Muzeylarning paydo bo‘lishi

Muzeylarning paydo bólishi

Muzeylarning paydo bólishi

Reja:

  1. Muzey-madaniy, ilmiy-ma’rifiy muassasa.
  2. Ilk muzeylarning paydo bólishi.
    3.Vatanimizdagi nodir eksponatlar saqlanadigan joy.
    4.Ózbek xalqining tarixi, boy ótmishi, madaniyati, ma’naviyatini aks ettiruvchi kózgu.
            ,,O'z tarixini          bilmagan xalqning kelajagi bo'lmaydi."  
                              (Islom Karimov)  

Ózbekiston muzeylari.

Toshkent shahar markazida Amir Temur xiyobonida mahobatli, sharqona, gózal bino qad rostlagan.Bu muhtasham bino Amir Temur davri afsonalari yoritilgan
dalildir. Amir Temur Davlat muzeyi yurtimizda Vatanimiz tarixi haqida ma’lumot beruvchi eng mukammal eksponatlar jamlangan muzeylatdan biridir.Yurtimizga chet davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar xalqimiz ótmishi, madaniyati, ma’naviyati va urf-odatlari haqida ana shunday muzeylardan ma’lumot olishlari mumkin. Bunday muzeylar ilmiy-ma’rifiy, memorial va óquv yónalishidagi muzeylardan iborat bólib, moddiy va ma’naviy boyliklarni ózida jamlagan. Muzey- ilmiy-ma’rifiy muassasadir.
Kishilar hayotida, turmushimizda har sohada muzeylarga myrojaat etish talab etiladi.
Ózbekistonda ilk muzeylat 19-asrning 70-yillarida tashkil topa boshlagan. Yurtimizda birinchi muzey 1876-yilda Ózbekiston xalqlari tarixi muzeyi nomi bilan tashkil qilingan. Muzeyda hududimizda ibtidoiy jamoa tuzumidan to bugungi kungacha bólgan arxeologik topilmalar saqlanmoqda. Bu muzey xazinasida turli davrdagi rivojlanish bosqichlariga oid arxiv, foto hujjatlar moddiy va tasviriy san’at asarlaridan na’munalar jamlangan.
Òzbekiston hududida muzeylar 1998-yildan yanada kóproq tashkil topa boshladi. ,,Ózbekiston muzeyi» jamğarmasi ana shunday muzeylarni bir tizimga soldi. Bu tashkilot òzida M ustaqillik odimlarini aks ettiruvchi nodir, noyob elsponatlarni asrab — avaylash , tarğib qilish shunday eksponatlar saqlanadigan muzeylarni qóllab- quvvatlash vazifasini bajaradi. Respublikamizda Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi, Ózbekiston san’ati muzeyi , Ózbekiston xalqlari madaniyati muzeyi Ózbekiston tabiati muzeyi Ózbekiston Qurolli kuchlar tarixi Davlat muzeyi va òlkashunoslik muzeylari mavjud.
Hozirda turli san’at asarlari, xalqimiz tarixi, buguni va ertasi bilan boğliq narsalar turmushimizda muhim bólgan ashyoga aylanadi. Ularning órni davlat, xalq yoki maktab muzeylarida bólib, hamma zamonlarda kishilardan asrab-avaylashni talab etadi.
Demak, muzeylar xalqning tarixiga , adabiyoti va san’atiga, texnikaga, tibbiyotga, hayvonog olami, tabiat, harbiy qurol-yaroğga oid bóladi. Muzeylar tadqiqot va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni òtashi bilan ham ahamiyatlidir. Undan hoy olgan eksponatlar xalqimiz uchun katta ahamiyatga ega.

Загрузка ...