xayir bog’cham uchun sherlar / Хайр, боғчам!

Хайр, боғчам!

Боғчам менинг биринчи уйим,
Кўп нарсани ўргатди бизга
Қўшиқ айтиб, рақсга тушдик,
Дўстлар топдик куп узимизга

Тарбиячим — меҳрибон она,
Ёрдам берди ҳар биримизга
Ҳар бир куннинг соати ширин
Кайтгим келмас хеч уйимизга

Ҳайр, боғчам, хайр, ўйинчоқ,
Йирик дунё кутар, катта йул
Мактаб сари борамиз олга,
Бизга омад, билим кучли мул

bolalar uchun sher

Yetti yoshga toʻldim men,
Rosa oʻynab-kuldim men.
Endi navbat oʻqishga,
“Alifbe” oʻrganishga.

Xayr sevimli bogʻcham,
Xayr oʻyinchoqlarim.
Men maktabga boraman,
Xayr qoʻgʻirchoqlarim.

Ertaklarni oʻrgatgan,
Uxlasak alla aytgan,
Xayr bogʻcha opajon,
Sogʻ boʻlingiz har qachon.

xayir bog’cham uchun sherlar toplami

Biz bilan qoʻshiq kuylab,
Biz bilan sheʼr yod olgan.
Xayr, musiqa ustoz,
Sogʻinamiz sizni rost

Sport maydonchasida
Chiniqib kuchga toʻldik.
Bir-birimizni quvlab
Oʻyinga ham xoʻp toʻydik.

Axil-inoq boʻlgancha
Oʻynadik bekinmachoq,
Nogoh topib olganda,
Sevindik birga shu choq.

Vatan, ona soʻzining
Maʼnosini bildik biz.
Hur oʻlkam madhiyasin
Quloqlarga ildik biz.

Davlatim bayrogʻini,
Shon-shuhrat mayogʻini,
Ranglar maʼnosin anglab
Tushundim yarim oyini.

xayr bog’cham

Xayr qoʻgʻirchoqlarim,
Xayr oʻyinchoqlarim,
Xayr bogʻcham, jon bogʻcham,
Menga qadrdon bogʻcham.

unutmaymiz bog’chamiz

Doim aziz hurmatingiz,
Unutmaymiz xizmatingiz,
Yo’limizni yorug’ qilgan
Dilimizni sof dil qilgan
Boshimizni siladingiz,
Bizga oq yo’l tiladingiz
Mehr nuri yog’ar doim
Yuzingizdan ustozlar
Yursam deyman shu tabarruk
Izingizdan ustozlar.
Mana endi bog’chajon
Chiqib qoldi savodim

Bag’ishlayman senga Vatan
Bor bilimim sabotim.
Diyorim hur O’zbekiston
Gullar yurti bo’lajak
Kutar meni baxtli davron
Go’zal porloq kelajak

«Bogʼchaga» desa Botir,
Koʼzlarida xavotir.
Goʼyo bogʼchada uni,
Tishin qayrab, xar kuni,
«Ola boʼji» kutmoqda,
Borganlarni yutmoqda.
Yuragi taka-puka,
— «Qoʼrqma Botirjon, uka.
Mexr qoʼyib, bogʼchaga,
Oʼrnak boʼlib barchaga,
Ilm olib, oʼrganib,
Maqtovlarga burkanib,
Borishni qilmani kanda,
«Zoʼr» boʼlasan oʼshanda!»

O‘qing!  14-Yanvar Vatan Himoyachilar kuniga mos sherlar to'plami

Maktabga boramiz.
Bultur edim oltida , yoshim yetmay qoldi-da,
Oʼqishga olishmadi, maktabga yozishmadi.
Yillar yurmas ketiga , bu yil toʼldim yettiga.
Endi katta bolaman, men maktabga boraman.
Men oʼqishga tappa-taxt, besh olishga qildim axd.
Har kun sanayman bir-bir, qachon kelar sentyabr

Toʼplanibsiz bu zalga
Maktabga borish uchun
Maktab ostonasidan
Sinfga kirish uchun.
Shoʼx jaranglar qoʼngʼiroq
Bu birinchi qoʼngʼiroq
Doim haqni soʼzlangiz
Yurt ravnaqin koʼzlangiz.
Bugun boshlanar darslar
Oʼqishga zoʼr havaslar.
Jarang-juring qoʼngʼiroq
Darsga kiring siz tezroq.

Mitti qo’llarimga qalam tutgansiz
Bizni o’ylagansiz yonib, kuygansiz
Hamisha bizlarga jonkuyar bo’lib
Bog’cha opajonim unutilmassiz.
Siz meni qalbimda ungan chiroqsiz
Gohida xotira goho ertaksiz
Bog’cha opajonim unitilmassiz.

Bu ustozlar.

Assalom qalb qo’ridan
Joy olgan ey buyuk zot
Bosh egurmiz qoshingizda
Ta’zim aylab umrbod.
Ustozlardir nomingiz
Sharafli mehnatingiz
Kuylay baland ardoqlay
Shogirdlik tuzin oqlay.

Загрузка ...