ona haqida tasirli sheʼrlar

ona haqida tasirli sheʼrlar, to‘plamini siz azizlarga taqdim etishdan xursandmiz, ona bor olamda mehir bor, ona dunyodagi eng mehribon zot, onalarimiz sog‘ bo‘lsin.

Ona xaqida sheʼrlar

Derlarki, ona bor uyda g’am bo’lmas,
Onalar mehri hech tugamas, o’lmas,
Siz borki baxtimning gullari so’lmas,
Bu bedor yurakning zarbi siz ona.

Yo‘limiz yoritar ziyolaringgiz,
Sof toza beg‘ubor dunyolaringgiz.
Bizga panoh erur duolaringgiz,
Bu bedor yurakning zarbisiz ona.

Mushtipar, munisam poyingiz jannat,
Men uchun aslida o’zingiz davlat,
Ollohim asrasin sizni xamma vaqt,
Bu bedor yurakning zarbi siz ona.

Siz borsiz yashayman vazmin, xotirjam,
Yaqin yo‘lolmagay hatto qayg‘u ham.
Ey mening mushfiqam, hokisorginam,
Bu bedor yurakning zarbisiz ona.

Nogoh dard yopishsa agar boshimga,
Darhol oshiqasiz mudom qoshimga,
Dunyodan kechasiz tomchi yoshimga
Bu bedor yurakning zarbisiz ona.

Men kulsam doimo shod-u xurramsiz,
Dardimga eng kuchli, eng zo‘r malhamsiz.
Siz mening quyoshim, Siz farishtamsiz,
Bu bedor yurakning zarbisiz ona.

✍Movludabonu Imomnazarova
✍Sherzod Mustafo

Mehridaryo farishtam

Mehridaryo farishtam mening,
Siz men uchun yakka yagona.
Duogo‘yim sarishtam mening,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Yuzi nurli gulchiroyligim,
Qayta topib bo‘lmas boyligim.
Qiblagohim jannat poyligim,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Yaratgandan tilagim sizsiz,
Urib turgan yuragim sizsiz.
Bu dunyoda keragim sizsiz,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Jaxl qilib urishsangiz ham,
So‘zingizdan ko‘zim bo‘lmas nam.
G‘amho‘rginam hokisorginam,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Ba’zan ketar yodimdan uchib,
Ba’zan esa iymanib cho‘chib.
Aytmasam ham erkalab quchib,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Yoshlanmasin sira ko‘zingiz,
Dardga darmon har bir so‘zingiz.
Hayotimda ma’no o‘zingiz,
Sizni yaxshi ko‘raman ona.

Komila Qiz.

Tavallud kuningiz muborak ona



Hayot yo’llarimda siz buyuk ustoz
Hamon yuragimda bir tilak Ona
Quvonchim hamisha etarman e’zoz
Tavallud kuningiz muborak Ona.

Nurli yuzingizga boqay termulib Mehrli ko’zingiz chaqnar mardona
G’am ko’rmang ilohim yashangiz kulib
Tavallud kuningiz muborak Ona

Bevafo do’stlardan o’kinmam sira
Menga faqatgina siz kerak Ona
O’tkinchi dunyola bo’lmang ovora
Tavallud kuningiz muborak Ona.

Jannatda malika bo’lasiz bir kun
Allohdan hamisha so’rayman yana
Ibodat qildingiz mudom kun-u tun
Tavallud kuningiz muborak Ona.

Ozor berganlarni kechirmam zinxor
O’zingiz eng go’zal dovyurak Ona.
Matonatli ayol, sadoqatli yor
Tavallud kuningiz muborak Ona.

✍️Sug’diyona

MUSOFIR YURTLARDA YIGʻLADIM ONA



Ona yana bugun egildi boshim
Sinovlarga yetmay qoldi bardoshim
Sizsiz isitmaydi nursiz quyoshim
Musofir yurtlarda yig‘ladim ona

Bo‘g‘zimga tiqilar yegan nonlarim
Sog‘indim siz bilan o‘tgan onlarim
Faqat sizga arzanda ekan jonlarim
Musofir yurtlarda yig‘ladim ona

Dil og‘ritib goh bag‘ringiz tilgandim
Bola bo‘lib yuzingizni shilgandim
Ona bo‘lib qadringizni bilgandim
Musofir yurtlarda yig‘ladim ona

Bariga ko‘l siltab yoningga uchsam
Boladay chopqillab etaging quchsam
Dunyoning bor alam dardin unitsam
Musofir yurtlarda yig‘ladim ona

Sochlarida ko‘ngli kabi qori borim
Mexrli bir og‘iz shirin so‘zga zorim
Xofiz bo‘lib kuylay ona dil torim
Musofir yurtlarda yig‘ladim ona

Ko‘z yoshim artgani kelmadi xech kim
Yomg‘irday tinmadi bu jolam tim-tim
Qani yoningda bo‘lsa edim bir zum
Musofir yurtlarda yig‘ladim ona.

✍MOXINUR
.

O‘qing!  JIYDA GULLARI… (Oydin Yusupovaga) Ahad Qayum sheri

Ona ❤️



Oq sochlari oppoq tun uning,
Umri xalol ishqqa bayroqdir.
Oh yuzlari dunyoyu duning,
Go‘zalidan chiroyliroqdir.!

Bo‘lolmadim xassasichalik,
Otam dardin ko‘targan mohim.
Ushoqqina onam ko‘ngliga,
Bir xovuch nur bergin ilohim.!

O‘zi potrab chiqqan chashmadek,
Yoningizdan oqdimu ketdim.
O‘zgalarga daryo tutdimu,
Ohh onama… sizni unutdim.

Onajon

Ona mabodo bo‘lsaydim zo‘r xaykaltarosh,
Senga yuragimdan yasardim xaykal.
Yo agarda bo‘lsaydim mo‘yqalam naqqosh,
Surating chizardim berib ming sayqal.

Ko‘zingdan uyquni olgan kechalar,
Rohatingni buzgan sho‘x beboshligim.
Oh qalbing oliyjanob ekan bunchalar,
Ko‘zingni quvnatgan olov yoshligim.

O‘zing yemading yedirding menga,
O‘zing kiymading kiydirding menga.
Gavxari shamchiroq tuyuldim senga,
Go‘yo atrofimda aylanib yurding,
Muqqadas insonsan ona.!

Ona dardi.



Senga og‘irligim tushmasin deya,
Har kun xabar olib turgin demasman.
Seni kutib ochiq eshigim qiya,
Xavotir ol mendan yaxshi emasman.

Kelsang uyimdagi o‘zing sen chiroq.
Shunchalar sog‘indim kel sen bugunoq.
Tilimda yaxshiman desamda biroq,
Xavotir ol mendan yaxshi emasman.

Kunglim diydor istar, so‘rayotir, yo‘q.
Yolg‘izlik yurakni teshayotir o‘q.
Keksalik kundan kun o‘rayotir do‘q,
Xavotir ol mendan yaxshi emasman.

Istaysiz ne deysan telefon qilsang.
Bir o‘zing yetarding ona deb kelsang.
Jonga ham ishonchim qolmadi bilsang,
Xavotir ol mendan yaxshi emasman.

Diydorga ne yetsin kel undan ko‘ra.
Hayot tashvishlari tugamas sira.
Har kunning birida uyda hamshira,
Xavotir ol mendan yaxshi emasman.

Musofir yurtlarda senga ham qiyin.
Ona deb yer mushtlab qolmagin keyin.
Kel balki so‘ngi bor jon bolam deyin,
Xavotir ol mendan yaxshi emasman.

Yaxshiyam bor erur yonimda cholim.
G‘amxo‘rim mehribon juftim, halolim.
O‘zimga ayondir bu xasta holim,
Xavotir ol mendan yaxshi emasman.

Uyinga qaytaqol ko‘rsatib himmat.
Jon bolam mehrimiz senga beminnat.
Otang ham, onang ham, bizlar g‘animat,
Xavotir ol bizdan yaxshi emasmiz.

Sobitjon Eshtemirov

Ona…



Tun kiryabdi,oqshom qorayar,
Nimalardir qilib ovundim.
Mana yana yig’layapman jim,
Ona sizni yomon sog’indim!

To’rtta devor siqar tinmayin,
Sekin o’tar kunlar kun sayin,
Borsam oldingizdan jilmayin!
Ona sizni yomon sog’indim!

Gohi erish turmoq ertalab,
Kim chaqirar ayting erkalab,
Bag’ringizdan o’zga yo’q talab,
Ona sizni yomon sog’indim!

Ko’chalarda halovat ham yo’q,
Ust boshim but,doim qornim to’q,
Goh gohida qilib turing do’q,
Ona sizni yomon sog’indim!

Yig’layapman qog’ozlar ham nam,
Eh Toshkanga kirdim qaydanam,
Eh o’zimni mushtipar onam,
Ona sizni yomon sog’indim!
Ona sizni yomon sog’indim!

😔Onasini sog’inganlar uchun…

Ona haqida qisqa sher, bolalar uchun


Bayram muborak ona.

Kechalari allalab,
Ertak aytgan erkalab.
Boshimizni silagan,
Bizga umr tilagan.
Mehribonim~onajon,
Omon bo‘ling harqachon.

O‘qing!  Poliz ekinlari, sabzavodlar haqida sherlar to‘plami uzbek tilida

Bayram muborak ona

Uyimizning quyoshi,
Tog‘lardayin bardoshi.
Kecha~kunduz parvona,
Mehribon, aziz ona.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.

Bayram muborak ona

Ta’rifingiz she’rga bitay,
Bugun sizga qo‘shiq aytay.
Gullar tushay poyingizga,
Xizmat qilay doim sizga.
Kuylayman shodiyona,
Bayram muborak ona.

Онажоним

Бошларида рўмол тушмаган,
Кўнглимизни бирдек хушлаган.
Иймонини махкам ушлаган,
Онажоним, онажонимсиз.

онажоним

Ёшлик қилиб ранжитган эдим,
Катта бўлиб қолганман дердим.
Қаритибман эътибор бердим,
Кечиргувчи онажонимсиз.

Қиёси йўқ онажоним

Эринмасдан мехрини тутган,
Гоҳ пайти аламлар ютган.
Ухламасдан йўлими кутган,
Қиёси йўқ онажонимсиз.

Меҳрибоним

Ташвишларга қўяман гоҳи,
Дунёлардан тўяман гоҳи.
Далда бўлган ана шу чоғи,
Меҳрибоним онажонимсиз.

Ona

Бирор бора қовоқ солмаган,
Бойлик учун куйиб ёнмаган,
Оналикдан асло тонмаган,
Қалби дарё онажонимсиз.

онажонимсиз

Ҳол сўрашга ярайман бирров,
Дуо қилиб қоласиз дарров,
Сочингизга қўнса ҳам қиров,
Латофатли онажонимсиз.

Бабеҳойим онажонимсиз

Отам сўзин икки қилмаган,
Ханузгача ишдан тинмаган,
Уйқу нима ҳали билмаган,
Бабеҳойим онажонимсиз

Содда онам

Содда онам, бенуқсон онам,
Деб юради ҳамиша болам,
Она билан тирик бу олам,
Омон бўлсин онажонимиз

онажонимиз

Омон сақла онамни Аллоҳ,
Ўзинг бергин ҳар неда паноҳ,
Айирмагин бизларни эй воҳ,
Кулиб юрсин онажонимиз.

онажонимсиз

Равон бўлсин ҳамиша йўли,
Заррин бўлсин хажларда тўни,
Азални ҳам дуода қўли,
Яшолмайман онажонимсиз.

Ona duosi

Bu dunyoning xilqati ayol,
Ma’no birla hikmati ayol
Odamzotga tilagi iqbol
Ko’rmay desang umringda zavol
Sen onalar duosin ol

ona-onajon!

Sakkizinchi mart bugun
Quvonchlarim bir jahon.
Bayramingiz muborak,
Aziz ona-onajon!

Ona

So’zlari bol, durdona,
Mehnatda eng mardona,
Olam ichra yagona,
Sizsiz, ey aziz ona!..

Onajon

Bizni yuvgan, to’ydirgan,
Quvontirgan, kuldirgan,
Elga mehr qo’ydirgan,
Onajonlar bo’ladi.

Ona hurmati

Shuning uchun mehribon,
Onalarni ardoqlang.
A’lo o’qib doimo,
Ona hurmatin oqlang

O‘qing!  ustoz haqida she'r 4 qator

Ayyomingiz muborak

Onajonim mehribonim
Ayyomingiz muborak
Sizga bolsin dunyodagi
Jamiki ezgu tilak

Onajon

Bahtimizga bosh boling siz
Ko’z yosh tokmangiz aslo
Poyingizda bo’lsa arzir
Onajon butun dunyo

Ulug’ onalar

Misli bir topilmas dur
Yo’limiz yoritgan nur
Metin dardoshli erur
Ulug’ onalar

Ona

Poyingizga tiz cho’kar
Hattoki paygambarlar
Xokingizga ko’zga surtar
Jamiki bor bandalar

tug’ilgan kun

Aya Aya ayajon
Qalbim to’la hayajon
Sizga assalom
Yana bir salom
Siz tug’ilgan kun bugun katta bayram siz uchun

O’zimning onaginam

Mehri misoli daryo
Qalbi tóla nur ziyo
Ko’zlarimga to’tiyo
O’zimning onaginam

«Onajonginam»

Qo‘shiq aytsam shodligidan,
Bag‘riga bosib.
Har xil kiyim, do‘ppi tikar,
Menga munosib.

Uyqum kelsa alla aytib,
Turar boshimda.
Odimlasam birga-birga,
Yurar qoshimda.

Onajon-mehribonginam,
Onajon-mehribonginam!!!

Загрузка ...