? Yoz.

O’ynab o’tloqda
So’ngra buloqda
Cho’milish xo’p soz
Qay fasl bu ? Yoz.

Qiladi betob
Uradi oftob
Aylansang bir oz
Qay fasl bu ? Yoz.

YOZ

Rang kirdi dovuchchaga,
Sig’may qoldik ko’chaga.
Chorlaydi chamanzorlar,
Yoz xizmatga bel bog’lar.

Dala qizib, hovuchlab,
Daryodan suv ichadi.
Endi keksa tog’lar ham,
Oq qalpog’in yechadi.

Baliq kabi suzamiz,
So’ngra chiqib qirg’oqqa,
Ko’ksimizni bosamiz
Issiq ona-tuproqqa…

Yoz madhi
Ko’hna anhor suvi zilol,
Bog’lar aro mevalar bol,
Ta’tillarda kular iqbol,
Shu-da, yozgi mo’jiza.

Tabiat bag’rin ochdi,
Gullar iforin sochdi,
Arining tinchi qochdi,
Shu-da yozgi mo’jiza.

Quyosh qizdirdi rosa,
O’rik g’arq pishdi, mazza,
Hamma yoqda ovoza —
Shu-da, yozgi mo’jiza

Hamkasblaringizga jo‘natib qo‘ying 😊

Yoz
Yoz keldi-yu yoz keldi,
Bolalarga soz bo’ldi.
Quyoshjon ishga tushar,
Bog’larda meva pishar.
Gilos, uzum, shaftoli,
Til yorar shira, boli.
Yozda ko’p chekar zahmat,
Bobodehqonga rahmat.

Hamkasblaringizga jo‘natib qo‘ying 😊

Odinaxon MAHAMATJONZODA,

Nurullo OSTON
YOZ

Oydin tunlar pallasi,
Baqalarning yallasi.
Handalakning boʻylari,
Dehgonbuva to‘ylari
Yozdan darak bermoqda,
Qarang, laylak kelmoqda.

Obid RASUL
HUSAYNI

O‘qing!  Yoz haqida maqollar

Yoz fasli, avgust ayni,
Bog’da pishar husayni.
Ingichka bel — pilladek,
Ko‘zni olar tilladek.

Shirinligi qand-asal,
Hosili haddan afzal.
Buni ekkan yosh bog’bon,
Ochiq ko`ngil, xushmezbon.

Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...