Super-kontrakt narxlari-2024(yo’nalishlar kesimida)

Mazkur faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

 Ayrim tartiblar:

• umumiy qoidaga ko’ra, super-kontrakt narxi bazaviy stipendiyasiz kontrakt narxidan olinadi;

• moliyaviy mustaqillik berilgan va bazaviyga qaraganda qimmatroq kontrakt miqdori belgilagan oliygohlarda super-kontrakt narxi o’sha qimmatroq kontraktdan olinishi mumkin;

• ammo moliyaviy mustaqillik berilgan deyarli hamma oliygoh (1-2 ta istisno),4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt narxini o’zlari belgilagan qimmat narxda hisoblayapti, 4 balldan ko’proq yetmaganlar uchun esa bazaviy kontrakt narxida hisoblayapti.

❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.

O‘qing!  Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi?
Рейтинг
( Пока оценок нет )
Загрузка ...