Muhammad Yusuf shoirning hayoti va ijodi

Muhammad Yusuf hayoti va ijodi

Taniqli shoir Muhammad Yusuf ko‘plab sheʼrlari qo‘shiq qilib kuylangan shoirning hayoti va ijodi haqida malumotlarni yig‘dik,

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi. Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi. M. Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi. Bevaqt o‘lim shoirni oramizdan olib ketdi.Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshq.Muhammad Yusuf «Men o‘z bilganimdan qolmadim» she’rida she’r va shoirlikni shunday anglaydi.Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on ham kerak, Jindak xushomad ham, quloq solmadim. Oqni oppoq ko‘rdim, qorani — qora Men o‘z bilganimdan qolmadim.Hozirgi davr o‘zbek milliy’ adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi qishlog’ida oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980—1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, hozir esa «O’zbekiston ovozi» ro‘znomasida faoliyat ko‘rsatmoqda.U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan. Uning dastlabki she’rlari birinchi bor «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng «Tanish teraklar” (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo” (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari” (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor” (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) kabi jozibali she’riy to‘plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti berildi.U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi. Shoirnig «Mehr qolur» she’rini eslang-a:O’tar inson yaxshi-yomoni,Mehr qolur, muhabbat qolur.Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.Ona diyor va istiqlol kuychisi… Muhammad Yusuf noyob iste’dot egasi, odamlarni mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi…O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.

O‘qing!  ODDIY MUALLIM Muhammad Yusuf she'rlar to'plami

VATANIM

Men dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’ jahonim,
O’zim xoqon,
O’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg’izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan, Vataiim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o’zing mehri —
Ilig’imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirni duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko’ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog’i ochilmagan
Qo’rig’imsan, Vatanim.

Sen Xo’jandsan,
Chingizlarga
Darbozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig’i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko’rgan cho’pon
Cho’lig’imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin — Kurdistonda,
Boburing — Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig’ deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to’qson olti
Urug’imsan, Vatanim…

O’g’lim, desang osmonlarga
G’irot bo’lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo’lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug’beging quchgayman,
G’ichir-g’ichir tishimdagi
So’lig’imsan, Vatanim…

O’tgan kuning — o’tgan kundir,
O’z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo’lin bog’lab,
Dilin dog’lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug’imsan, Vatanim.

Yoningda qon yig’lagan bir
Shoiringga qarab qo’y,
Gar Qo’qonga yo’ling tushsa,
Detdomlarni so’rab qo’y.
Hech bo’lmasa Usmon xokin
Keltirmoqqa yarab qo’y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug’imsan, Vatanim…

Sen — shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O’g’lim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo’ynimdagi iftixorim,
Bo’ynimdagi tumorim,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan, Vatanim!

Загрузка ...
ASOSIY MENYU
QIDIRUV
SHERLAR