“Vatan” she’ri — Vatanni ulug‘lash, unga bo‘lgan mehr, hurmat va sadoqatni ifoda etuvchi lirika namunasi. Asarda shoirning shaxsiy hayotiy tajribasi, tarbiya olgan muhit, ota-ona, bobolar merosi va maktab ta’limi orqali shakllangan vatanparvarlik tuyg‘usi yuksak badiiy ohangda tasvirlangan.
Vatan
(Bolalarga)
Shodligim ko’kka sig’mas,
Bitmas baxtim bor manim.
Meni baxtiyor qilgan,
Shu engilmas Vatanim.
Dushmanga omon bermas,
Har bir askar otgan o’q.
Dunyoda menikiday,
Katta va zo’r vatan yo’q.
Yovning o’qi, hech qachon
Askaridan o’tmaydi.
Nishon olsa osmonni
Samolyotga etmaydi.
Shuning uchun qishloqlar
Kun kechirar erkin tinch,
Shaharlarning qalbida
Kecha va kunduz sevinch
muallif: Hamid Olimjon.
Yagona vatan
Yagonadur bu vatan,
ziynatlardan ziyoda.
bag’ri butun but ona,
O’zbekiston yagona.
Yuksaklarga ko’tarib,
sening go’zal madhingni.
tinchlik uchun berayin,
Tanamdagi jonimni.
davomi bor…
muallif: Mamadumarov Abdujabbor
Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo?
Nechun Vatan deya yeru osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida, dunyoda tanho nima bor,
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku butun Osiyo.
Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Bog’larni jannat deb ko’z-ko’z etaman,
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men,
O’paman: “Tuprog’ing bebaho, Vatan”
Aslida tuproqni odil tabiat
Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng.
Nechun bu tuproq deb yig’ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen?
Xo’sh nechun sevasan O’zbekistonni,
Sababini aytgin, desalar men ga,
Shoirona, go’zal so’zlardan oldin
Men ta’zim qilaman ona xalqimga.
Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi.
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga.
Vatanlar, vatanlar, mayli gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda ham ammo,
YURTIM SENI FAQAT BOYLIKLARINGCHUN,
SEVGAN FARZAND BO’LSA KECHIRMAM ASLO
Abdulla Oripov
Vatan
Bir chimdim tuprog’ing ko’zimga suray.
Bag’ringda sher bo’lib yashayman vatan.
Mayli men maysaga aylanib qolay.
Barbir men zo’r bo’lib yashayman Vatan..
Bir hovuch tuprog’ing tillolarga teng.
Tog’dagi bir lolang samolarga teng.
Bir qarich yering ham dunyolarga teng.
Quchog’ingda sherdek yashayman Vatan..
Yurtim tog’laring ham viqorli seni.
Hatto tikonlaring ham iforli seni.
Doim olg’a boshlar qadaming shaxtam.
Quchog’ingda sherdek yashayman Vatan..
Jannatning o’zidir sening makoning.
Sen uchun jonini berar o’g’loning.
Doim musaffodir tinchdir osmoning.
Quchog’ingda sherdek yashayman Vatan..
Har bir bosgan izing tarixda qolar.
Mening bor bisotim faqat o’zingsan.
Butun dunyo bizga lol bo’lib qolar.
Quchog’ingda sherdek yashayman Vatan.
Bir qadam bag’ringdan yiroq ketmayman.
Sendan ketgan kunim gado bo’lgayman.
Tuprog’ing ko’zimga surtib yashayman.
Quchog’ingda sherdek yashayman Vatan
Vatan
Hokisor bo‘lishni onam o‘rgatgan,
Yaxshilik qilishni o‘rgatgan otam.
Eng ezgu tuyg‘uni men senga aytsam,
Mehr neligini sen o‘rgatding, Vatan.
Ilk bora yozishni o‘rgatgan maktab,
Yurtini ardoqlash bobomdan o‘tgan.
Sevgini kim qanday tushunar — bilmam,
Pokiza sevgini o‘rgatgan Vatan.
Kim yaxshi, kim yomon — hayot o‘rgatdi,
Dilimda pinhona she’rlarim chaman.
Kimdir sevgi haqida she’rlar yaratdi,
Har she’rim satrida sen borsan, Vatan.
Jasorat o‘tgandir Temur bobomdan,
Har qarich yeringga jonini tikkan.
Kun kelib o‘zimdan kecharman, ammo
O‘lsam ham men sendan kechmayman, Vatan.
Behruz Shabonov
Vatan
Abdulla Oripov
✨✨✨✨✨✨✨✨✨
Agar do’stlar erur sodiq bir-birin qiyratib bo’lmas
Agar qilg’il necha fitna alarni ayratib bo’lmas
Demishlar:moru qushni bir qafasda asratib bo’lmas
Vatandan ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas
Vatan deb men. bayon qildim,ayo,do’stlar muxammasni
Vatanni kim ulug’ bildi,aziz bildim men ul kasni
Vatan deb jo’sh ursa ko’targum boshima xasni
Vatandan ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas
Nadomat birla boqg’ayman,vatansizlarga doim
Egib boshin zor yig’lar agarchi davlati qoyim
Faqir bo’lsam-da bor yurtim,toju-taxtim,borar joyim
Vatanda ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas
Diyorim O’zbekistondur,ki andin iftixorim bor
Demakkim,hur adolatlig’,davlati barqarorim bor
Onamdek mehribon,munis Vatan bor,g’amguzorim bor
Vatandan ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamandiz sayratib bo’lmas
Vatan sen hur,yo’ling shonli
qadamni tashlagin shaxdam
Faxrla boqg’ay Abdullo,ko’zi shodligidan nam
Panohingni tilab,Haqdin dilida iltijo har dam
Vatandan ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas
O’zbekistonim,senga
Abdulla Oripov✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo’stonim,senga
Sen vatandirsan,fidodir tanda bu jonim senga
Bebahosan,asragayman gavharim,deb seni
Sen qarog’ bo’lsang agarda,sadqa mujgonim senga
Sendan ayru dam uzundir,lahzalar ham yilga teng
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga
Har bir ahling bitta yulduz,
kavkabistonim o’zing
To hayotdirman,charog’im shu’layi shonim senga
Yor-u do’stlar jam bo’libdir, to’y qilur o’zbek elim
Men degayman xush kelibsan
do’stu mehmonmi senga
Xizmatingga shay erurman,
mehnatingda ham o’zim
Baxtiyorman,bor imkonim sarf etolsam senga
Dilda borim sen uchundir,qo’lda torim sen uchun
Qayda bo’lsam talpinurman,
O’zbekistonim,senga
Vatan
Sen agar bug’doy boshoq bo’lsang somoningman,Vatan
Toabad boshing omon bo’lsin
tovoningman,Vatan
Barcha yaxshi,barcha oqil,barcha dono faylasuf
Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman,Vatan
Seni desam yuragimda ochilar gullar
Yomg’ir bo’lib samolardan yog’ilar gullar
Sahrolardan,daryolardan sochilar gullar
Yuragimning gulisan sen,gullagan Vatan
Isming aytib uyg’onadi,chuchuk jilg’alar
Sunbulalar tonglaringdan taqar sirg’alar
Kiprigimda yog’dularing solar jilvalar
Tilagimning gulisan sen,gullagan Vatan
Xushbo’y-xushbo’y olmalardan jannat havosi
Tog’laringning bag’rida ming dardning davosi
Shudir axir,bir insonning umr safosi
Yuragimning gulisan sen,gullagan Vatan
Hovuch-hovuch,zilol-zilol suvingdan ichdim
Mehring qanot bo’ldi,moviy ko’klarda uchdim
Yana qaytib senga keldim,tuprog’ing quchdim
Tilagimning gulisan sen,gullagan Vatan
Yuragimning gulisan sen,gullagan Vatan!….
Vatan
Kurashib yovlar bilan
Fido qildi jon-u tan
Necha-necha ajdodlar
Bo’ldilar qurbon,Vatan!
Oyoq bosib Chingizlar
Otdi seng ildizlar
Ba’zi gumrox beyuzlar
Sotdilar arzon,Vatan!
Hind yurtida qildi sabr
Seni sog’inib Bobur
Yot yurtda o’lmoq og’ir
Sensan bizga jon,Vatan!
O’zga yurtda Furqatlar
Chekdi qancha zaxmatlar
Yillab kutdi fursatlar
Bo’lmadi imkon,Vatan!
Gul bo’lmayin,kul bo’ldik
Birovlarga qul bo’ldik
Mana endi xur bo’ldik
Senga sharaf-shon,Vatan!
Ajdodlarim yod bo’lsin
Ruxlari ham shod bo’lsin
Yurtimiz obod bo’lsin
Bizlarga makon,Vatan!
Oshdi shuxrat,shonim ham
O’tar baxtli onim ham
Senga fido jonim ham
Xur O’zbekistonim,Vatan!
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun!
Boshing egib ta’zim ayla,shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun
Osmonlarda yurgan bo’lsang tuproqqa qayt
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun!
Ko’zi qora,yuragi oq shu el uchun
Tuproq uchun shu yurt uchun,chaman uchun
Ulug’ inson boshlab bergan shu yo’l uchun
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun!
Qachongacha qorning o’ylab o’tadursan
Qachongacha ko’kdan chalpak kutadursan
Axir vatan bitta,sen ham bittadursan
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun!
Hech kimdan kam emassan,kam bo’lmagaysan
Yerda qolsang quyosh bo’lib kulmagaysan
Qachon belni mahkam tortib bog’lagaysan
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun!
Shu soylardan suvlar urgin yuzinga sen
Bir bor nazar solgin bosgan izinga sen
Shu savolni berib ko’rgin o’zinga sen
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun!!..
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston
Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor
Bu dunyoda oq-u qora ellar bisyor
Ammo yo’qdir bu dunyoda sendek diyor
Jonim ichra jonimdirsan,O’zbekiston!
Tuprog’ingda ajdodlarim izi qolgan
Bobolarim terlarining tuzi qolgan
Har gardida momolarim ko’zi qolgan
Jonim ichra jonimdirsan, O’zbekiston!
O’zbek elim,nuri diydam,qarog’imsan
O’zbek elim,osmonim-u tuprog’imsan
Ham quvonchim,ham baxtimu firog’imsan
Jonim ichra jonimdursan, O’zbekiston
Beshigingda allalading dunyolarni
Dunyo ochgan necha-necha daholarni
Bolam deding,yuraklari adolarni
Jonim ichra jonimdirsan, O’zbekiston!
Sohibqiron qo’llarida qalqon bo’lding
Ulug’bekning nigohida osmon bo’lding
Mirzo Bobur yuragida armon bo’lding
Jonim ichra jonimdirsan, O’zbekiston!
Qo’li qadoq dehqon elim,sulton elim
Ko’ksi yurtga doim balogardon elim
O’z yurtiga sohibqiron hoqon elim
Jonim ichra jonimdirsan, O’zbekiston!!
Vatan
Kurashib yovlar bilan
Fido qildi jon-u tan
Necha-necha ajdodlar
Bo’ldilar qurbon,Vatan!
Oyoq bosib Chingizlar
Otdi seng ildizlar
Ba’zi gumrox beyuzlar
Sotdilar arzon,Vatan!
Hind yurtida qildi sabr
Seni sog’inib Bobur
Yot yurtda o’lmoq og’ir
Sensan bizga jon,Vatan!
O’zga yurtda Furqatlar
Chekdi qancha zaxmatlar
Yillab kutdi fursatlar
Bo’lmadi imkon,Vatan!
Gul bo’lmayin,kul bo’ldik
Birovlarga qul bo’ldik
Mana endi xur bo’ldik
Senga sharaf-shon,Vatan!
Ajdodlarim yod bo’lsin
Ruxlari ham shod bo’lsin
Yurtimiz obod bo’lsin
Bizlarga makon,Vatan!
Oshdi shuxrat,shonim ham
O’tar baxtli onim ham
Senga fido jonim ham
Xur O’zbekistonim,Vatan!
Ona yurtim
O’zbekiston go’zal yurtim
Bo’lsin omon osmonim
Quyosh tepangda tursin
Tinchlik bo’lsin zamonim
Osmoni.musaffo yurt
Yerda suvi zilolim
O’zbegim qo’ling yetsin
Butun jahonga doim
O’zbekiston elimga
Necha yillar yog’di qor
Endi quyoshi chiqdi
Qor ketib keldi bahor
O’z yurtidan ketganlar
Musofirlikda yurib
Tinchlik bayrog’i bilan
Quvonib kirib keldilar
Vatan uchun jon bergan
Do’stlar,oradan ketdi
Tumanli kunlar o’tdi
Istiqlol bizga yetdi
O’zbekiston ona yurtim
Bo’lsin omon osmonim
Quyosh tepangda tursin
Tinchlik bo’lsin zamonim
Vatanim
Buyuk maqsadlarning yoʻlida tinmay ,
Kelajakka tomon boraveraman .
Omad kelmasa – da umidsiz qolmay ,
Qalbga cheksiz orzu solaveraman .
His etib , vatanim , farzandlik burchim ,
Ilm izlab bedor boʻlaveraman .
Burchim ado etmoqqa sarflab bor kuchim ,
Har on ishonchingni oqlayveraman .
Tong turib yuzingni silasa sabo ,
Tabiatdan ilhom olaveraman .
Begʻubor qalblarga baxsh etib navo ,
Baxtning suratini solaveraman .
✍️ Dilfuza Xamroqulova
✅ 18.08.2022
