ustozlar haqida eng sara sherlar to‘plami

ustoz haqida sherlar to'plami

USTOZLAR HAQIDA SHERLAR,

Assalomu alaykum Barchangizni «1-Oktabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni»umumxalq bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman.Talaba yoshlarga ta’lim berib, ularning har tomonlama yetuk va bilimli bo’lib shakillanishiga o’zingizning beminnat xissangizni qo’shayotganingiz,yurtimiz ravnaqi,ilm-fan rivoji uchun mehnat qilayotganingiz uchun tashakkur.

ODDIY MUALLIM

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimdir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezovta jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar Jahongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogrdin o’ylab yotgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Оддий муаллимим, азиз Устозим.

Меҳрингиз-ла очмиш ҳаёт кўзини,
Мадҳ зтмоққа шайдур бугун овозим.
Сизга ўхшатаман қуёш юзини,
Оддий муаллимим, азиз Устозим.

✍️ Muhammad YUSUF

********

Устозим


Қалби ззгуликка тўла, лиммо-лим,
Кўкка йўлладингиз — баланд парвозим.
Ҳамиша менга ёр Сиз берган таълим,
Отамдай улуғим — азиз Устозим.
*
Шеърият мулкига ошно этдингиз,
Китоблар қатига битилар розим.
Сиз-ки, борингизни фидо этдингиз,
Ҳар нафас ҳамдамим — азиз Устозим.

O‘qing!  Alisher Navoiy g‘azallari va she'rlari to‘plami saralari

***

Устоз мураббийлар байрамига


                 Устозларга


Шодлик кувончларга Тула барча калб
Бу Азиз даргохда байрамдир бугун
Билимга эришган Бахтимиз сабаб
Биз таьзим киламиз устозлар учун

Максади улугвор кадами кутлуг
Забони ширину каломи кутлуг
Онадек мехрибон отадек улуг
Биз таьзим киламиз устозлар учун

Ишлайди яшнасин еруг олам деб
Ватаним гурурим юрак нолам деб
Барчани бирдайин суйган болам деб
Биз таьзим киламиз устозлар учун

Туну Кун захматли мехнати хакки
Калбларга сингдирган саьнати хакки
Ватанга шу буюк хизмати хакки
Биз таьзим киламиз устозлар учун

Оламда мутьабар устоз деган зот
Парвозга шайлаган Берган ул канот
Кукси тог калбида метиндек сабот
Биз таьзим киламиз устозлар учун

Сиз сабаб дунени танидик бизлар
Камолга етишдик йигиту кизлар
Дуне тургунича бор булинг сизлар
Биз таьзим киламиз устозлар учун
                   Муаллиф: Хуршид Карим

USTOZLAR

Mehr nuri yog‘ar doim
Ko‘zingizdan, ustozlar.
Yursam deyman shu tabarruk
Izingizdan, ustozlar.

Chin insonlik kitobiga
Baxt-u hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim –
So‘zingizdan, ustozlar.

Qalbingizni yo‘q g‘ubori
Mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olmish haroratin
Yuzingizdan, ustozlar.

Fan bog‘ining bog‘bonisiz,
Charog‘bonsiz ko‘ngilga,
Ming ehtirom o‘g‘lingizdan,
Qizingizdan, ustozlar.

Joy oldingiz bir umrga
Shogird yurak to‘ridan,
Mo‘min hayot darsin o‘qir
O‘zingizdan, ustozlar.

Po’lat MO’MIN

ustozlar haqida eng sara sherlar to‘plami

USTOZGA



Ustoz! dili bahorim,
Buloqday beg‘uborim,
Ishongan suyanch tog‘im
Omon bo‘ling, ustozim.

Aqlimizga nur ziyo,
Mehribon padar go‘yo,
Berib ta’lim-tarbiya
Omon bo‘ling, ustozim.

Komil avlod bog‘boni,
Yuksaltuvchi vatanni,
Millatning sharaf-shoni
Omon bo‘ling, ustozim.

Oltinoy Boltaboyeva,
Chilonzor

Sherlari.Uz sherlar olami

USTOZ



Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?

Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.
Ularning yutug‘i sizning yuzingiz—
Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?

O‘qing!  Zulfiyaxonim sherlari, chiroyli sara sherlar to‘plami

Kamola AMIROVA,
Surxondaryo viloyati, Angor tumani

1-октябрь .Устоз ва мураббийлар кунига бағишланади.

          ҚУТЛАБ  ҚЎЙИНГ

Умр ўтар гоҳо шодлик, гоҳ ғам билан,
Ҳаёт гўзал турмушдаги кўст, кам билан,
Муаллимлар қадр топган кундир бугун,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.

Айтинг дўстлар бахт қайрда сотилади,
Қадр-қиммат меҳнат билан топилади,
Бугун байрам ғам дафтари ёпилади,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.

Ватан барча ўғлинг яхши, қизинг яхши,
Ҳалол ризқинг, берган ҳалол тузинг яхши,
Байрамга бой баҳор, ёз -у, кузинг яхши,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.

Ўтди қанча суронларда синмади у,
Ноҳақлигу, рўёларга кўнмади у,
Халқим дея, юртим дея тинмади у,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.

Устозим деб Навоийлар битган ғазал,
Устоз азиз,устоз улуғ -нақлу азал,
Шогирдларин фарзандидек суйган ўшал,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.

Яратганнинг марҳамати улуғ инъом,
Яшайверар устоз деган мўътабар ном,
Совғаларнинг энг афзали ширин калом,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.

Дунё асли кенгларга кенг,торларга тор,
Бу кунларга етганлар бор,етмаган бор,
Меҳри дарё, қалби тоғлардек улуғвор,
Устозларни қутлаб қўйинг байрам билан.

               ХУРШИД  КАРИМ.

Muallim

Siz yozgan raqamdan ochilgan dunyo,
Siz o’qitgan harfdan taralgan ziyo.
Ilm-u fanda buyuk kashfiyot bo’lgan,
Siz daftarga qo‘ygan ilk a’lo baho.

MUALLIM!

0‘quvchining qalbi — oq daftar, tiniq,
Nimani yozsangtz, bir umr o‘chmas.
Qoyaga o‘yilgan suratdek aniq,
Shamol, qor va yomg`ir, bo‘ronda ko’chmas,
Muallim!

Sizga ilm-u sehr etilgan ato —
Mehringiz hech qachon

bo`maydi ado.
Siz tonggacha bedor tekshirgan daftar —
Imloda, hisobda tuzalgan xato.
Muallim!

Siz  o`rgatgan kuydan yangragay navo,
Siz bo`yatgan rangdan ko`ringay havo.
Olim

odam bo`lgay tarbiyangizdan,
Olamning dardiga topilgay davo.
Muallim!

Chigal muammolar tug’dirar hayot,
Talim-tarbiyada yagona najot.
Qalam, qog‘oz  kitob — ish qurolingiz,
Nurli kelajakni qilasiz ijod.
Muallim!

O‘qing!  Birinchi ustoz (Ajoyib she'r)
Загрузка ...