navruz haqida chiroyli sherlar bolalar uchun

navruz haqida sherlarning eng sarasi chiroylilarini to‘pladik sizlar uchun aziz saytimiz foydalanuvchilari

Navro‘z ko‘klam

Navroʻzi Olam bayrami muborak bo’lsin,
Butun Jahon go’zalligu iforga to’lsin.
Barq urib ochilsin gullar, tikonlar so’lsin,
Bug’doy undirib onalar sumalak solsin.

Ko’kka yetkazdi Olloh, shukurlar bo’lsin,
Dasturxonlar nozu ne’matga to’lsin,
Do’stu yor yashnasin, g’animlar so’lsin,
Har bir qalbga Yaratgan mehrlar solsin.😊


Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar.
Hush kelding Bahor, xush ko’rdik Navro’z.

Bayramingiz muborak.

Navro’z



Toblanib
Qish ayozida
Qaldirg‘ochning
Bayozida
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Boychechakdan
Chambar boshda,
Ta’zim qilib
Yurt, quyoshga,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Qo‘lga olib
Yangroq torin,
Ko‘z-ko‘z qilib
Bisot-borin,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Fayz ulashib
Tong-azonda,
Sumalaklar—Doshqozonda,
Navro‘z tushib

HAR YON LOLAZOR


💐💐💐💐💐💐
Yana keldi gulbahor,
Qir-adirlar lolazor.
Ko’kda vizillar varrak,
Entikib ketar yurak.
Buvimga ko’mak berdim,
Sumalakka tosh terdim.
Tiladim yaxshi tilak,
So’ng tovlandi kamalak.



GULCHAMBAR TAQIB…


💐💐💐💐💐💐💐
Kirib kelgach ko’klamoy,
Tabiat ochdi chiroy.
Har yon gul-u lolalar,
Quvonishar bolalar.
Dugonajon kelaqol,
Gulchambarlar taqamiz.
Qo’lingni ber qo’limga
Yur, qirlarga chiqamiz.



KO’KLAM QUVONCHI


💐💐💐💐💐💐💐
Qaldirg’och qanotida
Orzu ko’kka bo’y cho’zdi.
Bog’imda nargis gullar
Quyoshga qarab o’sdi.
Sochga tolbargak taqib,
Yalpiz terdik bir etak.
Ko’k somsalar yopamiz,
Nasibamiz mo’l, demak



QUYOSH


💐💐💐💐💐💐💐💐
Quyosh bizdan ko’p yiroq,
Udir olamga chiroq.
Yog’du oladi qaydan,
Yoki olarmi oydan.
U termulib yiroqdan,
Nur olar har yurakdan.



Boychechak


💐💐💐💐💐💐💐💐
Boychechagim boylandi,
Qozon to’la ayrondi.
Ayroningdan bermasang
Qozon-tovog’ing vayrondi.

Naqarot:
Qattiq erdan qatrab chiqqan boychechak.
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechagim xilloli,
Hamyon-hamyon tilloli,
Hamma bozor bir bozor,
Atroflari lolazor.

Naqarot:

Boychechakni tutdilar,
Sim yog’ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar
Baxmal bilan yopdilar.

Naqarot:
Qattiq erdan qatrab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Bola-bola, bola-bola, bola-bola, bola-bola boychechak, boychechak


💐💐💐💐💐💐💐💐💐


Yomg’ir yog’aloq



Yomg’ir yog’aloq
Yam-yashil o’tloq.
Endi ekinlar
Chiqarar quloq.

Naqarot:
Yashnasin dala,
Ochilsin lola.
Tog’lar qo’ynida misli,
Shalola.

Bahor kelganda
Ochilar gullar.
Qo’ylar, qo’zilar
O’tlashga chiqar.

Naqarot:

Bog’da arilar
Gullarga qo’nar,
Ochilgan gullardan
Bollarni yig’ar.

Naqarot:
Yashnasin dala,
Ochilsin lola.
Tog’lar qo’ynida misli,
Shalola.

O‘qing!  Kitob haqida sara sherlar to‘plami




Bahor yaqin


💐💐💐💐💐💐💐💐
O’tib ketdi qishning sovuq
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy, yulduzsiz,
Tim qorong’i tunlari.
Endi quyosh ko’proq boqar,
Dalalarga, bog’larga.
Quchoq-quchoq yog’du sochar,
Adirlarga, tog’larga.

Bezanishar dala-qirlar,
Chechak taqar o’tloqlar.
Bahor yaqin, bahor yaqin,
Bahor yaqin, o’rtoqlar.

Ko’nglim yana tog’day o’sar,
Ko’rkam bahor kelganda.
Quvongayman dasta-dasta
Gul-chechaklar terganda…

©Zafar Diyor



Bahor keldi


💐💐💐💐💐💐💐
Keldi bahor, gul bahor
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar mildirab,
Chumolilar yayrashar,
Sho‘h bulbullar sayrashar.

Endi ilk sof navbahor,
Chunki bizda gulbahor.
Bog‘da qizil lolalar
Terib oling bolalar.

Tog‘ bag‘rida qo‘zilar,
Ma’rab o‘tga cho‘zilar.
Tolbargak taqib qizlar
Chuchmomalarni izlar.

Quyosh nurlarin sochdi,
Atirgul g‘uncha ochdi.
Yuring chiqaylik, bog‘lar
Bizni kutar o‘rtoqlar.

Shukur Sa’dulla (1912-1972)



BINAFSHA


💐💐💐💐💐💐💐💐
Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli.
Bog’imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergani.
Men ham terdim bir dasta
Onamizga bergani.
💐💐💐💐💐💐💐
BINAFSHANI SOG’INDIM

Binafshaning isini
Sog’indim qish kunida.
Uning inja husnini
Sog’indim qish kunida.
Tezroq bahor kelsaydi,
Binafshani ko’rsaydim…
Tezroq bahor kelsaydi,
Binafshani tersaydim…
Biroq bahor ko’pincha
Kelar sekin, imillab.
Biroq bahor kelguncha,
Yer qolar sal qimirlab.
Chunki uning bag’rida
Nafas olar binafsha.
Hademay qish qa’ridan
Chiqib qolar binafsha.
(Qo‘shiq)
💐💐💐💐💐💐💐
Bog‘da gul chaman-chaman,
Men gullarni quchaman.
Zavq-la ochib qulochim,
Sho‘x qush kabi uchaman.

Bahor menga o‘xshaydi,
Ochilib gul yashnaydi.
Ketmaydi u yil bo‘yi,
Men-la birga yashnaydi.

Yoshlik ham bir gulbahor,
Unda bahor husni bor.
Quyosh uni erkalar,
Kulib boqar har nahor.

Har go‘zallik o‘rtog‘im,
Ochiq unga quchog‘im.
Hech narsaga bermayman
Bu shirin yoshlik chog‘im.

Qaldirg‘och qaytib uchar
Qanotin yoyib uchar
Navro‘zda qozon to‘lsa
Elimizni baxt quchar

Ketgan qushlar uzoqdan
Yana bizga qaytadi
Kertak ochgan shoxlarda
Sayrab qo‘shiq aytadi.
💐💐💐💐💐💐💐

​​Navro’zim


🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Bog’lar-daraxtlarniki,
Tog’lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Bog’ bahorsiz qolmasin,
To’kmasin tog’ lolasin.
O’zbekiston bag’rida,
Navro’zlar omon bo’lsin,
Navro’zlar omon bo’lsin.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Navro’z, navro’z, navro’zim,
Sen mening ko’rar ko’zim,
Sen mening aytar so’zim,
Sen mening yorug’ yuzim.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼

O‘qing!  VAQT HAQIDA ENG SARA SHERLAR to‘plami

​​Varrak qo’shig’i


26-mart Varraklar bayrami uchun
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Qanotsiz ham ucha olaman,
Osmonlarni qucha olaman.
Varrak emas,
Men yosh dostimning
Yuragiman — asov bo’laman.
Xafsalangga balli, qadrdon,
Shamol,
Senga tashakkur ming bor,
Salom, Quyosh
Salom, Ona yer
Salom, Navro’z
Salom, Navbahor!

​​ Bahor keldi


🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo’lsin!
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z!

​​🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Kelsa yilboshi — navroʻz,
Olam guliston bo`lg’usi,
Osmondan yer-u zaminga
Obi rahmat yog’gusi.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Navro’z keldi jahonga,
Borib aytgin otangga,
Otang bersin bir tanga,
Oborib ber mullangga.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼

​​Chakkasiga  gul  taqib
Kirib  keldi  Navrozim
Daraxtlarga  dur  taqib
Kulib  keldi  Navrozim.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Dala dashtda  maysalar
Salom  alik  aytsalar.
Qanday  gozal  korinish,
Yashillikka  chomilish.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Doshqozonda  sumalak
Boychechaklar  xush  darak.
Qizgaldoq  chogday  gilam.
Sevinchdan  kozlarda  nam.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Bolalar  yayrashadi,
Qoshiqlar  yangrashadi.
Momolarning  dunyosi
Ijobatdir  duosi.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Bobolar  halim  solar
Latifa  aytib  tolat
Ichakuzdi  hazillar
Qiziydi  shox  bazmlar
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Elga  rizq- roz  ulashib
Tandir  nonin  ushatib.
Yayrab  keldi  Navrozim
Yashnab  keldi  Navrozim.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼

​​Yurtim!


🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Ilhomimga sarchashma o‘zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aymoqchiman,
Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O‘z Tug‘ro, Bayrog‘ing, Yurtboshing bordir.
Maqsading, g‘ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo‘lsin Navro‘zing.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼

​​Navro’z   qo’shig’i


🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼

Boychechak   chiqibdi , bugun  Navro’z ekan!
     Hamma bir-biriga  jigarso’z  ekan.
Olam  ham barobar  kecha-kunduz  ekan,
Boychechak  chiqibdi, bugun  Navro’z ekan!
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Yangi  yilingiz muborak  bo’lsin, hoy  bobo!
Yangi  yilingiz muborak  bo’lsin, hoy  momo!
Yangi  yilingiz muborak  bo’lsin, hoy  Ona!
Boychechak  chiqibdi, bugun  Navro’z  ekan!
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Hoy, bog’bon  bobo, niholga  bersin Baraka!
Hoy,  dehqon bobo, dalangga  bersin  Baraka!
Hoy,  cho’pon bobo, qo’rangga  bersin  Baraka!
Boychechak  chiqibdi , bugun  Navro’z ekan!
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼

O‘qing!  vatan haqida sherlar 4 qator

​​Hademay Navro’z


Hademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga hushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab.
Yuvib dillardagi qishning g‘uborin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Hademay qaldirg‘och keladi qaytib,
O‘rik shohlarida bo‘rtar dovuchcha,
Turnalar azaliy qo‘shig‘in aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.

Hademay lolalar bo‘sadek titrab,
Tog‘lar viqoriga munis boqarlar,
Yana necha-necha oshiqlar yig‘lab,
Bir-birin bag‘rida gulhan yoqarlar.

Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor,
Ketolmay qor sepib turadi hanuz,
Bir kuy yaraladi,Quyosh bastakor,
Hademay Navro‘zdir, hademay Navro‘z!

NAVRO’Z



Navro’z keldi elimga,
Navro’z — yangi kun demak.
Dilso’z keldi tilimga:
— Bu yangi kun muborak!

Navro’z keldi elimga,
Ko’m-ko’k bo’ldi dala bog’.
Quvonch to’ldi dilimga.
Yur o’ynaymiz, ey o’rtoq.

Navro’z keldi elimga,
Yana chiqar kamalak.
Kapgir tutib qo’limga
Men qo’zg’ayman sumalak.

Navro’z keldi elimga,
Yayrab ketdi jon, tanim.
Dilso’z keldi tilimga:
— Gulla, yashna vatanim.

Kelar navro’z



Shamol ila maysalarni oralab,
Daraxtlarda kurtak chiqar mo‘ralab.
Boychechakka quyosh taftin beribdi,
Oppoq qoru muzlar, qarang, eribdi.

Naqorat:
Kelar Navro‘z, keldi Navro‘z, gul Navro‘z.
Kelar Navro‘z, keldi Navro‘z, gul Navro‘z.

Soch popuklar qilib dona bolalar,
Xursand bo‘lib qushlar qilar nolalar.
Boychechakka quyosh taftin beribdi,
Oppoq qoru muzlar, qarang, eribdi

Navro’z



Toblanib
Qish ayozida
Qaldirg‘ochning
Bayozida
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Boychechakdan
Chambar boshda,
Ta’zim qilib
Yurt, quyoshga,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Qo‘lga olib
Yangroq torin,
Ko‘z-ko‘z qilib
Bisot-borin,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Fayz ulashib
Tong-azonda,
Sumalaklar—Doshqozonda,
Navro‘z tushib kelar tog‘da.



Navro’zim



Bog’lar-daraxtlarniki,
Tog’lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.

Bog’ bahorsiz qolmasin,
To’kmasin tog’ lolasin.
O’zbekiston bag’rida,
Navro’zlar omon bo’lsin,
Navro’zlar omon bo’lsin.

Navro’z, navro’z, navro’zim,
Sen mening ko’rar ko’zim,
Sen mening aytar so’zim,
Sen mening yorug’ yuzim.

🌸 Hush kelding Navro’z (Ajoyib she’r)



Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko’z.
Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan.
Hush kelding baxor, hush ko’rdik navruz.

Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib.
Xush kelding baxor, hush ko’rdik navroz.

Navro’zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Baxor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding baxor, xush ko’rdik navro’z.

Загрузка ...