Amir Temur o’gitlari va Amir Temur haqida sherlar

  • Yaxshini yomon kunda sina.
  • Kuch — adolatda.

Temur bobom

Amir Temur
Ulug’ bobo,
So’zi durga
To’lig’ bobo.

U arbob ham,
Lashkarboshi,
Sevgan elning
Keksa-yoshi.

To bor dunyo,
To bor hayot,
Temur bobom
U — barhayot.

Erkin Qambar

Amir Temur o’gitlarini o’qing.

  • Yaxshini yomon kunda sina.
  • Birliksiz kuch bo’lmas.
  • Kuch — adolatda.
  • Qo’rqmasang, yov qochar

Izohli lug’at:

sohibqiron — qudratli hukmdor, Amir Temurning sharafli unvoni

shon — erishilgan hurmat, obro’

📘Amir Temur — sarkarda, adolatli shoh, davlat arbobi bo’lgan. Bobomiz buyuk davlatga asos solgan. Ona yurtimiz Turkiston diyorini butun dunyoga tanitgan.


Temur bobom

Amir Temur
Ulug’ bobo,
So’zi durga
To’lig’ bobo.

U arbob ham,
Lashkarboshi,
Sevgan elning
Keksa-yoshi.

To bor dunyo,
To bor hayot,
Temur bobom
U — barhayot.

Erkin Qambar

Amir Temur o’gitlarini o’qing.

  • Yaxshini yomon kunda sina.
  • Birliksiz kuch bo’lmas.
  • Kuch — adolatda.
  • Qo’rqmasang, yov qochar

TEMURIYLAR…
(talablarga binoan Amir Temur va Temuriylar xotirasiga bag’ishlangan she’r !)

O’zbekning tarixi jahonga tengdir
Har bitta so’zining ma’nosi kengdir
Tarixni titib aqlingga sig’dir
Bizning tariximiz TEMURIYLARDIR!

O’zbek tarixini cho’llarga yoysa
Suv toshib ketar daryoga otsa
Samarqandda yer tepib yurmangiz aslo
Ahir u yerlarda TEMURIYLAR bor!

O’zi vafot etgan , huddi tirekdek
Yolg’iz qolgan joyda dildan sherikdek
Har bir savob ishda xatto yoningdek
Diydori qiyomat TEMURIYLAR bor!

Haqqiga duolar qilaylik bugun
Ularga munosib bo’laylik bugun
Ruhlar hozir-u nozir deyilgan
Demak yonimizda TEMURIYLAR bor!

Ularni bilmasang o’zbek emassan
Tik turib yuribsan tirik emassan
O’zingni o’zing aldama buncha
O’zligingni bilmasang o’zbek emassan!

Qizg’onib tarixni , kitoblarni
Ochilgan har bir varoqlarni
Qadrlang jilddagi haqiqatlarni
Chunki haqiqatdan TEMURIYLAR bor!

Nohaqlikni ko’rib jim qarab turma
Olimlarni xo’rlatib , yig’latib qo’yma
O’zligingni o’zing unutib qo’yman
Axir qoningda ham TEMURIYLAR bor!

Ular davri o’tdi deb zamonni quvma
Tiling kelgan har so’zni aytma
Faqat oldinga intil, ortga hech qaytma
BIZNI QO’LLAB TURUVCHI TEMURIYLAR BOR!!!

Загрузка ...